A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə150/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Cost of goods sold – sotilgan mahsulot tannarxi. Savdo korxonasi uchun hisobot davrida sotilgan mahsulotlar uchun to‘langan mablag‘ni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish korxonasi uchun hisobot davrida sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini o‘z ichiga oladi. Korxona moliyaviy natijalarini aks ettiruvchi hisobotning asosiy moddalaridan biri.


Cost summary shedule – to‘liq tannarxning hisobi. Davr mobaynida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot birligi va tugallanmagan ishlab chiqarish uchun shu davrda yig‘ilgan va sarflangan barcha ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash maqsadida tannarxni kalkulatsiya qilish tizimi.
Cost-volume-profit (C-V-P) analysis – “xarajatlar – ishlab chiqarish hajmi – foyda” o‘rtasidagi munosabatlar tahlili. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga eng muhim prinsipial yondoshuv hisoblanadi. Bu – daromad, ya’ni sotuv hajmi va rejalashtirilgan sof foydani barcha operativ ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqlik asosida tahlil qilishdir. Ana shu
ko‘rsatilgan uchta ko‘rsatkichdan ikkitasi aniq bo‘lganda, uchinchisini aniqlashda ishlatiladi.


Current assets – joriy (aylanma) aktivlar. Aylanma mablag‘lar. Pul mablag‘lari yoki yetarli darajada aniq pul miqdoriga almashtiriladigan yoki sotiladigan, yoki bir yil davomidagi normal operatsion siklda ishlatilgan aktivlar. Bularga – kassa, hisob-kitob raqami va boshqa schetlardagi pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy mablag‘lar, debitor qarzdorlik, tovar-material zaxiralari, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelajakdagi davr xarajatlarining barcha pul miqdorlari va ekvivalentlari kiradi.


Current liabilities - joriy (qisqa muddatli) majburiyatlar. Bir yil davomida to‘lanishi kerak bo‘lgan yoki korxonaning normal operatsion sikldagi qisqa muddatli majburiyatlari. Odatda kundalik aktivlardan yoki yangi paydo bo‘lganidan kundalik majburiyatlar to‘lanadi. Bularga - olingan xomashyo va materiallar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ miqdori, qisqa muddatli ssudalar, qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari, qisqa muddatli barcha kreditor qarzdorlik, ishchilarning ish haqini to‘lash, soliq tizimidagi tegishli tashkilotlar, dividendlar bo‘yicha aksiyadorlarga dividendlarni to‘lash va shu kabilar kiradi.


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə