Kirish I bob. Fransiya birinchi jahon urushi yillarida : Tarixiy kontekst va asosiy muhim voqealar


Fransuz diplomatiyasi va uning urushdagi roli



Yüklə 43,41 Kb.
səhifə5/5
tarix01.06.2023
ölçüsü43,41 Kb.
#114821
1   2   3   4   5
Fransiya 1-jahon urushi yillarida

2.2. Fransuz diplomatiyasi va uning urushdagi roli.
Urush 10 ta sanoat departamentini va ko‘pgina qishloq rayonlarni butunlay vayron qildi. Urushda 1 million 400 ming kishi halok bo‘ldi. Urush xarajatlari natijasida ko‘rilgan zararning umumiy summasi 200 milliard frankka yetdi. Urush sutxo‘r imperializm mamlakati bo‘lgan Fransiyaning moliyaviy quvvatiga katta zarba berdi. Fransiya AQSH dan 4 milliard dollar va Angliyadan 650 million funt sterling qarzdor bo‘lib qoldi. Fransiya shunday katta zarar evaziga o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan g‘alaba qozondi. U Germaniyadan Elzas-Lotaringiyani qaytarib oldi, Marokash ustidan protektoratini mustahkamladi, Turkiya mustamlakalari bo‘lgan Suriya va Livanni idora qilish mandatini oldi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari Togo va Kamerunni Angliya bilan bo‘lishib oldi. Fransiya Yevropada o‘z gegemonligini o‘rnatishga zo‘r berib urindi. U 1919 yilgi Parij konferensiyasida Saar oblastining o‘ziga berilishini, Fransiya “himoyasida” Reyn avtonom davlatini tuzishni, Bavariyaga mustaqillik berishni, Polsha territoriyasini kengaytirishni talab qildi. Fransiyaning bundan ko‘zlagan maqsadi Germaniyani ancha zaiflashtirish, Bavariyani o‘ziga bo‘ysundirish va Polshani kuchaytirib, undan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanish edi. Biroq, bunga Angliya va AQSH davlatlari rozi bo‘lishmadi. Konferensiya qaroriga binoan, urushda ko‘p zarar ko‘rgan Fransiyaga Saar oblasti toshko‘mirini olib turishga ijozat berildi, lekin uning Germaniyadan oladigan reparatsiya hissasi tezda aniqlanmadi, ko‘p tortishuvlardan keyin, 1920 yilga kelib u reparatsiyaning 52%ini (8 mlyard oltin marka) olish huquqiga ega bo‘ldi. Ammo Fransiya oladigan summasi uning AQShdan olgan qarzlaridan oz edi. Shunga qaramasdan, urushdan keyingi yillarda Fransiyaning janubiy va g‘arbiy-janubiy tomonlarida yangi sanoat rayonlari paydo bo‘ldi. Vayron bo‘lgan joylar tiklana boshladi. Ichki bozor kengaydi. Elzas-Lotaringiyaning Fransiyaga qaytarilishi va Saar ko‘mirining Fransiyaga berilishi bilan unda muhim xom ashyo manbalari vujudga keldi. Metallurgiya, avtomobil, aviatsiya, to‘qimachilik va ximiya sanoatlari rivojlandi. Elzas va Lotaringiyaning qo‘shib olinishi natijasida fransuz metallurgiya sanoatining quvvati 1,5 marta oshdi. Temir rudasi qazib olish bo‘yicha Fransiya Yevropada birinchi o‘ringa chiqdi. Saar ko‘mir havzasidan foydalanish huquqi uni 15 yil davomida ko‘mir bilan ta’minlar edi. Nihoyat, Germaniyadan olingan 8 milliard marka tovon puli sanoatni texnologiya jihatidan to‘la qayta qurish imkonini berdi. Ayniqsa, og‘ir sanoat, harbiy sanoat taraqqiy qildi. Ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasi kuchaydi. Bank va davlat apparati bilan bog‘liq bo‘lgan gigant monopolistik birlashmalar (“200 oila”) kuchayib ketdi. Fransuz bankining roli g‘oyat oshdi. Qudratli banklar paydo bo‘ldi, “Mirabo”, Rotshildlar oilasi, aka-uka Lazarlar, Vorms, Malle va boshqalarga qarashli eng yirik banklar o‘z sarmoyalarini ko‘paytirdilar, natijada ularning mamlakat hayotiga ta’siri kuchaydi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarida “Reno”, “Sitroyen”, “Pejo”, “Simka” kabi ulkan kompaniyalar tashkil topdi. Lekin boshqa sanoat tarmoqlari, ayniqsa, yengil sanoat orqada qoldi va 1939 yilgacha urushdan oldingi darajaga yetolmadi, mayda sanoat korxonalari esa avvalgidek ko‘p edi. Jahon miqyosida Fransiya sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jihatidan boshqa bir qator yirik kapitalistik mamlakatlardan orqada qoldi. Barcha kapitalistik mamlakatlarning birgalikda olgan umumiy sanoat mahsulotida Fransiyaning hissasi 1913 yilda 7,2% bo‘lsa, 1937 yilda 5,1% ni tashkil qildi, xolos. Urush Fransiya qishloq xo‘jaligiga og‘ir ta’sir qildi. Aholining anchagina qismi (1936 yilgi ma’lumotiga ko‘ra 47,6%i) qishloq aholisi edi. Urush dehqonlar o‘rtasida tabaqalanishni kuchaytirdi, vayron bo‘lgan mayda xo‘jaliklar hisobiga katta yer egaligi o‘sdi, yer maydonining ko‘p qismi yer egalari qo‘lida to‘plandi. 1917 yil noyabridan beri mamlakatni Klemanso boshliq radikallar hukumati boshqarib keldi. Radikallar partiyasi mayda va o‘rta burjuaziyaga tayanuvchi partiya bo‘lib, uning lideri Klemanso monopoliyalarning odami edi. U mamlakatda yarim harbiy-diktatorlik rejimini o‘rnatdi. Keyinchalik, sharoitga qarab Fransiyada turli burjua partiyalaridan iborat “milliy blok” va “so‘l blok”lar tuzildi. “Milliy blok” 1919 yilda inqilobiy harakat yuksalib borayotgan sharoitda tashkil topdi. Eng reaksion burjua partiyalari Respublikachilar federatsiyasi, Respublikachi-demokratik ittifoq va boshqa partiyalar 1919 yil noyabrida navbatdagi parlament saylovlarida o‘ta ketgan reaksioner Puankare va Milyeran boshchiligida “Milliy blok” tuzdilar, hamda bunga radikallar radikal-sotsialistlar partiyasini ham jalb qildilar. “Milliy blok”ning maqsadi inqilobiy harakatni bostirish, Germaniyaning urushda mag‘lubiyatga uchraganligidan ko‘proq foydalanib, Yevropada Fransiya gegemonligini o‘rnatish, mustamlakalarni yanada kengaytirish va ularni talash edi. “Milliy blok” mayda va o‘rta burjuaziya saylovchilarini inqilob xavfi bilan qo‘rqitib va shovinistik kayfiyatni kuchaytirib, ularni ancha chalg‘itdi; Germaniya bilan tuzilgan Versal sulhi Fransuz aholisi uchun juda manfaatli bo‘ladi deb avradi. “Milliy blok” saylovlarda ko‘p ovozga va deputatlar palatasi mandatlarining 2|3 qismiga ega bo‘lib, katta g‘alabaga erishdi. 1920 yil yanvaridan 1924 yil mayigacha mamlakatni “Milliy blok” hukumati (Milyeran, Ley, Brian, Puankare hukumatlari) boshqardi. Ko‘p o‘tmay Milyeran prezidentlik lavozimini egalladi. Antanta bilan Germaniya va uning sobiq ittifoqchilari bo‘lgan Avstriya, Bolgariya, Vengriya va Turkiya o‘rtasidagi sulh shartnomalarining hammasi 1919- 1920 yillarda Fransiyada Parij yonidagi joylar va saroylarda (Versal, Sen-Jermen, Neyi, Trianon, Sevr)da imzolandi. Ushbu shartnomalarda rasmiylashtirilgan xalqaro munosabatlar tizimi Versal sistemasi nomini oldi. Fransiya Angliya bilan birgalikda 1919 yilgi Parij konferensiyasida tashkil topgan xalqaro tashkilot Millatlar ittifoqida yetakchi rol o‘ynadi. Germaniya bilan Versal sulh shartnomasini tuzishda Fransiya Yevropada gegemonlik pozitsiyasini egallashni va Germaniyani ancha zaiflashtirishni mo‘ljallagan edi. Ammo yuqorida aytilganidek, Angliya va AQSH bunga yo‘l qo‘ymadi. Shunga qaramay, Fransiya Elzas-Lotaringiyani Germaniyadan qaytarib olishdan tashqari, Germaniya va Turkiya mustamlakalari hisobiga o‘z mustamlakalarini kengaytirdi, yaqin Sharqda Turkiya mustamlakalaridan Suriya va Livanni egalladi. U Turkiyaning O‘rta Yer dengizi sohilidagi Aleksandrettani, Klikiyani, Suriya chegarasi yaqinidagi bir qator rayonlarni bosib oldi. Fransuz harbiy kemalari boshqa davlatlarning harbiy kemalari bilan birga Istambul yonida, Dardanel va Bosfor bo‘g‘ozlarida suzib yurdi, Fransiya ham Turkiyada o‘z ta’sir doirasini kengaytirishni mo‘ljalladi. Lekin fransuzlar turk xalqining jiddiy qarshiligiga uchradi. 1919 yildayoq Klikiyada turk partizanlari fransuz bosqinchilariga qarshi chiqdi. 1921 yil yozida turk qo‘shinlarining inglizgrek bosqinchilari ustidan qozongan g‘alabasi Fransuz agressorlarini shoshirib qo‘ydi va o‘sha yilning oktabrida Turkiya hukumati bilan separat sulh shartnomasi tuzishga majbur qildi. Klikiyadan Fransuz qo‘shinlari olib chiqib ketildi. Klikiya Turkiya tarkibiga kirdi. Aleksandrettada Fransiya imtiyozlari cheklab qo‘yildi. Turkiya hukumati Suriyaga yaqin chegara rayonlariga yaqin ayrim yerlarni Fransuz kompaniyasiga konsepsiyaga berishga rozi bo‘ldi. 1921 yilda Fransiya Polsha bilan, 1921-1922 yillarda Chexoslovakiya, Yugoslaviya va Ruminiya bilan ittifoqchilik bitimlarini va Fransiya ta’siri ostida keyingi uch davlatdan iborat bo‘lgan ittifoq tuzdi. Bu bitimlar va uch davlat ittifoqidan iborat bo‘lgan Kichik Antantaning tuzilishi avvalo Sovet Rossiyasiga, so‘ngra Germaniyaga qarshi qaratilgan va Fransiyaning Yevropada gegemonlik maqsadlariga qaratilgan edi. Bunga javoban Germaniya bilan Rossiya 1922 yilda, Genuya konferensiyasi paytida diplomatik munosabatlar o‘rnatish haqida shartnoma tuzdi. Bu ahdlashuv keng miqyosli iqtisodiy munosabatlar o‘rnatish yo‘lini ochar edi. Shunday qilib, Germaniya birinchi bo‘lib Rossiyani iqtisodiy jihatdan qamal qilish haqidagi kelishuvni buzdi. Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi shartnoma Genuya yaqinidagi Ropallo degan joyda imzolangani uchun shu nom bilan ataldi. U ikkala mamlakatning ham xalqaro mavqeini mustahkamladi. O‘z navbatida Yevropada, shu jumladan Bolqonda gegemonlik qilish uchun urinayotgan AQSH, Angliya va Italiya davlatlari bilan Fransiya o‘rtasidagi ziddiyatlar ham kuchayib bordi. Tinch okean va uzoq Sharq rayonlarida Fransiya bilan AQSH va Angliya o‘rtasidagi ziddiyat kuchaydi. 1923 yili Fransiyaning ichki va tashqi siyosiy hayotida muhim voqealar bo‘lib o‘tdi. 1922 yil yozida Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hamda Rapollo shartnomasidan ruhlangan Germaniya har yilgi tovonni to‘lashdan bosh tortdi. Bunga javoban Fransiya, Belgiya va Italiyaning qo‘llab-quvvatlashi bilan 1923 yil yanvarida o‘z qo‘shinlarini Germaniyaning og‘ir sanoat markazi bo‘lgan Rur oblastiga va Reyn viloyatining bir qismiga kiritib, bu yerlarni bosib oldi. Ammo Fransiya hukmron doiralarining rejasi amalga oshmadi. Germaniya hukumati da’vati bilan Rur aholisi ishdan bosh tortdi. Fransiyaga Rur ko‘miri butunlay bormay qoldi. Natijada cho‘yan va po‘lat quyish keskin qisqardi. Fransuz franki kursi tushib ketdi. Rurning bosib olinishi ichki siyosiy inqiroz va xalqaro munosabatlardagi chigalliklar bilan yakunlandi. Rurning okkupatsiya qilinishi va Germaniyada inqilobiy vaziyatning yetilishi AQSH va Angliya davlatlarini bezovta qildi. Ular Yevropada o‘z rolini oshirish uchun urinayotgan edilar. AQSH va uning himoyasidagi nemis burjuaziyasi va hukmron doiralari Fransiya oldida taslim bo‘lmadi. Moliya qiyinchiliklari natijasida Fransiya AQShdan qarz so‘rashga majbur bo‘ldi. AQSH qarz berishdan oldin Rurni bo‘shatib chiqishni talab qildi. Fransiyaning imperialistik agressiyasi siyosati va Rur avantyurasi shu tariqa mag‘lubiyat bilan tugadi. 1924 yildan boshlab boshqa kapitalistik mamlakatlardagi singari Fransiyada ham stabillashuv boshlandi. Urushda zarar ko‘rgan mamlakat xalq xo‘jaligini tiklash, mashina uskunalarini yangilash va ayrim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qurilishlar boshlandi. 1924-1925 yillarda Fransiya sanoat mahsuloti urushdan oldingi darajadan uzib keta boshladi. 1925 yilda ko‘mir qazib chiqarish urushdan ilgarigi darajaga nisbatan 107 % ga, po‘lat eritish bo‘yicha 102 % ga yetdi. Ishlab chiqarish va kapitalning konsetratsiyalashuvi kuchaydi. Monopolistlarning foydasi ko‘paydi. 1924 yil mayida navbatdagi parlament saylovi arafasida radikal va radikalsotsialistlar partiyasi boshqa mayda va o‘rta burjua partiyalaridan (respublikachi sotsialistlar, mo‘tadil antiklerikallardan), sotsialistik partiyadan iborat, “So‘l blok” tuzildi. So‘l ittifoq o‘z dasturida ijtimoiy sohada ijobiy o‘zgarishlar qilish, Milliy ittifoqning xalqqa qarshi qaratilgan tadbirlarini bekor qilish, Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish, Germaniyadan qo‘shinlarni olib chiqish va u bilan yarashish, Angliya va AQSH bilan mustahkam aloqalarni tiklashni va’da qilgan edi. Saylovda bu blok g‘alaba qozondi, “milliy blok” esa mag‘lubiyatga uchradi. Mamlakatda “so‘l blok”ning Eduard Errio boshliq hukumati tuzildi. “So‘l blok” mamlakatni 1924 yil iyunidan 1925 yil apreligacha boshqardi. Avval boshda Eduard Errio boshchiligidagi radikallardan iborat tuzilgan so‘l burjua hukumati xalq ommasining qat’iy talablarini hisobga olib, “so‘l blok” programmasining ba’zi moddalarini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Chunonchi, qisman siyosiy amnistiya e’lon qilindi, 1920 yilda ish tashlashda qatnashganligi uchun ishdan bo‘shatilgan temir yo‘lchilar qaytadan ishga olindi, uy-joy qurilishiga bir oz mablag‘ ajratildi. Rurdan fransuz qo‘shinlari olib chiqildi, frankning qadrini oshirish maqsadida majburiy zayomlar chiqarish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga kiritildi. 1924 yil oktabrida o‘ng partiyalarning qarshiligiga qaramay Fransiya bilan Sovet Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Lekin Errio hukumatining mehnatkashlarga ba’zi yon berishlik siyosati monopolistik burjuaziyaning moliya oligarxiyasiga mutlaqo yoqmadi. Moliya oligarxiyasi frankni qadrsizlanishidan manfaatdor edi. Senat majburiy zayomlar haqidagi loyihani rad etdi. Bunday ommaviy norozilik va kurash sharoitida sotsialistik partiya “so‘l blok”dan chiqishga majbur bo‘ldi. “So‘l blok” tarqalib ketdi. 1925 yil aprelida Puankare boshchiligida yirik burjuaziyaning “Milliy birlik” hukumati tuzildi. Hukumatda radikallar ishtirok etdi. “Milliy birlik” hukumati mamlakatni uch yil idora qildi. O‘ng sotsialistlar blokdan tashqarida bo‘lsada, Puankare hukumatini qo‘llab-quvvatladi. Puankare inflyatsiyaga qarshi kurash, frankni barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashni o‘z ichki siyosatining muhim vazifasi deb e’lon qildi. Hukumat davlat xarajatlarini qisqartirdi, yangi soliqlar joriy etdi va sanoat korxonalariga imtiyozlar berdi. AQSH va Angliyadan olingan yirik kreditlar hisobiga frank kursi barqarorlashtirildi. 1926 yilga kelib davlat daromadlari urushdan keyin birinchi marta xarajatlardan ortiq bo‘ldi. Frank barqaror valyutaga aylandi. Valyuta-moliya munosabatlarining barqarorlashuvi fransuz iqtisodiyotining umumiy yuksalishi boshlanganidan dalolat edi. Tabiiyki, bu urushdan keyingi inqirozni bartaraf etgan jahon iqtisodiyoti ravnaqining umumiy jarayonlari bilan ham uzviy bog‘liq edi. 1925 yilda Fransiya sanoati mahsuloti hajmi birinchi marta urushdan oldingi darajadan ortiq bo‘ldi. Oradan besh yil o‘tgach, 1930 yilda Fransiyada urushlar oralig‘idagi eng yuksak sanoat ishlab chiqarishi va savdo hajmi qayd etildi. Fransiya sanoat taraqqiyoti sur’atlari bo‘yicha (yiliga o‘rtacha 5%) Angliya va Germaniyani ortda qoldirib, AQShga yaqinlashdi. O‘nlab yangi yirik zavodlar, elektr stansiyalari, temir yo‘llar qurildi. 1924 yildan 1932 yilgacha mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish davri bo‘ldi. Bu davr aholi turmushiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Narxlar barqarorlashib, pulning qadrsizlanishi barham topdi. Bu esa hukumatga aholining bir qator qatlamlari ijtimoiy ahvolini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish imkonini berdi. 1926 yilda ishsizlik nafaqasi joriy etildi, keksalik nafaqasi, kasallik, nogironlik va homiladorlikda yordam puli beriladigan bo‘ldi. Tashqi siyosatda Puankare hukumati mustamlakachilik tadbirlarini kuchaytirdi. 1926-1927 yillarda Marokash va Suriyadagi milliy ozodlik harakati yovuzlarcha bostirildi. Shovinistik va fashistik tashkilotlar aktivlashdi va polkovnik De Lya Rok boshchiligida 1927 yilda “Jangavor krestlar” nomli yangi harbiyfashistik tashkilot tuzildi. (Peten va De Goll fashistik tashkilotning yashirin a’zolari bo‘lganlar). Burjua parlamentarizmining inqirozi kuchaydi. Monopolistik burjuaziya mehnatkashlar ommasiga qarshi o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun kurashdi. O‘ng burjua partiyalari 1928 yil aprelida bo‘lgan navbatdagi parlament saylovlarida ko‘pchilik o‘rinni egalladi. Saylovda kam o‘rinni egallagan radikallar hukumatdan chetlashib bordi va oppozitsiyaga o‘tishga majbur bo‘ldilar. Puankare hukumati tarkibida o‘ta ketgan reaksionerlar mamlakatni idora qildi.

XULOSA
Fransiya birinchi jahon urushi (1914-1918) tarixiy bir voqea hisoblanadi va dunyo tarixida katta o'zgarishlarni olib kelgan muhim davr hisoblanadi. Ushbu urushda Fransiya, Avstriya-Macariston, Germaniya, Britaniya, Rossiya va boshqa bir qator davlatlar o'rtasidagi katta janglar ro'y berdi. Fransiya birinchi jahon urushida asosiy muhimiyatga ega bo'lgan voqealar orasida Verdun urushi, Marne urushi va Somma urushi kabi janglarni ayrimlashirish mumkin. Urushning birinchi davrda Fransiya armiyasining o'ziga xos taktikalari va strategiyalari bilan ajralib turishiga qaramay, Fransuzlar, armiyalarining harakatlarini kuchaytirib, muhim muqobil voqealar o'tkazdilar. Fransiya birinchi jahon urushi natijasida katta zararlar chekilib, ko'p joyda tahripkashlik yuz berdi, millionlab odamlar hayoti o'ldi va umumiy moliyaviy zararlarga sabab bo'ldi. Urush yakunida Versal shartnomasi bilan Fransiya, urush yuzasidan uzoq turib qaytib kelgan hududlarini tikladi, ammo muhim darajada mustaqil bo'lmay qoldi. Fransiya birinchi jahon urushi dunyo tarixida mustahkamlashgan janglar, strategiyalar va urush usullari, diplomatik munaqishalar va siyosiy o'zgarishlar bilan bog'liq ko'p o'zgarishlarni olib kelgan davr hisoblanadi. Ushbu urush Fransiya va jahon siyosati, iqtisodiyati va madaniyati bo'yicha ko'plab muhim natijalarga olib kelganligi bilan tarixiy ahamiyatga ega.

Foydalaniladigan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar hamda ro’yxati:

1.Kabirov.A.Jahon tarixi(eng qadimgi davrlardan milodning V asrigacha).T.:”O’qituvchi”.2001.

2.Salimov.T.U.,Maxkamov S.Jahon tarixi.T.:”Sharq” 1999.

3.Farmonov.R.Sodiqov.O. Jahon tarixi T.: ”O’qituvchi”.2001.

4.Lafasov.M.Xoliqov.E.Qodirova.D. Jahon tarixi . T.: ”O’qituvchi”.2001.

5.Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 1999.



6. Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 2001

7.Lafasov.M. Jahon tarixi.T.:”Turon-Iqbol” 2005. 52-58 bet
Yüklə 43,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə