A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə166/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

M



Make-or-buy decision – «xarid qilish yoki ishlab chiqarish» qarorini qabul qilish. Zaruriy va tarkibiy qismlarni chetdan sotib olish yoki o‘zlarida ishlab chiqarish tanlovi bilan bog‘liq qarorlar turi. Bunday holatda bo‘shagan ishlab chiqarish quvvatlaridan samaraliroq foydalanish imkoniyatini hal etish - asosiy muammoni tashkil etadi.


Management – menejment, boshqaruv, rahbarlik; 1) korxonani boshqarishning uslublari, tamoyillari, tashkiliy shakllari yig‘indisi; 2) rahbariyat, tashkilot rahbariyati tarkibi – korxona faoliyati va uning maqsadlariga erishish uchun to‘la mas’uliyat yuklangan tashkilotdagi insonlar guruhi.


Management accounting – boshqaruv hisobi. Korxonani samarali boshqarish uchun korxona ichki iste’molchilari - barcha darajadagi rahbarlari uchun axborotni to‘lash, ishlash va uzatish asosiy maqsad bo‘lgan buxgalteriya hisobining alohida mustaqil sohasi. Shuningdek, Managerial accounting deb yuritiladi.
Management by exception – chetlashishlar bo‘yicha boshqaruv (chetlanishlarni boshqarish). Faqat nihoyatda yaxshi yoki yomon natijalar sohalari ajratiladigan va tahlil qilinadigan tahlil uslubi. Haqiqiy xarajatning me’yoriy yoki byudjetnikidan chetlashishlari tahlilida, bunday hollar ko‘p uchraganida, faqat korxona rahbariyati avvaldan o‘rnatgan ularning ma’lum darajadan, masalan yo 4% dan oshadiganlari kelgusida chuqur tahlil etiladi. Aynan ushbu sohalarga birinchi navbatdagi boshqaruv qarori yo‘naltirilishi lozim.


Manufacturing company - ishlab chiqarish korxonasi. Chet mamlakatlarda ishlov beruvchi sanoat korxonasi tushuniladi.


Manufacturing overhead – umumishlab chiqarish xarajatlari. q.
Factory overhead.


Marginal costing - q. Variable costing.


Marginal costs – marjinal xarajatlar. Mahsulot ishlab chiqarilishining bitta birlikka o‘zgarishi keltirib chiqargan jami xarajatlar miqdoridagi o‘zgarish.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə