A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Generally accepted accounting principles (GAAP)



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə160/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Generally accepted accounting principles (GAAP) – umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi tamoyillari. Vaqtning mazkur paytida buxgalteriya (moliyaviy) hisobining qabul qilingan amaliyotini belgilovchi umumiy kelishuvlar, qoidalar va ishlar. Ushbu atama dastavval AQSH amaliyotidan kelib chiqqan, hozirgi paytda ushbu atama orqali ba’zi mamlakatlardagi hisobga olish milliy standartlari tushuniladi. Angliyada ular SSAP (Statements of standards accounting practice) deb yuritiladi.


Going concern (continuity assumption) – davom etayotgan faoliyat/ ishlayotgan korxona konsepsiyasi (uzluksizlik taxmini). Teskarisi ma’lum bo‘lmaguncha, korxona cheksiz muddat faoliyat ko‘rsatadi, degan tushunchani anglatuvchi buxgalteriya hisobining asosiy konsepsiyalaridan biri, ya’ni korxonani tugatish yoki ishlar hajmini katta qisqartirish istagi yoki zarurati tug‘ilmaguncha korxona faoliyatini uzluksiz davom ettirishi. Korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlash uchun asosiy uslubiy imkoniyatdir.


Goods available for sale – sotishga yaroqli tovarlar. Mavjud tovarlar. Savdo korxonasida xaridorlarga sotilishi mumkin bo‘lgan tovar zaxiralarining umumiy miqdori. Hisobot davri boshiga bo‘lgan boshlang‘ich zaxiralar va shu hisobot davrida xarid qilingan tovarlarning sof xaridlari yig‘indisi (begining inventory Q net purchases) bilan belgilanadi.


Goods flow – tovarlar harakati (oqimi). Korxona faoliyati natijasida tovarlar zaxiralarining haqiqiy harakati. Buxgalteriya hisobi amaliyotida zaxiralar narxi harakati haqida turli taxminlar qilinadi va ular, odatda, ularning haqiqiy harakatiga mos kelmaydi.
Gross income – yalpi foyda. Barcha manbalardan, ya’ni asosiy faoliyat bo‘yicha sotishdan, shaxsiy aktivlarlarning sotilishidan olingan yalpi foyda hamda ba’zi istisnolarni hisobga olgan holda, asosiy sotish faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat yo‘nalishi olingan daromadlar.


Gross margin from sales – sotishdan olingan yalpi foyda. Sotishdan tushgan sof tushum va ana shu sotilgan mahsulotlarning tannarxi o‘rtasidagi farq bo‘lib, ishlab chiqarish korxonasida - sotilgan mahsulotni tayyorlash uchun sarflangan barcha ishlab chiqarish xarajatlari, savdo korxonasida – sotilgan tovarlarning sotib olinish narxi tushuniladi. Sotishdan tushgan sof tushum, sotilgan mahsulotlardan tushgan yalpi tushumdan qaytarilgan mahsulotlar miqdori, shuningdek sotilgan tovarlarning arzonlashtirilgan miqdori hamda mahsulotlar summasini muddatidan avval to‘langanligi uchun sotish narxidan tushib berilgan chegirmalar miqdorlarini ayirgan miqdoriga teng.


Gross sales – sotishdan olingan yalpi tushum. Hisobot davrida sotishdan (shu jumladan kreditga sotishdan) olingan yalpi tushum. Sotishdan olingan sof tushumni hisoblash uchun, sotilgan mahsulotlardan tushgan yalpi tushumdan qaytarilgan mahsulotlar miqdori, shuningdek sotilgan tovarlarning arzonlashtirilgan miqdori hamda mahsulotlar summasini muddatidan avval to‘langanligi uchun sotish narxidan tushib berilgan chegirmalar miqdorlari ayirib tashlanadi.


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə