A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Statement of owner’s equity



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə186/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Statement of owner’s equity – xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot. Xususiy kapitalning harakatida hisobot davrida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobot shakli.


Statement of retained earnings – taqsimlangan foyda to‘g‘risidagi hisobot. Hisobot davrida sodir bo‘lgan taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishlarini aks ettiruvchi moliyaviy hisobotning bir bo‘limi. Hisobot davrida korxona xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘rilgan daromadlar va zararlar, e’lon qilingan dividendlar, avvalgi davrlar tuzatishlari uning miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi.


Storage time – saqlash davomiyligi (muddati). Tayyor mahsulotning yuklab yuborilishini va sotilishini kutish paytida saqlanish vaqti. Shuningdek, moddiy zaxiralarning va tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralarining omborlarda saqlanish vaqti. «aniq muddatda» tizimi (JIT)ning asosiy vazifasi – saqlash vaqtini imkon qadar qisqartirish va hatto nolgacha keltirish.


Stores – moddiy zaxiralar. Xomashyo miqdorini va harakatini, asosiy va yordamchi materiallarni, tarkibiy qismlarini va tayyor yarim
fabrikatlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan buxgalteriya scheti. q. Materials inventory.


Straight-line method – to‘g‘ri chiziqli hisobdan chiqarish usuli. Aktivning amortizatsiyalanayotgan narxining (oson pullanish narxi ayirilgan boshlang‘ich narx) uning xizmat ko‘rsatish muddati mobaynida teng qismlanib, chegirib tashlanadigan uzoq muddatli moddiy aktivlar uchun amortizatsiyaviy ajratmalarni hisoblashning asosiy usullaridan biri.


Strategic plans – strategik rejalar. Asosiy biznes faoliyatini rivojlantirish va korxonaning uzoq muddatli tarkibiy tuzilmasining rejalari. Korxona strategiyalari muntazam ravishda emas, balki zarurat tug‘ilganda, ya’ni yangi texnologiyalar tatbiq etilganda, iste’molchi afzal ko‘rishlarida o‘zgarishlar sodir bo‘lganda, yangi raqobatchi paydo bo‘lganda hamda boshqa holatlarda qayta ko‘rib chiqiladi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə