A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə152/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Decision variables – qaror qabul qilishning o‘zgaruvchan modeli. Boshqaruv qarori qabul qilinayotgan obyektga bevosita ta’sir etuvchi omillar.


Differencial costs – differensial xarajatlar. Ikki alternativ xarajatlar orasidagi farq. YAna bir nomi – o‘sib boradigan xarajatlar yoki sof relevant xarajatlar.


Direct costs – bevosita xarajatlar. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot, shuningdek ko‘rsatilayotgan xizmat yoki bajarilayotgan ish tannarxiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘naltirilgan xarajatlar tushuniladi. Boshqaruv hisobini yuritishda qulay va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asosli ma’lumotlar olish uchun “o‘zgaruvchan xarajatlar” deb ishlatiladi. Bevosita xarajatlarga, masalan, mahsulot ishlab chiqarishga sarflanayotgan asosiy materiallar, ishlab chiqarishdagi ishchilarning ish haqi va shu kabilar kiradi.


Direct costing – Variable Costingga qarang.


Direct labor costs – bevosita mehnat xarajatlari. Mahsulot ishlab chiqarishga ketgan barcha bevosita xarajatlar. Bevosita mehnat xarajatlariga asosan ishlab chiqarishdagi ishchilarning ish haqi kiradi. Bu xarajatlar odam-soat, shuningdek qiymatning boshqa ko‘rinishida ham ifodalanishi va hisobga olinishi mumkin.


Direct labor efficiency variance – unumdorlik bo‘yicha bevosita mehnat xarajatlaridan chetlanish. Ishlab chiqarishdagi mehnat xarajatlari bo‘yicha vujudga kelgan umumiy chetlanishda mehnat samaradorligi o‘zgarishi hissasini ko‘rsatadi. Ana shu chetlanish - haqiqatda sarflangan soatlar va normativ soatlarning farqini bevosita mehnat haqini to‘lash stavkasiga qo‘paytirish ko‘rinishida hisoblanadi. “Standart-Kost”
tizimi orqali xarajatlarni hisobga olish va chetlanishlarni tahlil qilishda ishlatiladi.


Direct labor rate standart – bevosita mehnat xarajatlarini to‘lashning normativ stavkasi. Kelgusi hisobot davrida bajarilishi rejalashtirilgan muayyan operatsiya yoki ishning taxminiy bir soatlik haq miqdori.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə