A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə151/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

D



Debit – Debet, buxgalteriya hisobi schetlarining chap qismi. Buxgalteriya hisobida schetning debet tomoniga yozish, schetning debet tomoni oboroti degan terminlar ishlatiladi.


Declining-balance method – kamayib boruvchi qoldiq metodi. Uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash usuli.
Depletion amortizatsiya, tabiiy resurslarning tugab borishi. Tabiiy resurslarni qazib olingan va sotilgan tabiiy resurslarning har bir birligiga mos va proporsional tarzda hisobdan chiqarish usuli. Tabiiy resurslarning amortizatsiyasi hisob-kitoblari asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usuliga o‘xshashdir.


Depreciable cost – amortizatsiya qilinadigan qiymat. Aktivlarning dastlabki bahosidan likvidatsiya qilish narxini ayirganiga teng bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan miqdori.
Depreciation – asosiy vositalarning amortizatsiyasi. Uzoq muddatlik aktivlarning foydali xizmat qilish muddati davomida materiallar tannarxi bo‘yicha davriy taqsimlanib borishi. Buxgalteriya hisobida ana shu miqdorni hisobga olish uchun asosiy vositalarni hisobga oluvsi aktiv schetga teskari bo‘lgan – katrschet “to‘plangan amortizatsiya”dan foydalaniladi.


Depreciation methods – amortizatsiya hisoblash metodi. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan g‘arb mamlakatlarida amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: to‘g‘ridan to‘g‘ri hisobdan chiqarish, ishlab chiqarish usuli, raqamlar yig‘indisi bo‘yicha va qisqarib boradigan qoldiq metodi. Ana shu to‘rtta usuldan oxirgi ikkitasi amortizatsiya hisoblashning tezlashtirilgan metodi deb ataladi.


Decision model – qaror qabul qilish modeli. Ma’lum bir paytda boshqaruv qaroriga ta’sir etadigan barcha o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlar va peremetrlarning raqamli va simvolli ifodasi.


Decision parameters – qaror qabul qilish modelining parametrlari. Boshqaruv tizimidagi nazorat qilinmaydigan omillar, operativ sharoitlar va cheklashlar.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə