A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə165/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

L



Labor budget – mehnat xarajatlari byudjeti. Kelasi davrga mo‘ljallangan ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zaruriy mehnat (to‘g‘ridan to‘g‘ri) xarajatlarining detallashgan rejasi. Odatda, bitta hujjatda mehnat-soatlarda va pul miqdorida tayyorlanadi, buning uchun soatlar zaruriy miqdori kelasi davr uchun qabul qilingan mehnat uchun to‘lov soat stavkalariga ko‘paytiriladi.


Last-in, first-out (LIFO) method – LIFO uslubi. So‘nggi to‘p bahosi bo‘yicha (so‘nggi xaridlar bo‘yicha) mahsulot-moddiy zaxiralarni hisobga olish uslubi. Uslub zaxiralar vaqt bo‘yicha so‘nggi xaridlardan boshlab ishlatilishini nazarda tutadi, demak, zaxiralarning ishlab chiqarishga / sotuvga chiqishi so‘nggi xaridlar tannarxi bo‘yicha baholanadi, davr yakuniga zaxiralar tannarxi esa, birinchi xaridlar tannarxidan kelib chiqib, aniqlanadi. Narxlar oshishi va zaxiralar darajasi o‘sishi sharoitlarida daromadning nisbatan kamaytirilgan miqdorini beradi, shuning uchun ba’zi mamlakatlarda soliqqa solish maqsadlarida taqiqlangan. FIFO usulidan farqli o‘laroq, joriy xarajatlar va daromadlarning bog‘liqligini ta’minlaydi, inqiroz ta’sirini kamaytirishga imkon beradi.


Ledger – buxgalteriya registri, kitob; q. General ledger.
Liabilities – majburiyatlar. Korxonaning (qarz beruvchilar, xodimlar, davlat idoralari va boshqalar oldidagi) birgalikdagi majburiyatlari. Mulkdorlar talablari (xususiy mablag‘lar)dan farqli o‘laroq, tashqi qarz beruvchilar korxonalari aktivlari (qarz mablag‘lari)ga qarshi talablar, joriy (qisqa muddatli)lar va uzoq muddatlilarga bo‘linadi.
Long-tern liabilities – uzoq muddatli majburiyatlar. Korxonaning bir yildan yoki odatdagi ish siklidan ortiq to‘lov muddati uzoq muddatli qarzi. Shuningdek, Noncurrent liabilities deb yuritiladi.


Lower-of-cost-or-market (LCM) rule – narxdan (tannarxdan) va bozor narxidan eng past baholash qoidasi. Ehtiyotkorlik qoidalaridan kelib chiqib moliyaviy hisobotdagi ma’lum moddalar (zaxiralar va qimmatbaho qog‘ozlar)ni baholash uchun buxgalteriya hisobiga olish uslubi. Qiymatning umumqabul qilingan tamoyili (cost principle)dan istisno hisoblanadi.


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə