A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə162/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Incremental analysis – o‘suvchi tahlil. Korxonada boshqaruv qarorlarining tahlil uslubi. Unga muvofiq faqat relevant (o‘rinli va mazkur qarorga ta’sir ko‘rsatuvchi) axborot yoki harakatlar ikkita yoki undan ortiq o‘xshash variantlarning xarajatlari va daromadlari moddalari bo‘yicha chetlashishlar tahlil qilinadi. Ushbu uslubni qo‘llagan holda tuzilgan hisobot qarorni qabul qiluvchi uchun variantlar bahosini yengillashtiradi, harakatlar yaxshi variantini tahlil qilish va tanlash uchun zarur vaqtni qisqartiradi.


Indirect costs – bilvosita (egri) xarajatlar. Muayyan mahsulot yoki xarajatlar boshqa obyektiga to‘g‘ridan to‘g‘ri va tejash yo‘li bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan, natijada, ba’zi sun’iy usul bilan taqsimlanishi lozim bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlari. Keng ma’noda noishlab chiqarish xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi.


Indirect labor – bilvosita mehnat xarajatlari. Yakuniy mahsulotga to‘g‘ridan to‘g‘ri va tejash yo‘li bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan, natijada biror-bir usul bilan taqsimlanishi lozim bo‘lgan ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq mehnat sarflari. Umumishlab chiqarish xarajatlariga taalluqli.


Indirect materials – bilvosita (egri) material xarajatlari. Muayyan mahsulotga to‘g‘ridan to‘g‘ri va tejash yo‘li bilan o‘tkazilishi mumkin
bo‘lmagan va taqsimlanish ma’lum usulini talab qiladigan yordamchi materiallar xarajati. Umumishlab chiqarish xarajatlariga taalluqli.


Intangible assets – nomoddiy aktivlar. Jismoniy substansiyasi bo‘lmagan, biroq mulkdor huquqlari va imtiyozlariga asoslangan qiymatga ega uzoq muddatli aktivlar. Korxona balansida ularni alohida aks ettirish uchun buxgalteriya hisobida bir necha aktiv va kontraktiv schetlardan foydalaniladi. Masalan, patent huquqi, savdo markalari va shu kabilar “nomoddiy aktivlar” scheti aks ettiriladi.


Interest – foiz (ssudalar bo‘yicha, bank qarzlari bo‘yicha, qimmatli qog‘ozlar va h.k. bo‘yicha).



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə