A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə181/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Revenues from sales – mahsulotni sotishdan olingan daromadlar. Savdo korxonasida mahsulotlar savdosidan olingan tushumlar. Shuningdek, Sales, Sales revenues deb yuritiladi.

    S



Salaries – ish haqi, maosh. Oylik yoki yillik asosida xizmatchilar (mutaxassislar, boshqarma, rahbarlar)ga ish haqi, kompensatsiya, pul mukofoti berish. Soatbay asosida yoki ishbay haq (wages) asosidagi ish haqi bilan taqqoslang.


Sales – Sotish. Savdolar hajmi. Sotishdan olingan tushum. Kassa usulini qo‘llaganda, sotilgan mahsulotlar uchun olingan pul mablag‘lari yoki boshqa qoplamalar. Hisoblash usuli bo‘yicha hisobni qo‘llanganda, sotilish narxi bahosi bo‘yicha barcha sotilgan, shu jumladan kreditga ham berilgan mahsulotlarning narxi. Shuningdek, Sales revenues, Revenues from sales deb yuritiladi.
Sales budget – Sotish byudjeti. Kelasi davrga mahsulotlar (natural birliklarda va pul ifodasida) sotuvi kutilayotgan hajmlari aniqlanadigan detallashgan reja. Korxonaning eng yuqori rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Byudjetlashning barcha jarayonida, bosh byudjetni tayyorlashda boshlang‘ich nuqtadir.


Sales discounts – muddatidan avval to‘langan savdolar uchun beriladigan chegirmalar. Qisqa muddatli kredit sharoitlarida mahsulotlarni sotishda belgilangan imtiyozli davrda mahsulot uchun to‘lovni amalga oshirishda mol yetkazib beruvchi tomonidan xaridorga taqdim etiladigan chegirmalar. Qo‘llanilgan chegirmalarni qayd qilish uchun mo‘ljallangan buxgalteriya scheti. U me’yordagi debet saldosiga egadir va savdo schetiga kontrschet (Sales)dir.


Sales mix analysis – savdo tuzilmasi tahlili. Tezkor boshqaruv vazifalarining tipik sinflaridan biri – bittadan ortiq xil mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan / sotilayotgan bo‘lsa, korxona mahsulotlarning ishlab chiqarish va / yoki sotish eng daromadli yo‘lini tanlashi lozim bo‘lgan cheklangan resurslar sharoitlarida optimal turlarni tanlash.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə