A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


genotip deb  ataladi. Organizmning barcha belgi va xususiyatlarining yig‘indisi  fenotip



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

genotip
deb 
ataladi. Organizmning barcha belgi va xususiyatlarining yig‘indisi 
fenotip
XI bob
Genetikaning asosiy tushunchalari
43- §. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik


104
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
deb yuritiladi. Bunga faqat organizmning ko‘rinadigan tashqi belgilari 
(teri rangi, soch, quloq yoki burun shakli, gullarning rangi) emas, balki 
biokimyoviy (oqsilning tuzilishi, ferment faolligi, qondagi garmonlar kon­
sentratsiyasi va boshqalar), gistologik (hujayraning shakli, to‘qimalar va 
organlar tuzilishi), anatomik (tana tuzilishi, organlar joylashuvi) belgilari 
ham kiradi.
1.
2.
3.
4.
5.
Genetika fani nimani o‘rganadi?
Irsiyat deb nimaga aytiladi?
O‘zgaruvchanlik deb nimaga aytiladi?
Gen nima?
Genotip va fenotip tushunchalarini o‘zaro taqqoslab bering.
44- §. Irsiyatni o‘rganishning duragaylash usuli
Belgilar
Dominant
Retsessiv
don shakli
don rangi
gul rangi
poya uzunligi
dukkak shakli
silliq
sariq
qizil
uzun
oddiy dukkak
burishgan
yashil
oq
kalta
bo‘g‘imli dukkak
Jinsiy ko‘payishda belgilarning bir qancha avlodlarida nasldan naslga 
o‘tib borishidagi asosiy qonuniyatlar dastlab chex olimi Gregor Mendel 
tomonidan 1865­ yilda chop qilingan edi. Uning tadqiqotlari uzoq 
vaqtgacha to‘g‘ri baholanmay kelindi. 1900­ yilda Mendel tadqiqotlari uch 
yirik olim G. de­ Friz, E. Chermak va K. Korrenslar tomonidan qayta 
kashf etildi. Shuning uchun 1900­ yil biologiyaning yangi paydo bo‘lgan 
sohasi — genetikaga asos solingan yil hisoblanadi.
G. Mendel o‘z tajribalarini no‘xat ustida o‘tkazdi. Bu o‘simlikning 
har xil navlari ko‘p bo‘lib, ular yaxshi ifodalangan irsiy belgilari bilan 
bir­biridan aniq ajralib turadi. Masalan, gullari oq va qizil, poyasi baland 
va past bo‘yli, donlari sariq va yashil, silliq yoki burishgan navlari bor. 
Mana shu xususiyatlarining har biri mazkur nav doirasida nasldan naslga 
o‘tib boradi. No‘xat odatda o‘z­o‘zidan changlanadi, lekin chetdan 
changlanishi ham mumkin.

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə