A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə183/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Semifixed costs – yarimdoimiy xarajatlar. Faoliyat hajmlari o‘zgarganda, zinapoya shaklida (diskret) birgalikda o‘zgaradigan xarajatlar. Shuningdek, Stepped costs deb yuritiladi.


Semivariable costs – yarimo‘zgaruvchan xarajatlar. Bir vaqtning o‘zida ham doimiy, ham o‘zgaruvchan xarakterga ega xarajatlar. Masalan, telefon xarajatlari, har oylik abonement to‘lovi – doimiy
xarajatlar, shaharlararo va xalqaro so‘zlashuvlar to‘lovlari – o‘zgaruvchi xarajatlar.


Separate entity – aloxida (ajralgan) korxona. Mulkchilik shaklidan va faoliyat turidan qat’i nazar, har bir korxonaning barcha kontragentlardan, shuningdek uning mulkdorlaridan iqtisodiy mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida ko‘radigan buxgalteriya hisobining asosiy konsepsiyalaridan biri.


Shareholder’s equity – aksiyadorlik kapitli. Aksiyadorlik jamiyati balansida xususiy kapital bo‘limini tashkil etadi. Ikkita asosiy qismdan – oldindan to‘langan kapitaldan va taqsimlanmagan daromaddan iborat.


Short-term investments – qisqa muddatli moliyaviy sarmoyalar. Joriy majburiyatlarni to‘lash uchun zarurat tug‘ilmaguncha, mavjud qisqa muddatli sarmoyalar. Boshqa korxonalar ustidan nazorat o‘rnatish uchun emas, balki vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini manfaatli joylashtirish maqsadida korporativ qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga qilingan sarmoyalar. Balansning joriy aktivlar bo‘limida asosiy modda sifatida aks ettiriladi. Shuningdek, Marketable securities – bozorda aylanadigan qimmatli qog‘ozlar (oson sotiladigan qimmatbaho qog‘ozlar) deb yuritiladi.


Sole proprietorship – yakka boshqaruv (xo‘jalik). Xususiy korxona. Mulkdori bitta shaxs bo‘lgan biznesni tashkil etishning uchta asosiy shakllaridan biri. Shuningdek, Individual proprietorship, Single proprietorship deb yuritiladi.


Source documents – birlamchi hujjatlar. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik jarayonlarini qayd etish uchun xizmat qiladigan dastlabki yozma isbotlar.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə