A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə15/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Davriylik tamoyili boshqaruv hisobi tizimi tuzilishida zarur komponent bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va tijorat sikllarini ifoda etadi. Rahbarlar uchun ma’lumotlar maqbul paytda
  1. oldin ham emas, keyin ham emas, ya’ni zarur bo‘lgan vaqtda va davriy tarzda berib borilishi kerak. Vaqtning qisqarishi boshqaruv hisobi tomonidan tayyorlangan ma’lumotning aniqligini kamaytiradi. Odatda, boshqaruv apparati birlamchi ma’lumotlarning yig‘ilishi, ularning qayta ishlanishi va yakuniy ma’lumotda guruhlanishi grafigini belgilab beradi. Xarajatlar, moliya va tijorat faoliyatini boshqarishda budjet (smeta) usulini qo‘llash tamoyili alohida ahamiyat kasb etadi. U yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda rejalashtirish, nazorat qilish va tartibga solish


quroli sifatida foydalaniladi. Budjet sikli bo‘linmalar, barcha faoliyat turlarini rejalashtirish jarayonidan; jamoaning barcha loyihaviy qarorlarining yig‘indisidan; budjet loyihasi hisob-kitobidan; rejani hisoblash variantlari va ulardagi o‘zgarishlardan; yakuniy rejalashtirish hamda sharoitning o‘zgarishi va rejadan og‘ishlar hisobidan tashkil topadi.


Budjet ishlab chiqarish, savdo, taqsimlash va moliyalashtirishni o‘zida mujassam etadi. Budjetda xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha ishlab chiqarish va uning bo‘linmalari xarajatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat turlari va uning bo‘linmalari daromadlari, foyda ko‘rsatkichlari o‘z aksini topadi.
Budjetlashtirish, xarajatlar smetalari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar alohida mavzularda beriladi.
Boshqaruv hisobi mohiyatini to‘g‘ri tushunish yana bir muhim xulosani chiqarishga asos bo‘ladi. Aniqrog‘i, boshqaruv funksiyalari bilan boshqaruv hisobi bajaradigan funksiyalar o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Boshqaruv hisobining funksiyasini belgilashda bir qator rivojlangan bozor munosabatlariga ega mamlakat, shuningdek rossiyalik olimlar quyidagi qarashlarni alohida ta’kidlaydilar:
  1. Boshqaruv hisobi boshqaruvning turli bo‘g‘inlarini ma’lumotlar bilan ta’minlaydi; operativ nazorat funksiyasi hamda istiqbolli rejalashtirish funksiyasini bajaradi.


  2. Boshqaruv hisobi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma’lumotlar tayyorlaydi; turli xil boshqaruv bo‘g‘inlari uchun tahliliy hisobotlarni tuzadi; rahbarlarni chetlanishlarni boshqarishga yo‘naltiradi.


  3. Boshqaruv hisobi biznesni tizimli boshqarish uchun boshqaruvning turli bo‘g‘inlarini relevant ma’lumotlar bilan ta’minlaydi; xo‘jalik yurituvchi subyektning turli bo‘g‘inlarini boshqarish uchun zaruriy ma’lumotlarni shakllantiradi.


Mavjud qarashlardagi ijobiy holatlarni inobatga olgan holda boshqaruv hisobining quyidagi funksiyalarini belgilash mumkin:


boshqaruv hisobi biznesni va uning segmentlarini tizimli boshqarish uchun relevant ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va rahbarlarni u bilan muntazam ta’minlaydi; operativ nazorat hamda istiqbolli rejalashtirish funksiyalarini bajaradi.

Режани бажаришни баҳолаш


Quyidagi chizmada boshqaruvning ana shu funksiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlik keltirilgan:

Rejalashtirish – kelgusida amalga oshishi lozim bo‘lgan harakatlar variantlarini ko‘rsatib berish jarayoni. U o‘z ichiga aniq maqsadning qo‘yilishini; maqsaddan kelib chiqqan holda vazifalarning aniq ifoda etilishini; qo‘yilgan maqsadga erishish uchun vazifalarni hal etish yo‘llarini izlashni; voqealarning muqobil variantini tanlashni oladi. Bu jarayonda rahbar budjet (asosiy budjet va boshqa barcha budjet turlari) va uni ijro etishning mo‘ljallangan manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Yaxshi tuzilgan rejalar elastik (qayishqoq) bo‘lishi lozim va ayrim ishlab chiqarish vaziyatlarida rahbar ularni o‘zgartirish imkoniga ega bo‘lishi kerak.
Rejalar qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Istiqbolli reja ma’muriyatning xo‘jalik yurituvchi subyektni 3-5 yillik rivojlanishiga tegishli taxminini ifoda etadi. U ma’muriyat tomonidan hozirda va yaqin kelajakda amalga oshirishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar majmuasini ko‘zda tutadi. Shunday qilib, asosiy fondlarga, ishlab chiqarish
zaxiralariga, yangi mahsulot turini yaratish va o‘zlashtirishga (chunonchi chiqarilayotgan mahsulot assortimentining o‘zgarishi xo‘jalik yurituvchi subyektning foydasini pasayish xavfini oldini oladi) investitsiyalar kiritish masalasi hal qilinadi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə