A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə157/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Financial accounting – moliyaviy hisob. Buxgalteriya hisobi (accounting) uslubiy va tashkiliy jihatlardan moliyaviy va boshqaruv hisbiga bo‘linadi. Mazkur korxona bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan tashqi iste’molchilar uchun moliyaviy axborot olish tizimi. Moliyaviy hisob xususiyatlariga umumqabul qilingan hisobchilik tamoyillariga rioya qilish, ishlarni qayd qilishda ikki yoqlama yozish tizimini qo‘llash, pul o‘lchovi, korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini to‘liq hisobga olish va tahlil qilish obyekti sifatida ajratib ko‘rsatish (barcha manfaatdor shaxslarga mo‘ljallangan korxona faoliyatini to‘la va belgilangan shakllarda aks ettirish uchun moliyaviy hisobot tayyorlanadi), moliyaviy hisobotlarning ma’lum davriyligi kiradi.


Financial position – moliyaviy holat. Ma’lum bir davrda korxonaning mulki hisoblangan iqtisodiy resurslar (aktivlar) va ushbu resurslarga qarshi talablar (majburiyatlar va xususiy kapital miqdori) holati bilan belgilanadi.


Financial statements – moliyaviy hisobotlar. Moliyaviy hisobot iste’molchilariga eng muhim hisob ma’lumotlarini umumlashtirib berish hamda taqdim etishning asosiy shakli. Moliyaviy hisobotning asosiy
shakllariga quyidagilar kiradi: 1) Buxgalteriya balansi (Balance Sheet / Statement of Financial Position)ni, 2) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (Income Statement / Profit and Loss Assount (Statement))ni, 3) Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot; 4) Pul mablag‘lari harakati bo‘yicha hisobot (Statement of Cash Flows); 5) Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (Statement of Owner's Equity), shuningdek, debitor va kreditor qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani o‘z tarkibiga oladi. Shuningdek, hisobotning zaruriy va nihoyatda muhim unsurlaridan biri – Moliyaviy hisobotlarga ilovalar (Notes to Financial Statements).


Finished goods inventory – tayyor mahsulot zaxiralari. Ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi (debeti) aks etgan asosiy tovar-moddiy zaxiralar hisobini ko‘rsatadigan schet. Davr yakuniga qolgan qoldiq (saldo) tayyor, ammo shu paytgacha sotilmagan mahsulotga taalluqli barcha ishlab chiqarish xarajatlarini anglatadi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə