Abdukarimov Doniyorbek Mavzu: Inson xulq atvori va atrof-muhitni modellashtirish. Reja


Tabiat bilan jamiyat orasidagi nomuvofiqlikni vujudga kelishi



Yüklə 28,82 Kb.
səhifə8/8
tarix10.05.2022
ölçüsü28,82 Kb.
#86419
1   2   3   4   5   6   7   8
Abdukarimov Doniyorbek Mavzu Inson xulq atvori va atrof-muhitni

Tabiat bilan jamiyat orasidagi nomuvofiqlikni vujudga kelishi

Ma’lumki biosferaning hosil bo’lishida asosan avtotrof o’simliklarning roli kattadir. Xlorofilli o’simliklar quyosh nurini yutib fotosintez jarayonida organik moddalarni hosil qiladi. Fotosintez natijasida o’simliklar har yili yer yuzi bo’yicha 100 mlrd. tonna organik modda hosil qiladi, 200 mlrd. tonna SO2 ni yutib yuboradi, 145 mlrd. tonna erkin kislorod chiqaradi. O’simliklar barqaror bo’lishini tirik mavjudod, ayniqsa o’simliklar dunyosi tabiat bilan jamiyat orasida nomuvofiqlikni bartaraf qilib turibti.

Ammo XX asr davomida va XXI asrning boshlarida fan va texnikaning keskin rivojlanishi va insoniyat o’zining extiyojini qondirish uchun yer osti va yer usti qazilma boyliklaridan oqilona foydalanmasligi oqibatida tabiat bilan jamiyat orasida nomuvofiqlik vujudga kelmoqda.

Akademik V.I. Vernadskiy biosfera va inson orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf qilish yo’li haqida gapirib, buni “noosfera” hal qiladi deb aytadi. Akademik Yu.A. Kosigin ham tabiat va jamiyat orasidagi nomuvofiqlikni tushuntirib o’tadi. Albatta biz qazilma boyliklardan foydalanish jarayonida mujassamlanganmagan texnologiyani ishlatib, atrof muhitni ifloslantirib boraversak, tabiat bilan jamiyat o’rtasida nomuvofiq vaziyat vujudga kelib, global (katta) ekologik muammolar kelib chiqadi.

Tabiat bilan jamiyat orasidagi katta-katta muammolarni ya’ni krizislarni, konfliktlarni, “noosfera” sharoitida urush va tinchlik shartlarini yechib berish, oldini olish maqsadida “tabiatni muhofaza qilishni matematik modellari”, “urush va tinchlik” orasida uzoq muddatlarga mo’ljallangan modellashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xulosa


Xulosa qilib aytganda Xulq oʻzicha, "sof" olinganda mavhum axloqiy hodisa, u inson xatti-harakatlarida aniqlik kasb etadi. Ijtimoiy xulq-atvor ko'pincha ko'proq motivatsiya va shaxsning muayyan jarayonda yoki harakatda ishtirok etish darajasi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, inson xulq atvori shaxslarning ijtimoiy xulq-atvori ijtimoiy tuzilish, xususan, jamiyatning rol tuzilishi tomonidan boshqariladi. Xulq-atvorning ijtimoiy normasi - bu vaziyatni kutish bilan to'liq mos keladigan xatti-harakatlar.

Atrof-muhitni muhofaza qilish avvalo uning ifloslanishini oldini olish demakdir. Atrof-muhitni ifloslanishi haqida gap ketganda, asosiy omillar - havoning ifloslanishi, tuproqning ifloslanishi, suvning ifloslanishi, chiqindilar sababli ifloslanish, sanoat ishlab chiqarish faoliyati, energiya ishlab chiqarish vositalaridan chiqadigan gazlarni misol tariqasida olishimiz mumkin. Boshqa tomondan suvning ifloslanishi - bu tabiatga tozalanmasdan chiqadigan maishiy va sanoat chiqindi suvlari oqibatida yuzaga kelgan er usti suvlari, dengizlar va er osti suvlarining ifloslanishi. Afsuski, tuproq ham shahar hayoti, sanoat faoliyati va noto'g'ri qishloq xo'jaligi amaliyoti tufayli ifloslangan.



Atrof-muhitni modellashtirishning 2xil turi, ya’ni fizik va matematik modellashtirish kabi turlari haqida ma’lumotlar keltirildi. O’z navbatida fizik modellashtirish deganda fizik jarayonlarni matematik modellashtirish deganda ishoralar va belgilar qatnashgan jarayonlarni tushunish mumkin. Shunday qilib insonning xulq atvori va atrof-muhitni modellashtirish mavzusidagi mustaqil ish mavzusi yoritildi.
Yüklə 28,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə