Kirish I bob. Fransiya birinchi jahon urushi yillarida : Tarixiy kontekst va asosiy muhim voqealar



Yüklə 43,41 Kb.
səhifə1/5
tarix01.06.2023
ölçüsü43,41 Kb.
#114821
  1   2   3   4   5
Fransiya 1-jahon urushi yillarida


KIRISH
I BOB. Fransiya birinchi jahon urushi yillarida : Tarixiy kontekst va asosiy muhim voqealar.
1.1. Urushning yuz bergan sabablari va davrlari
1.2. Fransiyaning asosiy janglari va davrlari bo'yicha muhim voqealar.
II BOB. Fransiya armiyasining asosiy janglari va ulkan voqealari.
2.1. Urushning dunyo siyosati, jahon tarixida yaratgan ta'siri va o'zgarishlar.
2.2. Fransuz diplomatiyasi va uning urushdagi roli.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
XIX va XX asr chegarasida Fransiyada iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarda tub o’zgarishlar ro’y berdi. U dehqonchilik-sanoat mamlakatidan sanoat-dehqonchilik mamlakatiga aylandi. Urush davrida Fransiya sanoati tez sur'at!ar bilan rivojlandi. Sanoatning yangi tarmoqlari, yangi metallurgiya korxonalari, mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo zavodlari vujudga keldi. Urushdan keyin sanoat rivoji uchun qo’shimcha imkoniyatlar paydo bo’ldi. Elzas va Lotaringiyaning qo’shib olinishi natijasida fransuz metallurgiya sanoatining kuvvati 1,5 marta oshdi. Temir rudasi qazib olish bo’yicha Fransiya Yevropada birinchi o’ringa chiqdi. Saar ko’mir havzasidan foydalanish huquqi uni 15 yil davomida ko’mir bilan ta'minlar edi. Nihoyat, Germaniyadan olingan 8 milliard marka tovon puli sanoatni texnologiya jihatidan to’la qayta qurish imkonini berdi. Iqtisodiyotdagi o’zgarishlar fransuz jamiyatining ijtimoiy tizimi o’zgarishiga ham sabab bo’ldi. Qudratli banklar paydo bo’ldi, «Mirabo», Rotshildlar oilasi, aka-uka Lazarlar, Vorms,-Malle va boshqalarga qarashli eng yirik banklar o’z sarmoyalarini ko’paytirdilar, natijada ularning mamlakat hayotiga ta'siri kuchaydi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarida «Reno», «Sitroyen», «Pejo», «Simka» kabi ulkan kompaniyalar tashkil topdi. Ammo mamlakatda katta miqdordagi mayda korxonalar ham saqlanib qolgan bo’lib, ular ham Fransiyaning ijtimoiy-siyosiy hayotida muxim ahamiyatga ega edi. Kichik korxonalar barcha sanoat mahsulotining deyarli 50 foizini ishlab chiqarardi. Qishloqda ham kichik va o’rta hajmli dehqon xo’jaliklari ko’p edi.



Yüklə 43,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə