Kirish I bob. Fransiya birinchi jahon urushi yillarida : Tarixiy kontekst va asosiy muhim voqealar


II BOB. Fransiya armiyasining asosiy janglari va ulkan voqealari



Yüklə 43,41 Kb.
səhifə4/5
tarix01.06.2023
ölçüsü43,41 Kb.
#114821
1   2   3   4   5
Fransiya 1-jahon urushi yillarida

II BOB. Fransiya armiyasining asosiy janglari va ulkan voqealari.
2.1. Urushning dunyo siyosati, jahon tarixida yaratgan ta'siri va o'zgarishlar.
Shuning uchun Fransiya Bosh vaziri J. Klemansoning Buyuk Britaniya Bosh vaziri D. Lloyd-Joijga: «G‘alabadan keyin darhol Britaniya bizning dushmanimiz boiib qoldi»,— deb ta’na qilganligi bejiz emas. Bunga javoban Lloyd-Joij Klemansoga qarab kulib turib: «Britaniyaning siyosati shunday emasmi?» — deb javob qaytarganligini tarix unutgan emas. Lloyd-Joij Fransiya kuchayib ketishining hamda bolsheviklar solishi mumkin bo'lgan xavfning oldini olish maqsadida kuchli Germaniyaning saqlanib qolishidan manfaatdor edi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya AQSHning jahon siyosatida tutgan o ‘rni, shuningdek, harbiy-dengiz qudrati tobora oshib borayotganligidan tashvishda edi. Biroq bu jarayonning oldini olishga qodir emas edi. Chunki AQSH Buyuk Britaniyani qarzbem vchi davlatdan qarzdor davlatga aylantirib qo‘ygan edi. Buning ustiga iqtisodi tobora kuchsizlanib, moliyasi va savdosi izdan chiqib borm oqda edi. Fransiya katta uchlik ichida eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat edi. Chunki urush harakatlari uning hududlarida olib borilgan edi. Ayni paytda u ham qarz beruvchi davlatdan qarzdor davlatga aylanib qoldi. Bu ham yetm aganidek, Sovet hukum ati podsho Rossiyasining chet davlatlardan olgan qarzini to ‘lashdan bosh tortganligi Fransiya uchun qattiq zarba boidi. Chunki chor Rossiyasi eng ko‘p qarzni Fransiyadan olgan edi. Shuning uchun ham u barcha yo‘qolgan boyliklari o ‘rnini G erm aniya hisobidan qoplashni istar edi. Bundan tashqari, Fransiya G erm aniyaning nihoyatda kuchsizlantirilishi tarafdori edi. Fransiya nafaqat G erm aniya bir vaqtlar undan tortib olgan hududlarini qaytarib olishni, ayni paytda Germ aniyaning Saar ko‘m ir havzasi va Reyn daryosining s o i sohilidagi yerlarni ham qo‘shib olishni istar edi. Shuningdek, Fransiya Yevropaning Ruminiya, Chexoslovakiya va Polsha kabi davlatlaridan kelgusida G erm aniyaga qarshi o ‘ziga xos bir ittifoq tuzish niyatida ham edi. Ayni paytda Fransiya hukm ron doiralarining rejasiga ko‘ra, bu davlatlar Sovet Rossiyasiga qarshi kurashda ham asqotishi lozim edi. «Katta uchlik» esa Sovet Rossiyasiga qarshi kurash masalasida yagona fikrda edi. 1919-yilning 28-iyunida Versal saroyida yengilgan G erm aniya bilan g‘olib A ntanta davlatlari o ‘rtasida shartnom a imzolandi. Bu shartnom a tarixga Versal tinchlik shartnomasi nomi bilan kirdi. Versal shartnomasi Germaniya va uning ittifoqchilarini urushning aybdorlari deb e io n qildi. Shartnom aga ko‘ra, Fransiya Elzas va Lotaringiyani o ‘ziga qaytarib oldi. Germaniyaning Saar viloyati 15 yil muddatga Millatlar Ittifoqi boshqamviga berildi. 15 yildan so‘ng bu viloyat taqdiri plebitsey yordamida hal etiladigan b o id i. Uning ko‘m ir havzasi shaxtalari Fransiyaning mulki b o iib qoldi. Reyn daryosining chap sohilini 15 yil muddatga Antanta okkupatsiya qildi. Reyndan sharqqa qarab 50 km hudud to ia dem ilitarizatsiyalashtirildi. G erm aniya Polsha va Chexoslovakiyaning mustaqilligini tan oldi. Fransiya o'z qirg'oqlari bo'ylab va Shimoliy Afrika yerlarida mudofaa qurdi. [Kaufmann] Bu ulkan mudofaa tizimi edi, ularning aksariyati yer ostida qurilgan. Bomba o'tkazmaydigan artilleriya qutilarini himoya qiluvchi tankga qarshi o'rindiqlar va hap-dori qutilari bilan bir-biriga bog'liq bo'lgan uchta mustahkamlangan tizinlari bor edi. Ushbu beton va po'latdan yasalgan joylar Lyuksemburg va Shveytsariya o'rtasidagi hududlarda cho'zilgan. Artilleriya joylashgan hudud va o'zaro bog'langan kuchli nuqtalar nemis bosqinini to'xtatish uchun mo'ljallangan edi. Maginot chizig’i tarixga ulkan harbiy muvaffaqiyatsizlik sifatida kirdi. Negaki bu aslida, bu nemislarning yorib o'tishiga to'sqinlik qildi, ammo nemislar uni aylanib o'tishdi. Maginot nemislarni aylanib o'tishga majbur qilgan bo'lsa-da, unga sarflangan xarajat Fransiya uchun judayam qimmatga tushgan edi. U 7,000 million frankga tushdi va Fransiya mudofaa xarajatlarining katta qismini talab etgan edi. Fransuz harbiy amaldorlarining rejalariga ko’ra Maginot chizig'ining shimolidagi kuchli o'rmonli va tepalikli hudud bo'lgan Ardenlar hududidan tanklar o'tolmasligiga, shuning uchun uni osongina himoya qilish mumkinligiga ishonishdi. Ehtimol, Maginot chizig’ining eng katta zaif tomoni xarajatda edi. Fransiya bunga shunchalik ko'p pul sarfladiki, u hatto kuchli mudofaa chizig'i orqasida mudofaasida turuvchi uchun zarur bo'lgan havo kuchlari, mobil zirh va piyoda askarlarini e'tiborsiz qoldirdi, ya’ni ularga mablag’ kam sarflandi. Bu, albatta, juda muhim edi, chunki Maginot chizig’i hech qachon oxiriga yetmagan, qurilish tugallanmagan, Maginot chizig’ini yanada davom ettirish rejalari mavjud bo’lgan. Shunday qilib, Maginot chizig’i Belgiy ] davlati chegarasida to'xtaydi. Fransiya Birinchi jahon urushida g'alaba qozongan bo'lsa-da, bu juda qimmatga tushdi. Siyosiy muhit tobora bo'linib bordi. Millatchilik, sotsialistik pasifizm, antisemitizm, ksenofobiya va boshqa siyosiy mavzular urushdan keyingi siyosiy maydoniga chiqadi. O'ta o'ng va fashistik partiyalar paydo bo'ldi, garchi ular ko'plab kichik partiyalar orasida bo'linib ketgan bo'lsalar ham. So'l partiyalarning ahamiyati ortib bordi va saylovlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. 1930-yillardagi depressiya siyosiy ziddiyatlarni yanada kuchaytirdi. Leon Blum[10] boshchiligida bir muddat Xalq fronti hukumati tuziladi. Buyuk Britaniya-Germaniya dengiz shartnomasi imzolanishi bilan inglizlar nemislar bilan biroz bo’lsada tinchlantirish siyosatini boshlagan edi. Ular Fransiya bilan ingliz-nemis dengiz shartnomasini tuzish haqida maslahatlashib ham ko’rmagan. Fransuzlar dastlab nemislarga qarshilik ko'rsatish uchun o’zlar ittifoqchi davlatlarsiz siyosat olib borishga harakat qilishdi, ammo bu muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Germaniya qayta qurollanishidan oldin be’malol Fransuz armiyasi Germaniyaning ichki-ishlariga be’malol aralashishi mumkin edi. Birinchi jahon urushi paytida Fransuz armiyasi g'arbiy frontning tayanchi bo'lgan edi va o’z navbatida 1935-yilda Yevropagi eng kuchli armiyaga ega davlat ham edi. Germaniyaning qayta qurollanishi Fransiyani tashvishga solidi va Fransuzlarning Germaniyani kuchayib ketishiga qarshi harakatlari samarasiz tugaydi. Shunday sharoitda Sovet davlatidan yordam so’rash ayni muddua edi. Fransiya hukumatidagi antikommunistlar harbiy harakatlarni Sovetlar bilan birgalikda davom ettirish uchun Sovet va Fransiya Bosh shtablari o'rtasidagi uchrashuvlarga ruxsat berishdan bosh tortdilar. Yevropaning Sharqida polyaklar va ruminiyaliklar nemis hujumiga uchrashganida sovet qo'shinlarining g'arbga harakatlanishini ma'qullashdan bosh tortdilar. Nemislar Reyn hududlarini harbiylashtirgandan so'ng, Fransiya armiyasi Polsha, Chexoslovakiya, Ruminiya va Yugoslaviya kabi mamlakatlarga yordam berishga mutlaqo imkoni qolmadi. Natijada Kichik Antanta qulab tushdi. Italiyaning Efiopiyaga bostirib kirishi va Ispaniya fuqarolar urushi kabi boshqa voqealar Fransuz pozitsiyasini yanada zaiflashtirdi. Shunday qilib, Germaniya qayta qurollangan davrda Fransiyada Buyuk Britaniyaga ergashishdan boshqa iloji qolmadi va Gitlerni tinchlantirishga qaror qildi. Xalq fronti kommunistlar, sotsialistlar va boshqa so’l qanot siyosiy partiyalarning koalitsiyasi boʻlib, 1930-yillarda Fransiyada siyosiy hokimiyat va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish uchun paydo boʻlgan. Bu fashizm tahdidiga, ayniqsa Germaniyada fashistlarning kuchayishiga munosabat edi. 1936-yilgi saylovlarda Xalq fronti gʻalaba qozondi va Léon Blum Fransiyaning birinchi sotsialistik bosh vaziri boʻldi. Prussiya bosib olgan hududlar, Sharqiy Pomore Polshaga berildi. Buning natijasida Polsha Boltiq dengiziga chiqish imkoniga ega bldi. Eypen, Malmedi va M orelle okruglarida plebitsey o ltkazildi, natijada bu okruglar Belgiyaga o ‘tdi. Klaypeda esa Litvaga o ‘tkazildi. Shlezvigning shimoliy qismi Daniyaga, Sileziyaning bir qismi Chexoslovakiyaga berildi. Gdansk shahri esa M illatlar Ittifoqi boshqaruvidagi «erkin shahar» deb tan olindi. Shu tariqa Germ aniya 1914-yilning 1-avgustiga qadar bo‘lgan o ‘z hududining 1/8 qism ini yo‘qotdi. G erm aniya Avstriyaga b o ‘lgan da’volaridan voz kechishga majbur etildi. Avstriyaning mustaqilligi A ntanta davlatlari tom onidan kafolatlanadigan b o id i. Bundan tashqari, G erm aniya dunyodagi barcha mustamlakalaridan m ahrum etildi va ular g‘oliblar o ‘rtasida taqsimlandi. Chunonchi, G erm aniyaning Afrikadagi m ustam lakalari Togo va K am erun Buyuk Britaniya va Fransiyaga o ‘tdi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaga Tanganika (Germ aniya Sharqiy Afrikasi); Belgiyaga Ruanda va Urundi; Janubiy Afrika Ittifoqiga — Janubi-g‘arbiy Afrika (Namibiya); Yaponiyaga Tinch okeanidagi Marshall, M arian va Karolina orollari, Xitoyning Szyaochjou viloyati, Shandun yarim oroli berildi. Germ aniyaga Antanta davlatlari foydasiga katta m iqdorda reparatsiya to io v i majburiyati yuklandi. Komissiya reparatsiya m iqdorini 1921-yilning 1-mayigacha belgilaydigan, Germ aniya esa ungacha Antantaga 20 mlrd markani oltin, mahsulotlar, kem alar va qim m atbaho qog‘ozlar bilan to iash i zarur edi. Reparatsiya muammosi 1921-yilning aprel — may oylarida London konferensiyasida hal etildi. Unga ko‘ra, reparatsiya 132 mlrd oltin marka miqdorida belgilanadi. Uning 52 foizi Fransiyaga; 22 foizi Buyuk Britaniyaga; 10 foizi Italiyaga; 8 foizi Belgiyaga; Gretsiya, Ruminiya va Yugoslaviyaga birgalikda 6,5 foizi; 0,75 foizi Yaponiyaga toianishi kerak edi. Bu ochiqcha talonchilik A ntanta davlatlarining Versal shartnom asida yozib q o ‘ygan quyidagi fikrlari bilan oqlanar edi: «G erm aniya va uning ittifoqchilari tajovuzi tufayli ro ‘y bergan urushda ittifoqchilar (A ntantani nazarda tutishayotir) va ularga qo‘shilgan davlatlar fuqarolariga yetkazilgan talafot va zarar uchun butun m as’uliyatni G erm aniya o ‘z zim m asiga oladi». G erm aniya uchun bunday katta m iqdorda reparatsiya to ia sh nihoyatda og‘ir edi. Biroq uning rozi boiish d an boshqa iloji yo‘q edi. Hayot G erm aniya oldiga ikki imkoniyatni ko‘ndalang qilib qo‘ydi: yo q o ‘yilgan shartga rozi b o iib , tinchlikka erishish, yoki yana urushga kirishib butunlay xonavayron boiish. Versal shartnomasi Germ aniyada umumiy harbiy majburiyatni taqiqladi. Ayni paytda G erm aniya suv osti flotiga, katta harbiy kemalarga, harbiy va dengiz aviatsiyasi va tank qo‘shinlariga ega b o iish huquqidan mahrum etildi. Shunday bo‘lsa-da, Germaniyaga 100 ming kishilik qo‘shinga ega bo‘lish (bu qo‘shin faqat ko‘ngillilarasosidagina tashkil etilishi mumkin edi) huquqi berildi. Vudro Vilsonning fikricha, bu qo‘shin Germaniyaga ichki tartibni saqlash va bolshevizm xavfiga qarshi turish uchun zarur edi. Millatlar Ittifoqi (M illatlar Ligasi ham deyishadi) — bu, dunyo davlatlarining xalqaro tashkiloti edi. Tashkilotning asosiy vazifasi — tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni ta ’m inlashdan iborat b o ‘lishi kerak edi. Bunday tashkilotni tuzish tashabbusi bilan AQSH Prezidenti V. Vilson chiqdi va bu uning 14 moddali tinchlik dasturida o ‘z ifodasini topgan edi. A ntantaning yetakchi davlatlari (Buyuk Britaniya va Fransiya) bu tashabbusni q o ‘llabquw atladi. 1919-yilning 14-fevral kuni dunyoning 44 davlati tashkilotning Nizomi (4 ustavi)ni tasdiqladilar. Tashkilotning oliy organi Assambleya edi. Uning ishida barcha a ’zo davlatlar ishtirok etardi. Assambleyalar oralig‘ida Ittifoqning ishiga Ittifoq Kengashi rahbarlik qilardi. Unga katta vakolatlar berishgan edi. Besh davlat (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Yaponiya) Kengashning doimiy a ’zolari edi. Nizom agressor davlatga nisbatan birgalikda harbiy va iqtisodiy sanksiyalar (choralar) qo‘llashni ham ko‘zda tutardi. Fransuz agressorlarini shoshirib qo‘ydi va o‘sha yilning oktabrida Turkiya hukumati bilan separat sulh shartnomasi tuzishga majbur qildi. Klikiyadan Fransuz qo‘shinlari olib chiqib ketildi. Klikiya Turkiya tarkibiga kirdi. Aleksandrettada Fransiya imtiyozlari cheklab qo‘yildi. Turkiya hukumati Suriyaga yaqin chegara rayonlariga yaqin ayrim yerlarni Fransuz kompaniyasiga konsepsiyaga berishga rozi bo‘ldi. 1921 yilda Fransiya Polsha bilan, 1921-1922 yillarda Chexoslovakiya, Yugoslaviya va Ruminiya bilan ittifoqchilik bitimlarini va Fransiya ta’siri ostida keyingi uch davlatdan iborat bo‘lgan ittifoq tuzdi. Bu bitimlar va uch davlat ittifoqidan iborat bo‘lgan Kichik Antantaning tuzilishi avvalo Sovet Rossiyasiga, so‘ngra Germaniyaga qarshi qaratilgan va Fransiyaning Yevropada gegemonlik maqsadlariga qaratilgan edi. Bunga javoban Germaniya bilan Rossiya 1922 yilda, Genuya konferensiyasi paytida diplomatik munosabatlar o‘rnatish haqida shartnoma tuzdi. Bu ahdlashuv keng miqyosli iqtisodiy munosabatlar o‘rnatish yo‘lini ochar edi. Shunday qilib, Germaniya birinchi bo‘lib Rossiyani iqtisodiy jihatdan qamal qilish haqidagi kelishuvni buzdi. Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi shartnoma Genuya yaqinidagi Ropallo degan joyda imzolangani uchun shu nom bilan ataldi. U ikkala mamlakatning ham xalqaro mavqeini mustahkamladi. O‘z navbatida Yevropada, shu jumladan Bolqonda gegemonlik qilish uchun urinayotgan AQSH, Angliya va Italiya davlatlari bilan Fransiya o‘rtasidagi ziddiyatlar ham kuchayib bordi. Tinch okean va uzoq Sharq rayonlarida Fransiya bilan AQSH va Angliya o‘rtasidagi ziddiyat kuchaydi. 1923 yili Fransiyaning ichki va tashqi siyosiy hayotida muhim voqealar bo‘lib o‘tdi. 1922 yil yozida Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hamda Rapollo shartnomasidan ruhlangan Germaniya har yilgi tovonni to‘lashdan bosh tortdi. Bunga javoban Fransiya, Belgiya va Italiyaning qo‘llab-quvvatlashi bilan 1923 yil yanvarida o‘z qo‘shinlarini Germaniyaning og‘ir sanoat markazi bo‘lgan Rur oblastiga va Reyn viloyatining bir qismiga kiritib, bu yerlarni bosib oldi. Ammo Fransiya hukmron doiralarining rejasi amalga oshmadi. Germaniya hukumati da’vati bilan Rur aholisi ishdan bosh tortdi. Fransiyaga Rur ko‘miri butunlay bormay qoldi. Natijada cho‘yan va po‘lat quyish keskin qisqardi. Fransuz franki kursi tushib ketdi. Rurning bosib olinishi ichki siyosiy inqiroz va xalqaro munosabatlardagi chigalliklar bilan yakunlandi. Rurning okkupatsiya qilinishi va Germaniyada inqilobiy vaziyatning yetilishi AQSH va Angliya davlatlarini bezovta qildi. Ular Yevropada o‘z rolini oshirish uchun urinayotgan edilar. AQSH va uning himoyasidagi nemis burjuaziyasi va hukmron doiralari Fransiya oldida taslim bo‘lmadi. Moliya qiyinchiliklari natijasida Fransiya AQShdan qarz so‘rashga majbur bo‘ldi. AQSH qarz berishdan oldin Rurni bo‘shatib chiqishni talab qildi. Fransiyaning imperialistik agressiyasi siyosati va Rur avantyurasi shu tariqa mag‘lubiyat bilan tugadi. 1924 yildan boshlab boshqa kapitalistik mamlakatlardagi singari Fransiyada ham stabillashuv boshlandi. Urushda zarar ko‘rgan mamlakat xalq xo‘jaligini tiklash, mashina uskunalarini yangilash va ayrim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qurilishlar boshlandi. 1924-1925 yillarda Fransiya sanoat mahsuloti urushdan oldingi darajadan uzib keta boshladi. 1925 yilda ko‘mir qazib chiqarish urushdan ilgarigi darajaga nisbatan 107 % ga, po‘lat eritish bo‘yicha 102 % ga yetdi. Ishlab chiqarish va kapitalning konsetratsiyalashuvi kuchaydi. Monopolistlarning foydasi ko‘paydi. 1924 yil mayida navbatdagi parlament saylovi arafasida radikal va radikalsotsialistlar partiyasi boshqa mayda va o‘rta burjua partiyalaridan (respublikachi sotsialistlar, mo‘tadil antiklerikallardan), sotsialistik partiyadan iborat, “So‘l blok” tuzildi. So‘l ittifoq o‘z dasturida ijtimoiy sohada ijobiy o‘zgarishlar qilish, Milliy ittifoqning xalqqa qarshi qaratilgan tadbirlarini bekor qilish, Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish, Germaniyadan qo‘shinlarni olib chiqish va u bilan yarashish, Angliya va AQSH bilan mustahkam aloqalarni tiklashni va’da qilgan edi. Saylovda bu blok g‘alaba qozondi, “milliy blok” esa mag‘lubiyatga uchradi. Mamlakatda “so‘l blok”ning Eduard Errio boshliq hukumati tuzildi. “So‘l blok” mamlakatni 1924 yil iyunidan 1925 yil apreligacha boshqardi. Avval boshda Eduard Errio boshchiligidagi radikallardan iborat tuzilgan so‘l burjua hukumati xalq ommasining qat’iy talablarini hisobga olib, “so‘l blok” programmasining ba’zi moddalarini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Chunonchi, qisman siyosiy amnistiya e’lon qilindi, 1920 yilda ish tashlashda qatnashganligi uchun ishdan bo‘shatilgan temir yo‘lchilar qaytadan ishga olindi, uy-joy qurilishiga bir oz mablag‘ ajratildi. Rurdan fransuz qo‘shinlari olib chiqildi, frankning qadrini oshirish maqsadida majburiy zayomlar chiqarish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga kiritildi. 1924 yil oktabrida o‘ng partiyalarning qarshiligiga qaramay Fransiya bilan Sovet Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Lekin Errio hukumatining mehnatkashlarga ba’zi yon berishlik siyosati monopolistik burjuaziyaning moliya oligarxiyasiga mutlaqo yoqmadi. Moliya oligarxiyasi frankni qadrsizlanishidan manfaatdor edi. Senat majburiy zayomlar haqidagi loyihani rad etdi. Bunday ommaviy norozilik va kurash sharoitida sotsialistik partiya “so‘l blok”dan chiqishga majbur bo‘ldi. “So‘l blok” tarqalib ketdi. 1925 yil aprelida Puankare boshchiligida yirik burjuaziyaning “Milliy birlik” hukumati tuzildi. Biroq Nizom da qanday davlat agressor davlat deyiladi, degan savolga aniq javob yo‘q. Bu esa har bir davlatga xalqaro nizom lar xarakterini o ‘zicha talqin etish imkonini beradi. M illatlar Ittifoqi o ‘zi faoliyat ko‘rsatgan 1946-yilgacha am alda biror m arta ham jazo choralarini qo‘llay olmadi. Bunga Ittifoqning amalda Buyuk Britaniya va Fransiya siyosatining quroliga aylanib qolganligi sabab bo‘ldi. (AQSH kongressi Versal shartnom asini tasdiqlamaganligi uchun Ittifoq a ’zoligidan chiqqan edi.) N izom da uning a ’zolari zim m asiga «barcha a ’zolarning hududiy yaxlitligini hurm at qilish va asrash» vazifasi ham yuklatilgan edi. Biroq amaldagi Ittifoqning hech bir a ’zosi bu vazifani bajarishga astoydil intilgan emas. M illatlar Ittifoqining Nizomida «M andat tizimi» deb atalgan xalqaro huquqning yangi bir normasi belgilab qo‘yildi. Unga k o ‘ra, M illatlar Ittifoqi m ustam laka bo‘lib kelgan yoki bo‘lib qolayotgan hududni boshqarish huquqini u yoki bu davlatga topshirishi m um kin edi. Bunday huquqni olgan davlat o ‘sha mustamlakani mustaqillikka tayyorlashi lozim edi. Aslida bu ayyorona tizim mustamlakalarni bo‘lib olish siyosatini niqoblovchi m ash’um vosita vazifasini o ‘tadi. Fransiyada, G erm aniyadan tashqari, urushda m ag‘lub b o ‘lgan boshqa davlatlar bilan ham alohida-alohida shartnom alar imzolandi. C hunonchi, Avstriya bilan bunday shartnom a 1919-yilning 10-sentabr kuni Parij yaqinidagi Sen-Jerm en saroyida imzolandi. Shartnom a sobiq Avstriya-Vengriya imperiyasi tugatilganligini e ’lon qildi. Avstriya hududi esa sezilarli darajada o ‘zgartirildi. Xususan, Janubiy Tirolning bir qismi Italiya ixtiyoriga o ‘tkazildi. Chexiya va Moraviya yangi tuzilgan Chexoslovakiya davlatiga qo‘shildi. Bukovina esa Ruminiyaga nasib etdi. Avstriya q o ‘shinlarining soni 30 ming kishidan oshmasligi belgilab qo‘yildi. Floti esa Antanta ixtiyoriga o ‘tkaziladigan b oidi. Bundan tashqari Avstriyaning G erm aniya bilan qo‘shilishi batam om taqiqlab qo‘yildi. 1919-yilning 27-oktabrida Parijga yaqin Neyi shahrida Bolgariya bilan shartnom a imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, Bolgariya hududining katta qismi Yugoslaviya, Gretsiya va Ruminiyaga o ‘tdi. Ayni paytda unga 2,5 mlrd oltin frank kontributsiya to iash majburiyati yuklandi. Bolgariya qurolli kuchlarining soni 20000 kishidan oshmasligi belgilandi. 1920-yiIning 4-iyulida Versal saroyining Trianon zalida Vengriya bilan shartnom a imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, Vengriya o ‘z hududining ancha qismidan m ahrum etildi. C hunonchi, Xorvatiya, Bachka va Banatning g‘arbiy qismi Yugoslaviyaga o ‘tdi. Ruminiyaga Transilvaniya va Banatning sharqiy qismi berildi. Chexoslovakiya ham esdan chiqarilmadi. Unga Slovakiya va Karpatorti Ukrainasi nasib etdi. Vengriyaga berilgan og‘ir zarbadan biri — bu uning dengizga chiqish im koniyatidan m ahrum etilganligi b o id i. Vengriya 30 ming kishidan ortiq qurolli kuchga ega b o ia olmas edi. Antanta davlatlari 1920-yilning 10-avgustida Fransiyaning Sevr shaharchasida Turkiya bilan shartnom a imzolashdi. Shartnomaga ko‘ra, Turkiyaga 1914-yilning I-avgustigacha qaram boigan hududlar to ‘rtdan uch qismga kamaydi. Turkiya hududi Kichik Osiyo va Istambul shahrini o ‘z ichiga olgan Yevropadagi ozgina joy bilan cheklab qo‘yildi. Istambul shahri poytaxt sifatida qoldirildi. Biroq g‘olib davlatlar, agar Turkiya Sevr shartnom asi talablarini bajarishdan bosh torta boshlasa, bu qarorni qayta ko‘rib chiqish huquqiga ega edilar. Qora dengiz bo‘g‘ozlarining barcha davlatlar savdo va harbiy kem alari uchun ochiq ekanligi belgilab q o ‘yildi. T urkiyani bo‘g‘ozlardan o ‘z harbiy kuchlarini olib chiqib ketishga majbur etishdi. Aslida bu shartlarbo‘g‘ozlar ustidan Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya nazorati o ‘rnatilishiga imkon berdi. Turkiya o ‘z flotini A ntanta ixtiyoriga topshirishi zarur edi. Bu ham yetm aganidek, Sevr shartnom asi g‘olib davlatlarga Turkiyaning moliyasi va butun iqtisodiyoti ustidan nazorat o ‘rnatish huquqini berdi. Turkiya armiyasining soni 50 ming kishidan oshmasligi belgilandi. Sevr shartnom asi Turkiyaga A ntanta davlatlarining yarim mustamlaka tartibini o ‘m atdi. Birinchi jahon urushi tugagandan keyin Yevropada xalqaro kuchlaming yangi nisbati belgilangan Versal tizimi shu tariqa shakllandi. Bu tizim Yevropa siyosiy xaritasini qayta qurish va dunyoni qayta b o iib olishni huquqiy jihatdan rasmiylashtirishning o ‘ziga xos shakli edi. Fransiya jahon urushida g ‘olib chiqqan davlatlardan biri edi. Biroq bu g‘oliblik Fransiya uchun juda katta yo‘qotish!ar evaziga q o ‘lga kiritildi. C hunonchi, urush tufayli 1,4 mln nafar fransiyalik halok b o ‘ldi, 750 mingi yarador, m ayib-m ajruh bo‘lib qoldi. Urush harakatlari oqibatida sanoati taraqqiy etgan viloyatlar vayronaga aylandi. 3 mln 250 ming gektar haydaladigan yer foydalanishga yaroqsiz b o ‘lib qoldi. Fransiya qarz beruvchi d av latd an q arzd o r davlatga aylandi. 1920-yilga kelganda Fransiyaning davlat qarzi 300 m lrd frankka yetdi. ( 0 ‘sha davrdagi hisoblarda AQSH dan 300 mlrd dollar, Buyuk Britaniyadan esa 650 mln funt sterling qarz b o id i.) Ayni paytda urush Fransiyani G ‘arbiy Yevropaning birinchi davlatiga ham aylantirdi. Elzas va Lotaringiyaning qaytarilishi, Saar viloyati ustidan Fransiya nazoratining o ‘matilishi mamlakatning bundan keyingi taraqqiyotida juda katta ijobiy rol o ‘ynadi. Yangi iqtisodiy hududlar Fransiya metallurgiya sanoati qudratini 75 foizga oshirdi. Bundan tashqari, Fransiya hukum ati vayron bo‘lgan xo‘jalikni tiklash masalasiga ham jiddiy e’tibor berdi. Bu maqsad uchun toMangan 100 mlrd markaga yaqin tovon sanoatni texnologiya jihatidan qayta qurish imkonini berdi. Bularning bari mamlakatni yanada industrlashtirish uchun qudratli omil b o lib xizmat qildi, oxir-oqibatda Fransiya agrar-industrial davlatdan industrial-agrar davlatga aylandi. Tem ir rudasi qazib chiqarish bo‘yicha Fransiya Yevropada birinchi o ‘ringa chiqdi. Qudratli banklar («Mirabo», Rotshildlar oilasi, aka-uka Lazarlar, Malle kabi) paydo b o ‘ldi. Sanoatning yetakchi tarm oqlarida «Reno», «Sitroyen», «Pejo», «Simka» kabi ulkan kompaniyalar tashkil topdi. Shu bilan barobar mamlakatdagi katta miqdordagi mayda korxonalar ham saqlanib qoldi. Ular barcha sanoat mahsulotining deyarli 50 foizini ishlab chiqardilar. Qishloq xo‘jaligida ham tub o ‘zgarishlar yuz berdi. Chunonchi, katta yer egaligi salmog‘i kuchaydi. Masalan, jami xo‘jaliklarning 3,3 foizini tashkil etgan 40 gektardan ortiq yerga egalik qiluvchi xo‘jaliklar q o lid a ekin maydonlarining 45,6 foizi to ‘plandi. Ular urushdan oldin atigi 2,6 foiz ekin maydoniga egalik qilardilar, xolos. Urush tufayli Fransiya mustamlakachi imperiyasi yanada kengaydi. Suriya va Livanda Fransiya nazorati o ‘rnatildi (U lar sobiq Turkiya imperiyasi mulklari edi). Shuningdek, Fransiya G erm aniyaning Afrikadagi m ustam - lakalari — Togoning bir qismi va Kamerunga ega bo‘ldi. Fransiya jamiyati ichki hayotida shovinizm kayfiyati nihoyatda kuchaydi. Vaqtli matbuot «Nemislar ham m a narsa uchun haq to ‘lashlari kerak» shiorini keng targ‘ib etdi va mamlakatdagi millatchi kuchlar Germ aniyani mumkin qadar kuchsizlantirishga urindilar. Ayni paytda Fransiya Sovet Rossiyasiga qarshi chet el imperiyasining eng faol tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi. Chunki Rossiyaga bergan qarzlari taqdiridan nihoyatda tashvishga tushib qolgan edi. Fransiya hukm ron doiralarining bosh maqsadi Fransiyani Yevropaning eng qudratli, Yevropa mamlakatlari orasida hal qiluvchi so‘zni aytuvchi davlatga aylantirish edi. 1919-yiI noyabr oyida urushdan keyin birinchi marta parlam entga saylov o ‘tkazildi. Saylovgacha o ‘ng partiyalar «Milliy blok» deb ataluvchi ittifoqqa birlashdi. Blokni o ‘ta o ‘ng partiyalar — «Milliy respublikachilik partiyasi», «Respublikachi-dem okratik partiya» — tuzgan edilar. Radikallar va R espublikachilar partiyalari ularga qo‘shilgan Versal shartnom asi Fransiyaga juda katta foyda keltirgan b o isa-d a , o 'ta o ‘ng k uchlarni u q an o atla n tirm as edi. S h u n in g uchun u lar V ersal sh artn o m asin i F ran siy a d ip lo m a tiy asin in g m uvaffaqiyatsizligi deb hisobladilar. Shu bois saylov oldidan o ‘ta o ‘ng partiyalar m am lakatda millatchilik g‘oyalarini zo‘r berib avj oldirdilar. Ayni paytda ular aholining m aiu m qismini «bolshevizm xavfi» bilan ham cho‘chitishga erishdilar. Bu omillar «Milliy blok»ning saylovda g‘alaba qozonishini ta ’minladi. Ular Millat Majlisidagi jam i o ‘rinlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini egallashga muvaffaq boidilar. Bu o'ng kuchlar g'alabasining rekord darajasi edi. «Milliy blok» hukumatini A. M ilyeran (1859— 1943) boshqardi. «Milliy blok»ning ichki siyosatdagi asosiy vazifasi m am lakatda inqilob ro'y berishiga y o i q o ‘ymaslik va ijtimoiy harakat to iq in in i pasaytirish edi. Shuning uchun ham u saylovchilarga ishchilarning darom adidan o ‘z ulushlarini olishlariga imkoniyat yaratish, ularga korxonalarni boshqarishda qatnashish huquqini berish kabi ch u q u r ijtim oiy islohotlarni am alga oshirishga va’da berdi. Biroq tez orada boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi bu va’dalarni bajarishga im kon berm adi. Aksincha, A. M ilyeran hukum ati, yirik kapital xohishi o ia ro q , 8 soatlik ish vaqti joriy etish to ‘g‘risidagi qonunni am alda joriy etishga to ‘sqinlik ham qildi. Soliqlar yukini kam aytirm adi. Ish haqi oshirilishi haqidagi talablarga qarshilik k o isatd i. Bunday siyosat m am lakatda kuchli ish tashlash harakati avj olishiga olib keldi. 1919-yilda bu harakatlarda 1,2 mln dan ortiq ishchi qatnashdi. 0 ‘ta o ‘ng partiyalar siyosatiga qarshi pozitsiyada turadigan yirik siyosiy kuch Fransiya sotsialistik partiyasi (FSP) edi. Biroq uning safida ham birlik yo‘q edi.


Yüklə 43,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə