Abdulla oripovning so‘z qo‘llash mahorati usmonova Shahina Xudoynazar qizi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#141893
1   2   3   4   5
shilib, to‘lg‘anib
so„zlari chidab bo„lmas darajada 
azob chekayotgan inson holatining tipik belgisi, yorqin ifodasi sifatida namoyon bo„ladi. Azobning 
kuchini bundan oshirib ifodalay oladigan ma‟nodor so„zlar o„zbek tilida yo„q. Ana shunday eng yuqori 
o„lchamli belgilarga ega harakatni ifodalayotgan
ingranadi
so„zi ham eng og„ir azob chekayotgan odam 
ovozining ifodasi. Azob chekayotgan kishining ovozini bundan ortiq aniqlikda ifodalay oladigan so„z 
ham o„zbek tilida yo„q. Ana shunday eng kuchli so„zlar tizmasidan tarkib topgan insoniy azobning 
belgilari 
g‘am
so„zining badiiy qiyofasiga ham aynan mos bo„lib tushgan. "Kuyi shunday bo„lsa, 
g„amning o„ziga qanday chiday olgan ekan odamzod”. Shunday qilib, yuzlab-minglab kuy va 
qo„shiqlarda o„z ifodasini topgan musiqiy haqiqat bittagina to„rt satrlik she‟r bilan badiiy haqiqatga 
aylantirilgan.
Abdulla Qahhor "O„tmishdan ertaklar" qissasiga “Munojot”ni tinglab” she‟rining so„nggi "g„am" bandini 
epigraf qilib olgan. Aslida insoniy azob-uqubatlar tasviriga bag„ishlangan har qanday yirik badiiy 
asarlarga bu bandni epigraf qilib qo„ysa bo„laveradi.
"G„am" bandining badiiy qiymatini oshiruvchi shunday badiiy vosita qo„llanganki (“Kuyi shunday bo„lsa, 
g„amning o„ziga qanday chiday olgan ekan odamzot”), undagi falsafiy savol xalq aforistikasi (maqol, 
matal, hikmatli so„zlar)dagi "hazili shu bo„lsa, chini qanday bo„lar ekan" kabi badiiy vositalarga juda 
o„xshab ketadi. Bu esa o„z navbatida she‟rning xalqchilligini yanada oshiradi. Shu o„rinda akademik 
Naim Karimovning so„zning she‟rdagi o„rni haqidagi quyidagi fikrini keltirish ham ilmiy, ham amaliy 
ahamiyatga egadir: "She‟r o„ziga xos organizm bo„lsa, so„z uning hujayrasidir. Organizm tirik bo„lishi 


160
uchun uning har bir hujayrasi sog„lom bo„lishi va nafas olib turishi lozim, har bir so„z she‟rga, obrazga 
o„z qonini berib turadi va uni harakatga keltirib turadi". 
Xulosa qilib aytganda, Abdulla Oripovning o„z she‟rlari bilan ona tilimizning go„zalligini yuzaga 
chiqarish uchun ham amaliy, ham nazariy jihatdan ulkan ziyoli shaxs sifatida faol bo„lganini ko„ramiz. 
Uning o„z ona tiliga bo„lgan cheksiz hurmat-ehtiromi asarlaridagi xalqona ruhidan seziladi. Qolaversa, 
shoir she‟rlarida qo„llagan xalqona ta‟birlar, original yasalgan so„zlar, qadim mumtoz asarlardan olingan 
so„zlarni, shevaga xos so„zlarni o„z o„rnida qo„llash, betakror o„xshatishlar shoir mahoratini belgilovchi 
asosiy omillardan hisoblanadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə