A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə12/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Rejalashtirish – bozor sharoitlariga mos ravishda xo‘jalik yurituvchi subyekt imkoniyatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan uzluksiz siklli jarayon. U istiqboldagi muammolarni hal qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ham umumiy, ham xususiy xarakterga ega bo‘lgan muqobil qarorlar tanlash uslublaridan foydalanadi. Rejalashtirish statistik tadqiqotlar va xo‘jalik faoliyati natijalari tahliliga asoslangan holdagina samarali bo‘lishi mumkin. Tahlil boshqaruv hisobi maqsadlariga muvofiq guruhlangan va qayta ishlangan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Me’yorlashtirish – barcha turdagi resurslarni samarali ishlatishni ta’minlashga va xarajatlarni mahsulotga eng unumli aylantirish yo‘llarini izlashga qaratilgan optimal me’yor va normativlarni ilmiy asoslangan hisoblash jarayoni. Me’yor va normativlar majmuasi xo‘jalik yurituvchi subyektning me’yoriy xo‘jaligini tashkil etadi, u esa, o‘z navbatida, barcha faoliyat turlarini qamrab oladi.
Normativlarsiz boshqaruv hisobi tizimini va zaxiralar holatini, shuningdek amaldagi xarajatlar ustidan nazoratni tashkil etish mumkin emas. Normativ ko‘rsatkichlar texnik-iqtisodiy rejalashtirishni operativ (tezkor) ishlab chiqarish bilan ishlab chiqarishga texnik tayyorgarlik ko‘rish jarayonidan boshlaboq bog‘laydi. Rejali va me’yoriy ko‘rsatkichlar me’yorlashtirish, rejalashtirish, xarajatlar me’yorlari bo‘yicha hisob va ulardan og‘ish ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan taqqoslash imkonini beruvchi ishlab chiqarish hisobi ko‘rsatkichlari tizimini belgilab beradi. Texnologik normativlarni bo‘linmalar faoliyati va ichki xo‘jalik holati haqidagi tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlovchi ishlab chiqarish hisobining analitik bazasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Miqdor ko‘rsatkichlarini ifoda etuvchi me’yorlar rejalashtirish jarayonida ishlatiladi.
Limitlashtirish – zaxira va xarajatlar me’yorlari tizimiga asoslangan moddiy xarajatlar ustidan nazoratning birinchi pog‘onasi. Limit – mahsulot birligi uchun resurslar sarfi me’yori bo‘lib, har bir
ishlab chiqarish bo‘linmasi uchun chiqarilayotgan mahsulot assortimentidan kelib chiqqan holda texnologik hujjatlar va ishlab chiqarish dasturi rejasi asosida o‘rnatiladi.
Limitlashtirish tizimi nafaqat tsexda chiqayotgan materiallar limiti hisobidan, balki hisob va nazorat operatsiyalaridan ham tashkil topadi. Shuning uchun, boshqaruv hisobi tizimida limitlashtirishga moddiy xarajatlarning shakllanishiga faol ta’sir o‘tkazuvchi operativ (tezkor) ma’lumotlar roli ajratiladi.
Tahlil – uning o‘ziga xos jihatidan kelib chiqib, boshqaruv hisobining ushbu uslubi elementi uning boshqa barcha uslublari bilan o‘zaro bog‘liq desak bo‘ladi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan ifodalangan xo‘jalik yurituvchi subyektning jami ishlab chiqarish faoliyati ham, uning ayrim bo‘linmalari faoliyati ham tahlil qilinadi. Ko‘rsatkichlar tanlanishi boshqaruv tizimining maqsad va imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Tahlil jarayonida tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun belgilangan reja topshiriqlarini amalga oshirishga mas'ul bo‘linmalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlik, ishlab chiqarish natijasidagi o‘zgarishlar va og‘ishlar sabablari aniqlanadi.
Nazorat – xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini oldindan belgilangan vazifalarni bajarishga, yuzaga keladigan chetlanishlarni ochib berishga va bartaraf etishga yo‘naltirilgan rejalashtirish va tahlilning yakuniy jarayoni. Nazorat tizimining asosini qarama-qarshi aloqa tashkil etib, u nazorat-o‘lchov faoliyatini amalga oshirish uchun katta hajmdagi, aniq, zaruriy va maqbul bo‘lgan ma’lumotlarni beradi. Nazoratning turli sohalari va turlari mavjud. Ular har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat turidan kelib chiqib, doimiy ravishda o‘zgarib turadi hamda o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, uslubning barcha elementlari bir-biridan ayri holda bo‘lmaydi, balki boshqaruv vazifalarini bajarishga qaratilgan ichki xo‘jalik aloqalarini tashkil etish tizimida amal qiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini boshqarish murakkab jarayon hisoblanadi. Boshqaruv talablariga javob beruvchi hisob tizimi ham murakkab bo‘lib, ko‘pgina tadbirlar va jarayonlardan tashkil topadi.
Boshqaruv maqsadlaridan kelib chiqib, boshqaruv hisobi tizimi elementlari tarkibi o‘zgarishi mumkin. Shu bilan birga, aniq xo‘jalik yurituvchi subyektda tashkil qilingan har qanday hisob siyosati qabul qilingan umumiy tamoyillarga javob berishi kerak. Albatta, bundan boshqaruv hisobi ham mustasno emas. Boshqaruv hisobining tamoyillari mohiyatini to‘g‘ri anglash shu hisob turidan samarali foydalanish imkonini beradi.
Boshqaruv hisobi tamoyillariga quyidagilar kiradi: xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining uzluksizligi; rejalashtirish va hisoblashda yagona o‘lchov birliklarini ishlatish; xo‘jalik yurituvchi subyektning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati natijalarini baholash; boshqaruv maqsadida birlamchi va oraliq ma’lumotlarning ko‘p marotaba ishlatilishi; xo‘jalik yurituvchi subyekt ichidagi kommunikatsiya tizimi; xarajatlar, moliya va tijorat faoliyatini boshqarishda budjet usulini qo‘llash; hisob obyektlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlovchi to‘liqlik va tahliliylik; xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati tomonidan o‘rnatilgan ishlab chiqarish va tijorat jarayonlarining davriyligi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə