A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə180/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Retained earnings – taqsimlanmagan foyda. Ko‘rilgan zararlarni, shuningdek dividendlar shaklida to‘langan to‘lovlarni va ustav (oldindan to‘langan) kapitalini to‘ldirish uchun qilingan ajratmalarni ayirgandan keyin qolgan va korxona butun faoliyati davomida to‘plangan hamda korxona faoliyatiga reinvestitsiyalangan ishlardan olingan foyda. Reinvestitsiyalangan foydaning shakllanishi va taqsimlanishi haqidagi axborotni jamlagan bosh kitob scheti. Shuningdek, Reinvested earnings deb yuritiladi.


Returt on assets pricing – aktivlar rentabelligi asosida narx belgilash uslubi; ishlarda ishtirok etadigan aktivlar rentabelligi berilgan me’yoriga teng foydani olish hisobidan o‘rnatiladigan narxga muvofiq narx belgilash uslubi.


Revenues – daromadlar. Korxona aktivlarining ko‘payishi yoki korxona faoliyatining asosiy va doimiy faoliyatini tashkil etadigan mahsulotlarni yetkazib berish yoki ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishdan, shuningdek faoliyatining boshqa turlaridan uning majburiyatlari bo‘yicha hisob-kitoblaridan tushgan tushumlar. Odatda, ular vaqtning ma’lum davri mobaynida sotilgan mahsulotlardan yoki ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan tushumga teng. Daromadlar korxonaning xususiy kapitalini ko‘paytiradi. Mablag‘larni ko‘paytiruvchi, biroq ishlarni bajarish natijasida olingan, odatdagi va kundaliklar toifasiga kirmaydigan foydalarni belgilash uchun boshqa yoki tasodifiy foyda sifatida talqin qilish mumkin bo‘lgan boshqa atama (Gains) qo‘llaniladi.
Revenue center – daromadlar markazi. Rahbari daromadlarni olish uchun hisobot berishi lozim bo‘lgan, ya’ni narxlarga yoki faoliyat hajmini nazorat qilishga hamda ularga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan mas’uliyat markazi. Ushbu daromadlarni olish uchun ko‘rilgan zararlar mazkur markaz mas’uliyat markazi emas, uning faoliyati bahosi o‘lchami bo‘lib xizmat qilmaydi. Bunga korxonalarning savdo (sotish) bo‘limi misol bo‘la oladi.


Revenue expenditures – joriy xarajatlar. Joriy hisobot davri daromadlarini olish uchun amalga oshirilgan xarajatlar. Bittadan ortiq hisobot davrida olinadigan daromadlarni olish uchun amalga oshiriladigan katta xarajatlar (Capital expenditures)dan farqlanadi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə