A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


v) Muommalar va vazifalar



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə56/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

8. v) Muommalar va vazifalar



  • To‘lanadigan xarajatlarni rejalashtirish

Xo‘jalik yurituvchi subyekt kelgusi oy uchun pul mablag‘lari byudjetini tuzdi. Unda tovarlar zaxirasi bilan bog‘liq quyidagi ma’lumotlar mavjud:

Oy boshidagi zaxira


180 000

Oy davomida sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar tannarxi

900 000

Oy oxiriga qolishi mo‘ljallanayotgan zaxira

160 000

Oy boshlanguncha xarid qilingan tovarlar uchun shu oyda to‘lanadigan mablag‘lar

210 000

Hisobot oyida shu oyda xarid qilingan tovarlar uchun to‘lovlar

80 foiz



Talab qilinadi:
Xarid qilinayotgan tovarlar uchun shu hisobot oyida qancha mablag‘ to‘lanishi lozimligini toping.



    • Pul mablag‘lari byudjetining elementlari Quyidagi ma’lumotlar mavjud:


      1-variant


      2-variant


      Pul mablag‘larining boshlang‘ich qoldig‘i


      4 200

      3 700

      Tushimi kutilayotgan pul mablag‘lari


      98 000

      73 600

      Kutilayotgan to‘lovlar


      89 000

      80 800

      Oy oxiriga qolishi kutilayotgan qoldiq


      8 000

      9 500



Talab qilinadi:
Xo‘jalik yurituvchi subyekt qancha mablag‘ni qarzga olishi lozimligini yoki qarzlari va to‘lovlarni to‘lash uchun o‘z mablag‘i yetishi mumkinligini toping. Har ikkala variantni ham mustaqil ishlang.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt darvozalar ishlab chiqaradi. Kelgusi yil uchun sotuv hajmi bo‘yicha istiqbol reja quyidagicha, (donada):


Yanvar

50 000

iyul

40 000

Fevral

40 000

avgust

50 000

Mart

60 000

sentabr

60 000

Aprel

70 000

oktabr

70 000

May

60 000

noyabr

80 000

Iyun

50 000

dekabr

60 000


Kelgusi yil yanvar oyi uchun sotuv hajmining istiqbol rejasi – 60 000 dona eshik. Shu yil yanvar oyi boshiga bo‘lgan qoldiq – 15 000 dona. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tovar (eshik) zaxirasi bo‘yicha quyidagi tamoyilga amal qiladi: minimal zaxira miqdori 15 000 donadan kam bo‘lmasligi va maksimal miqdori – kelgusi oyda sotilishi rejalashtirilgan miqdorning yarmisiga teng bo‘lishi lozim. Maksimal ishlab chiqarish quvvati – bir oyga 65 000 dona eshik.

Talab qilinadi:
  1. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib kelgusi yil uchun, har oydagisini alohida ko‘rsatgan holda, ishlab chiqarish byudjetini tuzing.


  2. Kelgusi yilning 31-dekabr kuniga qoladigan oxirgi qoldiq miqdori qanchaga teng bo‘ladi?




4. Materiallar xaridi byudjeti
Xo‘jalik yurituvchi subyekt yog‘och eshiklar ishlab chiqaradi. Kelgusi yil uchun sotuv hajmi bo‘yicha dastlabki besh oylik istiqbol reja quyidagicha (donada):

Iyun

50 000

Yanvar

10 800

Fevral

15 600

Mart

12 200

Aprel

10 400

May

9 800


Har oyning oxiridagi tayyor mahsulot qoldig‘i, kelgusi oyda sotilishi belgilangan miqdorning 25 foiz hajmida bo‘lishi lozim. Yanvar oyining dastlabki kunida ombordagi shu mahsulot qoldig‘i 2 700 dona bo‘lgan. Oy oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish qolmaydi. Bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun ikki xildagi materiallardan quyidagicha miqdorda kerak bo‘ladi:

«A» materialidan


4 dona

«V» materialidan

5 dona


Har oyning oxiridagi materiallar qoldig‘i, kelgusi oyda ishlatilishi belgilangan miqdorning yarmisi hajmida bo‘lishi lozim.

Talab qilinadi:
Kelgusi yilning I-kvartalidagi har bir oy uchun xarid qilinishi lozim bo‘lgan materiallar miqdorini toping – materiallar xaridi byudjetini tuzing.


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə