A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

iste’mol qilinadigan 
zambu-rug

larga
oq zamburug‘, oq qayin bilan birga o‘sadigan zamburug‘ 
va boshqa zamburug‘lar kiradi. Ular oqsilga boy, shuningdek, tarkibida 
moylar, mineral moddalar, mikroelementlardan esa temir, kalsiy, rux va 
boshqalar mavjud.
parazit zamburug‘lar
. Zamburug‘lar orasida parazit turlari ham juda 
ko‘p. Ular o‘simlik, hayvon va odamlarda turli yuqumli kasalliklarni kel-
tirib chiqaradi. Ayniqsa, parazit zamburug‘lar qishloq va o‘rmon xo‘jaligi-
ga katta zarar yetkazadi.
Zang zamburug‘i
murakkab taraqqiyot davri ya’ni, har xil sporalar va 
oraliq xo‘jayinga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bahorda zang zamburug‘i 
oraliq xo‘jayin hisoblangan zirk o‘simligida rivojlanishni boshlaydi. Ke-
yinchalik bug‘doy o‘simligida hayotini davom ettiradi. Butun yoz davom-
ida parazit zamburug‘ sarg‘ish-qizil (zang) rangdagi sporalar hosil qiladi. 
Ular bug‘doy o‘simligining poya va barglarini zararlaydi (16- rasm). Poya 
va barglardagi dog‘lar sporalardagi pigmentlarga bog‘liq bo‘lib, temirdagi 
zang dog‘ga o‘xshab ketadi. Shuning uchun uni 
zang
zamburug

i
deb yuri-
tiladi. Zararlangan o‘simlik boshoq hosil qilmaydi yoki donlari puch bo‘lib 
qoladi. Parazit zamburug‘lar bilan kurashish ham ancha qiyin, chunki 
ularning yengil sporalari shamol yordamida tarqalib katta maydonlarni 
zararlaydi. Zang zamburug‘lariga qarshi kurashda eng qulay usul — ushbu 
zamburug‘larga chidamli yangi bug‘doy navlarini yaratish hisoblanadi.
Vertitsill. oq palak — uning spora hosil qiluvchi bandlari halqasimon 
shoxlangan. Ushbu zamburug‘ turli o‘simliklarning o‘tkazuvchi to‘qima 
-larida parazit holda hayot kechiradi. 
Zambur ug‘ o‘simlik larni o‘ziga xos 
«vilt» yoki «vertitsillyoz» deb atalgan 
so‘lish kasal ligiga chalintiradi. Kasal-
likning asosiy belgisi, barg hujayra larida 
ta rang lik holatini yo‘qotadi, ular da 
dastlab sarg‘ish-jigarrang, so‘ng ra esa 
qo‘ng‘ir dog‘ lar paydo bo‘ladi, bu uning 
barg larini erta to‘kili shiga sabab bo‘ladi.



Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə