A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə159/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Full disclosure – to‘liqlik (imkon qadar ochiqlik). Moliyaviy hisobotlar va ularga ilova qilingan tushuntirishlar va izohlarning
moliyaviy hisobot foydalanuvchilari uchun korxonadagi ishlarning haqiqiy holatini to‘liq tushunishlari imkonini beradigan darajada barcha axborotni o‘z ichiga olishini talab etuvchi buxgalteriya hisobining asosiy konsepsiyalaridan biri.

    G



General and administrative expense budget – umumiy va ma’muriy–boshqaruv xarajatlari byudjeti. Ishlab chiqarish va tijorat xarajatlaridan farqli o‘laroq, kelasi davrda umuman korxonaning faoliyatini amalga oshirish uchun barcha zaruriy ish xarajatlarining detallashtirilgan rejasi.


General journal – bosh jurnal. Barcha xo‘jalik jarayonlari sanasini, shunga muvofiq ularni hisobga oluvchi buxgalteriya schetlari raqamlarini va nomlarini hamda ularga qisqa izohlarni ko‘rsatgan holda, xronologik tartibda yozib qo‘yiladigan jurnallarning eng oddiy va egiluvchan turi. Barcha xo‘jalik jarayonlari eng avvalo, birinchi navbatda, jurnalda qayd etiladi, so‘ngra, ular bosh kitobdagi tegishli buxgalteriya schetlariga ko‘chiriladi. Mamlakatimiz iqtisodining turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan korxonalardagi ana shu bosh jurnalni yuritish amaliyoti Rossiya amaliyotidagi xo‘jalik jarayonlarini qayd qiluvchi jurnalga mos keladi. Korxonalar amaliyotida bu jurnaldan tashqari maxsus jurnallar, masalan, savdo jurnali, xaridlar jurnali, pul mablag‘lari jurnali va sh.o‘. qo‘llaniladi.


General ledger – bosh kitob (bosh registr). Korxonada qabul qilingan buxgalteriya hisobi schetlari rejasiga muvofiq joylashgan barcha yoki bir guruh buxgalteriya schetlarini o‘z ichiga olgan kitob yoki fayl. Unda jurnallardan bosh kitobdagi buxgalteriya schetlariga yozuvlarni ko‘chirish orqali xo‘jalik jarayonlarini ikkilamchi (tizimli)
qayd etish amalga oshiriladi (bu jarayon posting deb yuritiladi); shuningdek, Nominal ledger, Book of final entries deb yuritiladi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə