A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə155/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Ending inventory – tovar-moddiy boyliklarning yakuniy zaxiralari. Hisobot davrining oxiriga qolgan zaxiralar. Tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish ana shu hisobot davrida sotilgan tovarlarning tannarxini hisobga olishda muhim ko‘rsatkich bo‘lib, u hisobot davri yakunida inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.
Equivalent production – ishlab chiqarishning shartli hajmi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning shartli birliklari. Xarajatlarni hisobga olish va tannarxni hisoblashning jarayonli usulida qo‘llaniladi.


Equivalent units – shartli birliklar. To‘la yakunlangan va shartli butun birliklar ko‘rinishida bo‘lgan vaqtning ma’lum davri uchun birliklardagi tayyor mahsulotning ishlab chiqarilishi. Qisman yakunlangan birliklar «yakunlanish foizi» asosida shartlilarga o‘tkazilib, qayta hisoblanadi. Moddiy xarajatlar bo‘yicha alohida (ularning birvarakayiga ishlab chiqarishning boshida amalga oshirilishi nazarda tutiladi) va qo‘shilgan xarajatlar bo‘yicha alohida hisob-kitob qilinadi (ularning butun ishlab chiqarish jarayoni mobaynida bir tekis amalga oshirilishi nazarda tutiladi). Xarajatlarni hisobga olish va tannarxni hisoblashning jarayonli usulida qo‘llaniladi.


Estimated usefull life – uzoq muddatli amortizatsiya qilinadigan aktivlar foydali xizmatining taxmin qilinayotgan (baholash) muddati. Aktivlarni butun ishlatish davrida yillar birligida, olinadigan mahsulotlar miqdori yoki xizmatlar birliklarida ifodalash mumkin. Har bir korxona tomonidan moliyaviy hisobni tashkil qilish va yuritish maqsadlarida mustaqil tarzda o‘rnatiladi.


Expenses – xarajatlar. «korxona aktivlarining kamayishi yo boshqacha sarflanishi yoki mazkur korxona faoliyatining asosiy va doimiy yo‘nalishlarini tashkil etuvchi mahsulotlarni yetkazish va ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki boshqa xil faoliyat natijasida majburiyatlarning kelib chiqishi». Boshqacha qilib aytganda, bu – mazkur davrda xo‘jalik faoliyati mobaynida korxona odatdagi faoliyatida kelib chiqadigan va tegishli daromadlarni olish uchun xizmat qiladigan xususiy mablag‘larning kamayishiga olib keladigan barcha xarajatlar. Kamdan kam uchraydigan, noodatiy ishlar va hodisalar, masalan, asosiy mablag‘larni, qimmatli qog‘ozlarni sotish, xorijiy
valyutalar kursining o‘zgarishi natijasida ko‘riladigan tasodifiy zararlardan va yo‘qotishlardan farqlash lozim.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə