A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə73/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Birlamchi ma’lumotlarni



hududiy segmentlar bo‘yicha taqdim etish hisoboti (ming pul birligida)



T.r.


Ko‘rsatkichlar


Segmentlar joylashgan hududlar


Taqsim- lanmagan


Jami


O‘zbekis- ton


Belorussiya


Ukraina

1

Sotishdan tushgan













tushum shundan:


4300

3560

3830

-

11 690



-tashqi mijozlardan


4300

3560

3830

-

11 690



- boshqa segmentlardan


-

-

-

-

-

2

Xarajatlar


3332

2807

3161

-

9300

3

Moliyaviy natija


968

753

669

-

2390

4

Majburiyatlar


60

170

310

730

1270

5

Aktivlari hajmi


400

620

850

210

2080

6

Harid qilingan


aktivlarning balans qiymati:












-asosiy vositalar


-nomoddiy aktivlar

-
10


50
-


-
-


-
-


50
10


7

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya

3

2

1

-

6

8

Holdingning ma’muriy-boshqaruv xarajatlari


-

-

-

-

1489

9

Holdingning asosiy faoliyatdan olingan daromadi


-

-

-

-

901

10

Favqulodda foyda


-

-

-

-

-

11

Daromad solig‘i


-

-

-

-

216

12

Sof foyda


-

-

-

-

685


  1. tashqi xaridorlarga sotuvdan tushgan tushum miqdori;


  2. aktivlarining balans qiymati;


  3. asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarga sarflangan kapital quyilmalar miqdori.


Jahon amaliyotida tashqi foydalanuvchilar uchun segmentar hisobotni tuzishni tartibga soladigan muhim va asosiy hujjat, bu moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlardagi 14-sonli “Segmentar hisobot”dir. Ana shu standart asosida bozor munosabatlari rivojlangan barcha mamlakatlarda segmentlar bo‘yicha hisobot tuziladi. Mamlakatimizda ham buxgalteriya hisobi amaliyoti xalqaro andozalarga muvofiq tashkil qilib borilmoqda. MHXSning 14-sonli standarti tamoyillari asosida tuzilgan segmentar hisobot turli geografik hududlarda mahsulot ishlab chiqaradigan, ishlar bajaradigan va xizmatlar ko‘rsatadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati to‘g‘risida barcha tashqi foydalanuvchilar uchun kerak bo‘ladigan moliyaviy hisobotlarni taqdim eta oladi va u xo‘jalik yurituvchi subyektlar:


    • va uning segmentlari ko‘rsatkichlarini yaxshi tushinib olish, shuningdek oldingi davrlari ko‘rsatkichlari bilan solishtirish;


    • segmentlar foydasini, shuningdek risklarini baholash;


    • to‘liq va uning har bir segmentlari bo‘yicha har tomonlama asoslangan tarzdagi alohida qarorlar chiqarishi imkoniyatini yaratadi.


Segmentar hisobotni shakllantirishda quyidagi qoidalar e’tiborga olinishi kerak:


  1. hisobotning qaysi tamoyil asosida shakllantirilishi aniq belgilanishi lozim, ya’ni uning asosiga mas’uliyat markazlaridan qaysi biri tanlanishi (ishlab chiqarish, xarajat, foyda, investitsiya va sh.k.);


  2. mahsulotni sotish, ishni bajarish va xizmatni ko‘rsatishdan tushadigan tushumdagi har bir segment ulushini aniq belgilab berishi;


  3. har bir segment bo‘yicha daromad miqdorini aniq va o‘z vaqtida belgilash imkoni mavjud bo‘lishi;


  4. segmentlar o‘zaro tovar (ish, xizmat) ayriboshlashadigan bo‘lishsa, transfert baholardan emas balki joriy sharoitdagi bozor baholari asosida hisob-kitoblarni amalga oshirishi.


Segmentar hisobotni tuzish quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:


  1. aniq manzilli, ishonchli, tushunarli, muhimlik kabi xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi hamda asosan xarajatlar, daromadlar, mahsulot sotish hajmini hisobga olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim;


  2. tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik xususiyatlariga ega bo‘lishi hamda menejerning rejalari, psixologiyasi va usulini nazarda tutishi kerak;


  3. ahamiyatli, haqqoniy, xolis taqdim etilgan bo‘lishi, izchil va tugallangan bo‘lib, javobgarlik markazi ishini yanada yaxshilashga yo‘naltirilishi lozim;


  4. uning shakllari va registrlarining tez-tez o‘zgartirilishi maqsadga muvofiq emas, chunki bu holat ularning samaradorligini pasaytiradi;


  5. rahbar va menejerlarga minimal hajmdagi hamda murakkab hisob-kitoblarsiz, tizimlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim;


  6. hisobotning bosh maqsadi korxona jamoasini jipslashtirish, ularning salohiyatlarini korxona investitsiya loyihalari va biznes-rejasini amalga oshirishga yo‘naltirishi lozim;


  7. xo‘jalik yurituvchi subyekt hisob siyosatiga muvofiq kelishi bilan birga moliyaviy hisobning xalqaro standartlari, hisob va hisobotning


milliy standartlari, davlatimiz tomonidan qabul qilingan me’yoriy- huquqiy manbaga ham asoslanish lozim.



  1. §. Ichki segmentar hisobotni tuzish qoidalari va tamoyillari


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobi ma’lumotlarini qayta ishlash natijasida ichki segmentar hisoboti tuziladi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti shakllangan mamlakatlarda ichki segmentar hisobotni tuzish bo‘yicha bir qator ijobiy tajribalar shakllangan. Ular asosida quyidigi xulosalarni shakllantirish mumkin:
  1. Ichki segmentar hisobot aniq va manzilli bo‘lishi kerak. Agar unda quyidagilar bartaraf etilmagan bo‘lsa, u kerakli natijalarni bermaydi:


  2. eng avvalo xarajatlar va daromad markazlarini boshqaruvchi rahbarlar talabini qondiradigan emas, balki realizatsiya hajmini belgilash, xarajatlarni hisobga olish kabi umumiy ma’lumotlarni shakllantirish bilangina cheklanib qolgan bo‘lsa;


  3. har bir menejer talabi doirasidagi ma’lumotlarni emas, balki xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy, ya’ni bosh rahbari manfaatini qondiradigan ma’lumotlarni shakllantirish bilangina cheklangan bo‘lsa;


  4. aniq, ixcham va keng qamrovli emas, balki juda ko‘p ma’lumotlaru, lekin asosiy masaddan cheklantiradigan juda ko‘p “kerakmas” axborotlarni berishga moslashgan bo‘lsa.


  5. Samarali va tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma’lumot tezkor va foydali bo‘lishi kerak. Tayyorlanayotgan ma’lumotlar eng avvalo har bir menejer psixologiyasini e’tiborga olgan holda alohida tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir. Aniqrog‘i, hisobotni shakllantirayotgan mutaxassis ana shu menejer qaysi xildagi ma’lumotlarni xush ko‘rishini (yozmami, grafiklimi, jadvallimi va sh.k.), ish stili qanaqaligini, nimani xohlayotganligini sezishi va ma’lumotni ana shu tarzda tayyorlab berishi katta muvaffaqiyatlar garovidir.


  6. O‘tgan davrlarga xos bo‘lgan turli xil ma’lumot va ko‘rsatkichlarni tahlil qilish bilan ovora bo‘lib qolmasdan, asosiy


e’tiborni ana shu segment, ya’ni mas’uliyat markazi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqarishga qaratish kerak.


  1. Segmentar hisobot shakllari tez-tez o‘zgaradigan bo‘lsa, u kerakli samarani bermaydi, shunga muvofiq imkon qadar uning shakllari uzoq vaqt o‘zgarmasligiga erishish lozim.


  2. Hisobotlar eng assosiy ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni qamrab olishi kerak, ortiqcha hisob-kitoblar va turli xil formulalar menejerlarni asosiy maqsaddan chalg‘itishdan boshqaga yaramaydi.


  3. Ma’lumotlarni faqat yozma hisobotlar shaklida berishdan tashqari, hisob-kitoblarni amalga oshirgan buxgalter menejerlar bilan bevosita og‘zaki muloqotlar ham qilishlari, maqsadga muvofiqdir.


Ichki segmentar hisobot shakllari, ularni taqdim etish davrlari, mazmuni kabi masalalar har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda uning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib rahbarlari tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi.


Shu bilan birgalikda ichki segmentar hisobot shakllariga qo‘yiladigan, ya’ni ularni tuzishda amal qilinishi kerak bo‘lgan umumiy tamoyillar ham mavjud. Xususan:
  1. mas’uliyat markazlari faoliyatini nazorat qilish imkoniyati yaratilishi tamoyili;


  2. chetlanishlarni boshqarish tamoyili;


ma’lumotlarning tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik tamoyili va sh.k.


Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqiladigan bo‘lsa, ichki foydalanuvchilar uchun tuziladigan segmentar hisobot qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak va uning ma’lumotlaridan samarali hamda tezkor foydalanish uchun qanday yondashish kerak degan savolning qo‘yilishi tabiiydir.
Har qanda segmentar hisobot eng avvalo rejalashtirilgan yoki me’yorlashtirilgan ko‘rsatkichlarning haqiqatda chetlanishi (og‘ishini) aks ettirishi kerak. Boshqaruv hisobida bunday yondashuvni chetlanishlarni (og‘ishlarni) boshqarish deb, e’tirof etiladi. Chetlanishlarni boshqarish:
  1. foydaning o‘sishi, zarar vujudga kelayotganligi yoki vujudga kelgan chiqimlar miqdorini tezkor tartibda aniqlash imkonini yaratadi. Uning sabablari turli xil bo‘lishi mumkin, masalan ishlab chiqarish sharoitining o‘zgarishi, ishlab chiqarish quvvatining cheklanganligi,


xarajatlarning ayrim turlari bo‘yicha xarid baholarining oshib ketishi, ishlab chiqarilgan mahsulotga baholarni belgilash siyosatining o‘zgarishi, omborda tayyor mahsulotlar zaxirasining to‘planib qolishi, texnologik sababalar va h.k.;


  1. vujudga kelgan chetlanishlarning sabablarini aniqlash va ularni imkon qadar tezkor tartibda bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash mumkin bo‘ladi.


Boshqaruv hisobini samarali tashkil qilish maqsadida hamisha e’tibor qilish kerakki – barcha xarajatlar va harakatlar kim tomonidandir nazorat qilinishini ta’minlash mumkin. Masalan, menejer umumxo‘jalik xarajatlari bo‘yicha nazoratni o‘z zimmasiga olib, o‘z navbatida quyi bo‘limlardagi bo‘lim boshliqlarining faoliyatini kuzatishi, bo‘lim boshliqlari esa keyingi pog‘ona mas’ullari faoliyatini boshqarishi va shunga munosib tarzda nazoratga olishi mumkin.


Tarkibiy tuzilma maqomiga ega ikkita filiali hamda Toshkent shahrida bo‘limiga ega bo‘lgan “Rohat” muzqaymoq fabrikasining faoliyatini ko‘rib chiqamiz. Fabrikaning 1-filiali Xiva shahrida, 2-filiali esa Namangan shahrida joylashgan.
Bu segmentlarning har birining daromad va xarajatlari alohida hisobga olinadi, shunga muvofiq ularning har biriga mustaqil foyda markazi sifatida qaraladi. Bundan tashqari fabrika faoliyatini alohida ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari bo‘yicha hisobga olsa ham bo‘ladi. Chunki, har bir mahsulot turi bo‘yicha mustaqil tarzdagi ishlab chiqarish xarajatlari byudjeti tuzilgan, shunga muvofiq moliyaviy natijalarini hisoblash imkoniga ega. Odatda, har bir mas’uliyat markazining fabrika rahbari tomnidan tayinlangan rahbarlari bor.
Xarajatlar smetasi yil boshida hisoblab, tayyorlangan. Smetada xarajatlar ikki guruhga – shartli-doimiy hamda shartli-o‘zgaruvchanlarga bo‘lingan. Shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar tarkibida ishchilarning mehnat haqi xarajatlari hamda xomashyo va materiallar hisobga olingan.
Shartli-doimiy xarajatlar tarkibida esa – marketing, ma’muriy, tijorat hamda boshqa xarajatlar hisobga olingan. Bu xarajatlar har bir tarkibiy tuzulma bo‘yicha umumiy tarzda hisobga olinadi, keyin esa mahsulot turlari bo‘yicha ularning ishlab chiqarishdagi ulushiga mos tarzda taqsimot qilinadi.
Quyidagi 5-jadvalda “Rohat” muzqaymoq fabrikasining bir yillik sotuv hajmi byudjeti keltirilgan.


    • jadval

    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə