A4 Bosim datchiklari va ularning turlari. A5 Namlik datchiklari va ularning turlari



Yüklə 6,83 Mb.
səhifə3/15
tarix11.10.2023
ölçüsü6,83 Mb.
#127049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kontaktsiz va kontaktli datchiklarning tizim bilan bog

Dinamik xatoliklar – o‘lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida
o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga
kelishi o‘lchash vositalarining o‘lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning
inertsiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunda o‘lchash zanjiridagi o‘zgarishlar oniy
tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo‘ladi.
Asosiy xatolik deb, normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan
asboblarida hosil bo‘ladigan xatolikka aytiladi. Normal sharoit deganda havo (atrof
– muhit) harorati 200С±50С, havo namligi 65%±15%, atmosfera bosimi (750±30)
mm s.u., ta’minlash kuchlanishi nominalidan ±2% o‘zgarishi mumkin va
boshqalar.
Agar asbob shu sharoitdan farqli bo‘lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil
bo‘ladigan xatolik qo‘shimcha xatolik deyiladi.
Muntazam xatolik deb, umumiy xatolikning takroriy o‘lchashlar
mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bo‘ladigan, saqlanadigan yoki
o‘zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘lchash natijasidagi bo‘lgan umumiy
xatolikni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin.
Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bo‘lib, tahlil va
tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin
bo‘ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi:
uslubiy xatoliklar;
– asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar;
– subyektiv xatoliklar.
O‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq assolanmaganligi natijasida uslubiy
xatolik
kelib chiqadi.
O‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan
xatolik asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining noto‘g‘ri
graduirovkalanishi, qo‘zg‘aluvchan qismining noto‘g‘ri mahkamlanishi va
hokazolar.
Asbobning (qurilmaning) xatoligi – asbobning noto‘g‘ri qo‘yilishidan yoki
uni ba’zi tashqi faktorlar ta’sirida ishlatilishidan kelib chiqadigan xatolikka
aytiladi.
Sub’ektiv xatolik – kuzatuvchining aybi bilan chiqadigan xatolikdir.

Yüklə 6,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə