A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə177/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Public accounting – jamoaviy buxgalteriya hisobi. Auditni tashkil qilish va o‘tkazish, soliqqa solish bo‘yicha maslahatlarni o‘tkazish, korxonani boshqarish bo‘yicha pulli xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha buxgalteriya hisobini tashkil qilish sohasi.


Purchase order – xaridga buyurtma. Buyurilgan mahsulotlar ta’rifi, narxi, to‘lov shartlari va yetkazib berish sanasi ko‘rsatilgan xaridlar bo‘limi tomonidan tayyorlanadigan hujjat.


Purchase requisition (request) – xaridga talab. Ishlab chiqarish bo‘limi tomonidan tayyorlanadigan, talab etilayotgan materiallar turlari va miqdori ta’rifi keltirilgan hujjat. Hujjat, ushbu ishga rahbariyat yoki nazoratchi tomonidan vakolat berilgan shaxslar tomonidan tasdiqlanishi mumkin.


Purchases – xaridlar (sotib olish). Kelgusida sotish uchun mo‘ljallangan mahsulotlarga qilingan xarajatlarni qayd etish uchun tovar-moddiy boyliklar davriy hisob tizimida qo‘llaniladigan schet.


Purchases discounts – oldindan to‘langanligi uchun beriladigan chegirmalar. Qisqa muddatli kredit sharoitlarida xaridor tomonidan xarid qilinadigan mahsulotlar to‘lovini o‘sha zahoti yoki kelishilgan imtiyozli davr mobaynida amalga oshirilsa, sotuvchi tomonidan schet-fakturadagi umumiy to‘lov summasidan rag‘bat sifatida tushub beriladigan chegirma. Masalan, sotuvchi tomonidan xaridorga to‘lovni amalga oshirish uchun schet-faktura berilgan paytdan boshlab, to‘lov o‘sha kuni amalga oshirilsa, umumiy to‘lov summasidan 4 foiz chegirma berilishi, birinchi 10 kun mobaynida to‘lov amalga oshirilsa 2 foiz chegirma, 20 kun mobaynida bo‘lsa, 1 foiz va sh.k. Qo‘llanilgan chegirma haqidagi ma’lumot to‘lov paytida xuddi shunday nomli maxsus buxgalteriya schetida qayd etiladi. Bu schet me’yordagi kredit saldosiga ega bo‘lib, xarid schetiga kontrschet (Purchases)dir.
Purchases returns and allowances – sotib olingan tovarlarni qaytarish va arzonlashtirish. Avval xarid qilingan mahsulotlar bahosini arzonlashtirish, shuningdek mol yetkazib beruvchi tomonidan schet- fakturalar bo‘yicha taqdim qilgan chegirmalari haqidagi ma’lumotni jamlovchi schet. Bu chet ham me’yordagi kredit saldosiga ega bo‘lib, xarid schetiga kontrschetdir.


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə