A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Time and material pricing



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə188/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Time and material pricing – ish vaqti va materiallar xarajatlari asosida narxni belgilash. Xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarda qo‘llaniladigan narxlarni o‘rnatishga yondashuv, unga muvofiq xizmatlar uchun beriladigan hisobda ko‘rsatilgan yig‘indi haqiqatda sarflangan materiallar va mehnat haqiqiy sarflari narxidan hamda ustama xarajatlarni va daromad ma’lum miqdorini qoplash uchun mazkur xarajatlarning foizlaridagi ustama narxlari qo‘shilmasidan kelib chiqadi.
Time card – ish vaqti hisob varag‘i. Har bir xodim ishlagan vaqtini qayd etish uchun asosiy hujjat. Shuningdek, Clock card deb yuritiladi.


Timeliness – o‘z vaqtidalik. Qarorni qabul qilish uchun ma’lumotlarni axborot iste’molchisi tomonidan zarur vaqtda olinishini anglatuvchi buxgalteriya hisobi axborotining sifat tavsifnomasi.


Time value of money – pullarning vaqtdagi narxi. Bir xil miqdorlardagi pul mablag‘lari vaqtning turli paytlarida turlicha qiymatga egaligini anglatuvchi konsepsiya. Boshqaruv hisobida uzoq muddatli rejalashtirish masalalari ko‘rilayotganda va uzoq muddatli sarmoyalarni baholash tahlilida e’tiborga olish zarur.


Total absorption costing - q. Absorption costing.


Total direct labor cost variance – to‘g‘ri mehnat xarajatlaridan umumiy chetlanish. Ishlab chiqarish mazkur hajmi uchun mehnatning haqiqiy xarajatlari va me’yoriy (yoki byudjet) sarflari o‘rtasidagi tafovut.


Total direct materials cost variance – to‘g‘ri materiallar sarflarining umumiy chetlanishi. Ishlab chiqarishning mazkur hajmi uchun to‘g‘ri materiallar haqiqiy xarajatlari va me’yoriy (yoki byudjet) sarflari o‘rtasidagi tafovut.
Total manufacturing costs – jami ishlab chiqarish xarajatlari. Hisobot davri mobaynida ishlab chiqarishga tegishli to‘g‘ri materiallar, to‘g‘ri mehnat va umumishlab chiqarish xarajatlarining umumiy yig‘indisini anglatuvchi ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi haqidagi hisobotda qo‘llaniladigan atama.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə