A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

1.
2.
3.
Embrional divergensiyani qanday tushunasiz?
Biogenetik qonunning mohiyati nimada?
Biogenetik qonun kimlar tomonidan organilgan?


GENETIKA ASOSLARI
 
Genetikaning asosiy tushun chalari
O‘zgaruvchanlik qonuniyatlari
Odam genetikasi
V
BO‘LIM
Genetika
— organizmlarning ikki xususiyati: irsiyat va o‘zgaruv­
chanligini o‘rganadi.
Irsiyat
— bu organizmning belgi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi 
avlodlarga o‘tkazib turish xossasidir. Irsiyat tufayli tur doirasidagi hamma 
individlar o‘xshash bo‘ladi. Irsiyat hayvonlar, o‘simliklar va mikroorga­
nizmlarga tur, zot, nav, shtamning xarakterli belgilarini avloddan avlodga 
saqlab be rish uchun imkon beradi. 
Belgilarning nasldan naslga o‘tib borishi ko‘payish orqali yuzaga 
chiqadi. Jinsiy ko‘payishda yangi avlodlar urug‘lanish natijasida bunyodga 
keladi. Irsiyatning moddiy asoslari jinsiy hujayralarga jo bo‘lgan xromo­
soma va undagi genlardir. Gen DNKning ma’lum bir qismi bo‘lib, alohida 
belgilar ning rivojlanishini aniqlaydi yoki oqsil molekulasini shakllan tiradi. 
Jinssiz va vegetativ ko‘payishda yangi avlod bir hujayrali yoki ko‘p hujay­
rali tuzilma lardan rivojlanadi. Ko‘payishning bu shakllarida ham avlodlar 
o‘rtasidagi bog‘lanish genlar orqali yuzaga chiqadi.
O‘zgaruvchanlik
— organizmlarning yangi belgilari va xususiyatlarini 
namoyon etish qobiliyatidir. O‘zgaruvchanlik tufayli tur doirasidagi indi­
vidlar bir­biridan farq qiladi. Demak, irsiyat bilan o‘zgaruvchanlik orga­
nizmning bir­biriga qarama­qarshi, ammo o‘zaro bog‘langan xossalaridir. 
Irsiyat tufayli turning bir xilligi saqlanib borsa, o‘zgaruv chanlik turni 
aksincha, har xil qilib qo‘yadi. Bir tur individlari o‘rtasidagi tafovutlar or­
ganizm geno tipining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘zgaruvchan­
lik tashqi sha roitlar bilan ham belgilanadi.
Ma’lum bir organizmlarning barcha genlarining yig‘indisi 

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə