A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə168/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Materials requisition – materialni berishga talablar. Materiallarni ishlab chiqarishga berishdan avval tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan hujjat. To‘g‘ridan-to‘g‘ri materiallarni ishlatishni nazorat qilish uchun belgilovchi omil hisoblanadi. Quyidagi axborotdan – talab etilayotgan materiallar turidan va miqdoridan, mas’ul shaxslar imzolaridan iborat.


Maturity date – to‘lov sanasi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddati.


Merchandise inventory – tovar zaxiralari. Xaridorlarga sotish uchun yaroqli tovarlar miqdori. Kelgusida sotish uchun xarid qilingan tovarlar miqdorini va harakatini hisobga olish uchun savdo korxonasida qo‘llaniladigan schet. Undagi yozuvlar mahsulot-moddiy zaxiralarning qo‘llanilayotgan hisob tizimiga – uzluksizligiga yoki davriyligiga qarab, turlicha olib boriladi.


Mixed costs – aralash xarajatlar. Bitta schetda xarajatlarning bittadan ortiq turi (masalan, ham o‘zgaruvchan, ham doimiy)ni hisobga olish. bunday schet turlariga misol – telefon aloqasi uchun xarajatlar. Unda, har oylik abonent to‘lovi summasi doimiy xarajat qismini, xalqaro aloqalar so‘zlashuvi esa o‘zgaruvchan xarajatlar qismini tashkil qiladi, lekin bitta buxgalteriya schetida aks ettiriladi.


Money-measurement concept – pul o‘lchovi konsepsiyasi. Barcha xo‘jalik ishlari pul bahosida o‘lchanishi lozim, degan buxgalteriya hisobi asosiy konsepsiyalaridan biri. Narx o‘lchoviga yo‘l qo‘yilmaydigan ishlar moliyaviy hisob obyekti bo‘la olmaydi. Yagona pul o‘lchami xo‘jalik faoliyatining turli tomonlarini taqqoslashga imkon beradi.

    N



Natural resources – tabiiy resurslar. Kompaniya mulki tarkibidagi uzoq muddatli kamayadigan aktivlar.


Net assets – sof aktivlar. Barcha jami majburiyatlarni ayirgan holda, barcha aktivlar yakuniy yig‘indisi. Xususiy kapital.


Net current assets – sof joriy aktivlar. Xususiy aylanma mablag‘lar, xususiy aylanma kapital. Jami joriy aktivlar va jami joriy majburiyatlar o‘rtasidagi tafovut. Shuningdek, aylanma mablag‘lar (Working capital) deb yuritiladi.


Net income – sof foyda. Korxona xo‘jalik faoliyati natijasida xususiy kapitalining sof ko‘payishi. Jami daromadlarning jami xarajatlardan ortiqligi natijasida kelib chiqadigan yig‘indi. Shuningdek, Earnings, Net profit deb yuritiladi.


Net loss – sof zarar. Korxona xo‘jalik faoliyati natijasida xususiy mablag‘larning (xususiy kapitalining) sof kamayishi. Jami xarajatlarning jami daromadlardan ortiqligi natijasida kelib chiqadigan yig‘indi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə