A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə171/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Operating expenses – operatsion xarajatlar, faoliyat xarajatlari. Sotilgan mahsulot tannarxidan farqli o‘laroq, biznesni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asosiy faoliyat bo‘yicha sarflar. Mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish bilan bog‘liq) xarajatlarini hamda ma’muriy boshqaruv xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobida ularning yana bir nomi, davr xarajatlari deb ham yuritiladi.


Operating income – faoliyat foydasi. Operatsion foyda. q.
\Income from operations.


Operating plans – operativ (tezkor) ish rejalari. Korxona maqsadlariga erishish bilan bevosita bog‘liq taktik rejalar. Yillik yoki chorak byudjetlar ko‘rinishida shakllangan qisqa muddatli rejalar. Masalan, ishlab chiqarish rejasi, moddiy-texnikaviy ta’minot rejasi.


Ordinary repairs - joriy ta’mir. Uzoq muddatli aktivni yaxshi ishchi holatda saqlash uchun zaruriy xarajatlar. Davriy xarajatlar hisoblanadi.


Organization costs – tashkiliy (korxonani tashkil etish davridagi) xarajatlar. Ularning yig‘indisini ro‘yxatdan tegishli ravishda chiqarish yo‘li bilan nomoddiy aktivlar sifatida amortizatsiya orqali ko‘rish mumkin.


Original cost – birlamchi qiymat, boshlang‘ich narx (baho). q.
Historical cost.
Original entry – birlamchi buxgalteriya yozuvi. Jurnalga xo‘jalik jarayonining boshlang‘ich yozilishi (o‘tkazmasi).


Other revenues and expenses – boshqa daromadlar va xarajatlar. Asosiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlardan olingan daromadlar va ko‘rilgan zararlar, masalan, o‘z mulkini sotishdan natijalar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizlar, ijaradan va boshqalardan olingan foydalar ko‘rsatiladigan daromadlar va zararlar haqidagi hisobotdagi bo‘lim.


Output – ishlab chiqarish (ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi). Ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi. Tabiiy birliklarda yoki narx bahosida ifodalanishi mumkin.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə