A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Underapplied or overapplied factory overhead



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə190/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Underapplied or overapplied factory overhead - oxirigacha chegirib tashlanmagan yoki me’yoridan ortiq chegirib tashlangan umumishlab chiqarish xarajatlari. Me’yoriy koeffitsiyent bo‘yicha ishlab chiqarishga chegirib tashlangan umumishlab chiqarish xarajatlarining yig‘indisi haqiqatda mazkur davrdagi umumishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisidan tegishlicha kamroq yoki ko‘proq bo‘lganda, kelib chiqadigan tafovut. Tugallallanmagan ishlab chiqarishning unchalik katta qoldiqlari bo‘lmagan va barcha ishlab chiqarilgan mahsulot amalda sotilgan holda, tafovutni sotilgan mahsulot tannarxiga chegirib tashlanadi, aks holda, u tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar zaxiralari va sotilgan mahsulot tannarxi schetlariga ushbu schetlar qoldiqlariga mutanosib holda taqsimlanadi.


Unearned revenues – ishlab topilmagan daromadlar. Oldindan olingan daromadlar. Xaridorga yetkazib berilmagan mahsulotlar uchun, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisobot davrida olingan mablag‘lar, majburiyatlar schetidir. Shuningdek, kechiktirilgan daromadlar (Deferred revenues) va iste’molchilardan oldindan olingan mablag‘lar (Advances from customers) deb yuritiladi.
Unit cost – mahsulot birligi tannarxi. Tayyor mahsulot birligiga yuklangan barcha ishlab chiqarish xarajatlari. Odatda, umumishlab chiqarish xarajatlar yig‘indisining buyurtmaga (ishga, buyumlar to‘piga) yoki davr uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar birligi tegishli soniga bo‘lish orqali hisoblanadi.


Unit cost analysis schedule - mahsulot birligi tannarxini hisoblash. Har bir bo‘linma yoki ishlab chiqarish jarayoni uchun hamda moddiy sarflar va ishlov berishga qilingan xarajatlar bo‘yicha mahsulot shartli birligi tannarxini hisoblash uchun yakunlanmagan ishlab chiqarish hisobida barcha xarajatlarni to‘plash uchun qo‘llaniladigan sarflarni hisobga olish hamda tannarxni jarayonli usul bo‘yicha hisoblash usulida ishlab chiqilgan sxema.


Unprofitable segment decision analysis – biznesning foyda keltirmaydigan segmentini tugatish haqidagi boshqaruv qarori tahlili. Segment deganda, alohida mahsulot yoki xizmat, ishlab chiqarish yo‘li, korxona bo‘linmasi tushuniladi.


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə