A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə169/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Net (price) method – netto uslubi, sof baho uslubi. Tovar-moddiy boyliklarni sof narxda, ya’ni yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan (muddatidan ilgari to‘lov uchun) chegirma va kamaytirishlarni ayirgan holda, schet-fakturada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha xarid qilishni hisobga olish uslubi. Rahbariyatga imtiyozli diskont davri doirasidan tashqaridagi xaridlarning to‘lovi amalga oshirilishi holida, inobatga olinmagan arzonlashtirish haqida ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatini beradi, shuning uchun mazkur uslub samarali rahbarlikni amalga oshirish uchun ma’qulroq hisoblanadi. To‘liq narx uslubini, brutto uslubi (gross price method)ni taqqoslang.
Net payroll – sof ish haqi. Xodimga amalda to‘langan (qo‘liga berilgan) ish haqi miqdori. Hisoblanilgan ish haqi miqdoridan barcha ayirmalar va ushlab qolishlarni (soliqlar, jamg‘armalarga ayirmalar va hok.) chegirib qolgandan keyin qolgan miqdor. Shuningdek, Take-home pay deb yuritiladi.


Net purchases – sof xaridlar. Xarid qilingan mahsulotlarni qaytarishni va arzonlashtirishni, muddatidan ilgari puli to‘langanligi uchun xarid qilingan mahsulotlarni arzonlashtirishni ayirgan holda hamda ularni etkazib berish uchun transport xarajatlarini qo‘shgan holda, mahsulot-moddiy zaxiralarni hisobga olish davriy tizimidan foydalanishda davrda amalga oshirilgan xaridlar umumiy miqdori. Boshlang‘ich zaxiralar bilan birgalikda sotish uchun yaroqli tovarlar qiymati (cost of goods available for sale)ni tashkil etadi.


Net sales – sotishdan olingan sof tushum (savdo sof hajmi). Sotilgan tovarlarni qaytarishni va arzonlashtirishni, muddatidan ilgari puli to‘langanligi uchun sotilgan tovarlarni arzonlashtirishni ayirgan holda, savdodan tushgan tushumning umumiy miqdori.


Normal capacity – me’yordagi ishlab chiqarish quvvati. Savdoning taxmin qilinayotgan hajmini bajarish uchun zaruriy ishlab chiqarish quvvatining o‘rtacha yillik darajasi. Ushbu ko‘rsatkichga fasliy omillar va ishlab chiqarish sikli davomiyligi bevosita ta’sir ko‘rsatadi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə