A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə57/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

8. g) Vaziyatli masalalar

«Avto-motor» xo‘jalik yurituvchi subyekti yuqori malakali mutaxassislar mehnatiga tayanib va maxsus quyilgan po‘latlardan yengil avtomashinalarga ehtiyot qismlari ishlab chiqaradi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati kelgusi yil uchun bosh (asosiy) byudjetni ishlab chiqishga kirishdi. Uni tuzish jarayoni bo‘yicha quyidagi mulohazalar mavjud:


  1. Tugallanmagan ishlab chiqarish zaxirasi juda kam va shunga muvofiq uni e’tiborga olmaslik mumkin;


  2. Materiallar va tayyor mahsulotlarga bo‘lgan baho o‘zgarmaydi;


  3. Barcha umum ishlab chiqarish xarajatlari bitta bazaga, ya’ni to‘g‘ri mehnat sarfi soati miqdoriga muvofiq hisoblanadi.



    Materiallar va mehnat sarfi:



    miqdori

    bahosi (pul birligida)

    Po‘lat 111


    kg

    7

    Po‘lat 112


    kg

    10

    Mehnat xarajati


    soat

    20


Umum ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘ri mehnat sarfi soati miqdoriga muvofiq taqsimlanadi.

Bir dona tayyor mahsulotga




Mahsulotlar


«A» mahsuloti (oddiy rejimga mo‘ljallangan ehtiyot


qism)

«Z» mahsuloti (yuqori quvvatga mo‘ljallangan ehtiyot


qism)

Po‘lat 111


12 kg

12 kg

Po‘lat 112


6 kg

8 kg

Mehnat sarfi


4 soat

6 soat




Mahsulotlar


«A» mahsuloti


«Z» mahsuloti


Sotish hajmi, donada


5 000

1 000

Bir donasining sotish bahosi


600

800

Kutilayotgan oxirgi qoldiq, donada


1 100

50

Boshlang‘ich qoldiq, donada


100

50

Boshlang‘ich qoldiq, so‘mda


38 400

2 200

    Materiallar zaxirasi:



    Materiallar




    Po‘lat 111


    Po‘lat 112

    Boshlang‘ich zaxira, kg


    7 000

    6 000

    Rejalashtirilgan oxirgi qoldiq, kg


    8 000

    2 000


Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari ko‘zda tutilayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun quyidagi xarajatlar sodir etiladi deb hisob-kitob qilishayapti:

Umum ishlab chiqarish xarajatlari




Pul birligida


Yordamchi materiallar

90 000



Bilvosita mehnat sarflari

200 000



Mehnat ta’tillari to‘lovlari

320 000



Energiya xarajatlari, o‘zgaruvchan qismi

90 000



Joriy ta’mirlash xarajati, o‘zgaruvchan qismi

70 000



Amortizatsiya

230 000



Mulk solig‘i

50 000



Mulkni sug‘urtalash xarajatlari

10 000



Nazorat chiqimlari

100 000



Energiya xarajatlari, doimiy qismi

20 000



Joriy ta’mirlash xarajati, doimiy qismi

20 000

jami

1 200 000


Marketing va ma’muriy boshqaruv xarajatlari






Komission xarajatlar

200 000



Reklama xarajatlari

60 000



Sotuv bo‘limi ishchilari ish haqi

100 000



Xizmat safari xarajatlari

90 000



Metall kesuvchilarning ish haqi

100 000



YOrdamchi materiallar

12 000



Boshqaruvchilarning ish haqi

260 000



Boshqa xarajatlar

48 000

Jami:

870 000



Talab qilinadi:
Kelgusi yil uchun operativ byudjetni tuzing. Buning uchun quyidagi byudjetlarni tuzish lozim:

    • Sotuv byudjeti.


    • Ishlab chiqarish byudjeti (donada).


    • Materiallarni ishlatish byudjeti.


    • Mehnat sarfi byudjeti.


    • Umum ishlab chiqarish xarajatlari byudjeti.


    • Davr oxiriga bo‘ladigan qoldiqlar byudjeti.


    • Sotiladigan mahsulotlar tannarxi byudjeti.


    • Marketing va ma’muriy boshqaruv xarajatlari byudjeti.


    • Foyda va zararlar to‘g‘risidagi byudjet hisoboti.



    5-BOB. BOSHQARUV HISOBIDA



BAHO SIYOSATI VA TRANSFERT BAHONI SHAKLLANTIRISH



      • §. Makroiqtisod nuqtayi nazaridan baholarni belgilash konsepsiyasi.


      • §. Baho siyosatida transfert bahoning tutgan o‘rni va mazmuni.

Transfert bahoni aniqlash tartibi va tamoyillari.




      • §. Maqsadga muvofiq holda ustamalar foizini aniqlash.


      • §. Baholar bo‘yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillar.


      • §. Bahoni belgilash usullari.

6. a) Test savollari.


b) Muammolar va vazifalar.
v) Vaziyatli masalalar.

    Mavzuning maqsadi


Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ishlab chiqarayotgan mahsuloti (bajarayotgan ishi, ko‘rsatayotgan xizmati)ga baho belgilashning juda ko‘plab yondashuvlari va usullari mavjud. Bir qarashda ana shu yondashuvlarning yoki usullarning qaysi biri eng samarali, ya’ni optimal ekanligini aniqlash juda qiyin. Umuman olganda turli xil yondashuvlar va usullar turli xil maqsadlarni ko‘zlab qo‘llanladi. Shuning uchun ham rahbarlar bozorga taklif qilayotgan mahsulotlariga bahoni belgilashlarida bozorning yozilgan-yozilmagan tartib-qoidalarini chuqur o‘rganishlari, shu borada yillar mobaynida to‘plangan tajribalarni tahlil qilishlari, tovar bahosi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotlarni albatta e’tiborga olishlari, shuningdek albatta, bozordagi shu mahsulotga bo‘lgan talab va taklifni chuqur tahlil qilishlari kerak bo‘ladi. Chunki, faqat xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarigina mahsulotga bahoni belgilash bo‘yicha oxirgi va muhim qarorni qabul qilish vakolatiga ega.

Ana shu fikr-mulohazalardan kelib chiqib, ushbu mavzu doirasida makroiqtisod nuqtayi nazaridan baholarni belgilash nazariyasi mohiyati atroflicha yoritiladi, baholarni belgilashga ta’sir qiladigan ichki va tashqi omillarga e’tibor qaratiladi, xo‘jalik yurituvchi subyekt segmentlari orasida transfert bahoni shakllantirishga yondashuvlar mohiyati ochib beriladi, baholarni belgilash usullari va bu bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish metodlari beriladi.



    1-§. Makroiqtisod nuqtayi nazaridan baholarni belgilash konsepsiyasi


Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashda foydalaniladigan ma’lumotlarning aksariyati buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bazasiga to‘g‘ri keladi. Bu baholarni belgilash jarayonida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining naqadar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.

Buxgalteriya hisobi ana shu borada, eng avvalo, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligi tannarxi to‘g‘risida ma’lumot beradi, uning xarajatlari tarkibi qanchaligini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich – e’tirof etish joizki, baholarni belgilashda eng asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.


Tannarx, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgandan so‘ng, xo‘jalik yurituvchi subyekt rentabelligi nuqtayi nazaridan kelib chiqib, mahsulotga (ishga, xizmatga) baho belgilash imkoniyati vujudga keladi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga nazariy jihatdan har tomonlama asoslangan baho belgilashni iqtisodiy nazariya fani o‘rgatadi. Iqtisodiy nazariya fani baholarni belgilashga ta’sir qiladigan barcha ichki va tashqi omillarni, ichki va tashqi bozor unsurlarini, xuddi shunday mahsulot ishlab chiqaruvchilarning mintaqaviy holatlarini, raqobatni, bozordagi talab va taklif muvozanatini, bozorning aynan shu tovarga nisbatan to‘yinganlik darajasini, xo‘jalik yurituvchi subyektning bozordagi mavqei va shu kabi
muhim omillarni hisobga olib, ular ta’sirida eng optimal tarzda baholarni belgilashni har tomonlama o‘rgatadi. Shuningdek, bu fan baholarni belgilashning optimal variantini topish uchun turli xil uslublar va iqtisodiy-matematik modellardan foydalanish mexanizmlarini yoritib beradi.


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə