A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə167/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Marginal revenue – marjinal daromad. Mahsulot ishlab chiqarilishining bitta birlikka o‘zgarishi keltirib chiqargan jami daromadlar miqdoridagi o‘zgarish.


Market value – bozor bahosi. Sarmoyadorlar ochiq bozorda bitta aksiya uchun to‘lashga tayyor narx.


Master budget – bosh (umumiy) byudjet. Umuman korxona uchun barcha bo‘linmalar yoki vazifalar bo‘yicha muvofiqlashtirilgan ish rejasi. Kelgusi davr istiqboli moliyaviy hisobotlarida keltirilgan ba’zi bo‘linmalar yoki vazifalar uchun davriy byudjetlar yig‘indisini o‘z
ichiga oladi. Tezkor, ishlab chiqarish va moliyaviy byudjetlardan iborat. Shuningdek, Comprehensive budget deb nomlanadi.


Matching concept (rule) – muvofiqlik qoidasi (daromadlarning va xarajatlarning hisobga olish davriga). Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillaridan biri. Unga muvofiq daromadlar mahsulotlar sotilgan yoki xizmatlar ko‘rsatilgan paytidagi o‘sha hisob davriga, xarajatlar esa, ular mazkur daromadlarni olish uchun amalga oshirilgan hisob davriga keltirilishi lozim. Mazkur konsepsiyani amaliyotda qo‘llash uchun hisoblash uslubi (Accrual accounting) bo‘yicha hisob qo‘llaniladi.


Materiality concept – muhimlik konsepsiyasi (hisob ma’lumotlarining ahamiyatliligi). Moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan fakt yoki hodisa o‘z moliyaviy hisoboti bilan iste’molchi qaroriga ta’sir ko‘rsatsa, u ahamiyatli hisoblanadi. Odatda, ma’lum bir bazaga, masalan, barcha aktivlar natijasi yig‘indisiga yoki daromad miqdoriga foiz nisbatida hisoblanadi.


Materials inventory – materiallar zaxiralari. Xom-ashyo, asosiy va qo‘shimcha materiallarning, yarimtayyor mahsulotlar miqdorini va harakatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan schet. Nazorat qiluvchi (sintetik) schet. Shuningdek, Stores, Raw Materials Inventory, Materials Inventory Control deb yuritiladi.


Materials purchase/usage budget – materiallarni xarid qilish/ ishlatish byudjeti (peshhisobi). Xomashyo, materiallar va ularning tarkibiy qismlarining kelgusi davrdagi ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zaruriy xarid qilish muddatlari va miqdori belgilanadigan detallashgan rejasi. Chakana savdoda tovarlarni xarid qilish byudjeti (Merchandise purchasing budget) tayyorlanadi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə