A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


rasm. Boshqaruv jarayonida qarorlarni qabul qilish bosqichlari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə8/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

rasm. Boshqaruv jarayonida qarorlarni qabul qilish bosqichlari

“Mening o‘zim hammasini bilaman” tamoyili bo‘yicha ishlaydigan rahbarlarning eng katta xatosi ham shundadir. Samarali boshqaruv qarorini qabul qilish uchun bir kishining bilim va tajribasi odatda kamlik

qiladi, zamonaviy rahbar boshqaruv qarorlarini qabul qilishning zamonaviy texnologiyalarini puxta egallagan bo‘lishi lozim.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish sohasidagi zamonaviy fan sifat nuqtayi-nazaridan yangi bosqichga ko‘tarildi. Uning asosida zamonaviy tashkilotlarga xos bo‘lgan murakkab boshqaruv masalalarini yechishga imkon beradigan samarali boshqaruv texnologiyalari ishlab chiqildi.
Bugungi kunda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda hisobga olinadigan axborotlar hajmining keskin ko‘payishi, katta hajmdagi sonli va sifatli axborotlar ustida jarayonlarni amalga oshira oladigan va qayta ishlaydigan imkoniyatlarga ega bo‘lgan zamonaviy hisoblash texnikalarining paydo bo‘lishi muhim rol o‘ynadi.
Qarorlarni qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlaydigan zamonaviy kompyuter tizimlari, ekspert tizimlari, qarorlar qabul qilish jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan va qarorlar qabul qilishga tayyorgarlik doirasida katta hajmdagi iqtisodiy, matematik, mantiqiy va boshqa turdagi hisob-kitoblarni amalga oshirishga, murakkab vaziyatlarda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon beradigan ekspert baholashining avtomatlashgan tizimi yaratildi.
Qarorlarni tayyorlash jarayonida har xil yo‘nalishdagi turli-tuman boshqaruv masalalarini yechish zaruriyati qarorlar qabul qilish nazariyasi oldiga yangi masalalarni, xususan iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotgan hozirgi kunda zamonaviy iqtisodiyotni boshqarish bo‘yicha muammolarni qo‘ymoqda.
Hozirgi kunda boshqaruv qarorlarini qabul qilishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosiy professional qobiliyatlaridan biri samarali boshqaruv qarorlarini qabul qila olish hisoblangan rahbar uchun hayotiy zaruratdir. Barcha sharoitlari teng bo‘lgan qattiq raqobat kurashi sharoitida boshqaruv qarorlarini qabul qilishda zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlar muvaffaqiyatlarga erishmoqda, raqobat kurashida yengib chiqmoqda va barqaror rivojlanmoqda.


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə