Abdulla oripovning so‘z qo‘llash mahorati usmonova Shahina Xudoynazar qizi


Volume: 03 Issue: 04 | April - 2023



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#141893
1   2   3   4   5
Volume: 03 Issue: 04 | April - 2023 
ISSN: 2181-2616
 


158
qiymati oshishiga xizmat qilgan. Ora-orada takrorlanib keladigan “O„zbekiston Vatanim manim” satri o„z 
orginalligi, shuningdek, shu misradagi ikki so„zning (Vatanim, manim) o„zaro ichki qofiyalanib kelishi 
kuchli emotsiyani paydo qiladi. Shoir xuddi shu she‟rida: “Balki ustoz Oybekdek to„lib, 
Yozajaksan
yangi bir doston, Balki Habib Abdulla bo„lib, Sahrolarda 
ochajaksan
kon”, degan misralar bor. E‟tibor 
qilinsa, adabiy til norma-mezonlariga asos bo„lmagan “-jak” grammatik qo„shimchasi asosan o„g„uz 
lahjasida keng qo„llanadi. She‟riy misrada qo„shimchaning “yozajaksan”, “ochajaksan” tarzida anormal 
qo„llanishi til badiiyatiga xizmat qilgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, oddiy ko„ringan birgina 
grammatik qo„shimcha ham she‟riy asarning badiiy tili masalasida o„z ahamiyatiga ega.
Ma‟lumki, o„zbek adabiy tili shevalarda mavjud so„zlar vositasida boyib boradi. Agar she‟riy 
misralar tarkibida o„rinli qo„llansa, tabiiyki, she‟r xalq qalbidan o„rin oladi. Shu ma‟noda Abdulla Oripov 
she‟rlari tilidagi xalq tili elementlari, xususan, shevaga xos so„zlarning o„z o„rnida qo„llanishi kuzatiladi: 
Mamontlar to‘dasi chiqdi o‘rmondan, 
Shimol ko‘chkiniday vahshiy va sarmast 
Va lekin vahshiyroq to‘da har yondan
Bostirib keldilar guras va guras
“Sarmast” so„ziga original qofiya sifatida ishlatilgan “guras” so„zi shoir tug„ilib o„sgan Qashqadaryo 
shevasiga xos bo„lgan so„z hisoblanadi. Xuddi shu “Yuzma-yuz” she‟rida shoir xalqini ta‟riflar ekan, 
uning zahmatkashligini aytib “Elda tinim bordir, unda yo„q tinim” degan g„oyatda xalqona o„xshatishni 
ishlatadi. Ishchanligini, mehnatkashlagini “ishparast” degan yangi bir o„zi ijodkor sifatida yasagan so„z 
bilan bayon etadi. “Ishparast”, “rangpar” – har holda bu poetik so„zlar, o„ziga xos tashbehlar shoir 
she‟riyatining yuksak badiiyatini ko„rsatadigan omillar sanaladi. 
Tug„ilgan zaminga muhabbat nafasi ufurib turgan «Qarshi qo„shig„i»da ham xalqning aynan o„zidan 
olgan poetik so„zlarni uchratamiz: “Mana bukun, ey yurtim, g„oz turibman qarshingda”, “Bu yerlarning 
bori shu: 
qip-qizil sahro
bari”, “Oyoqlangan qo„ziday dovdirar yelda maysa”, “Bosh ustingda o„t purkar 
samoning ajdahosi, Asta sekin kun qaytar, bosilar qaynoq to„zon” kabi misralardagi “g„oz turibman” 
(mag„rurlik ma‟nosi kuchli), “qip-qizil sahro” (o„ta yalong„och ma‟nosi kuchli), “oyoqlangan qo„ziday” 
(xalqona o„xshatish tasvir realligini kuchaytirgan), “o„t purkar” (o„ta qizdirish ma‟nosi kuchli), “kun 
qaytar” (vaqt o„tishini, quyoshning yotog„i tomon og„a boshlashini xalq shu ibora bilan ifoda etadi) kabi 
o„xshatish va so„z birikmalarida xalq tili va dilining tafti sezilib turibdi. She‟rning badiiy qiymatini 
oshirishga bunday ta‟birlarning ijobiy ta‟sir ko„rsatishi tabiiydir. 
Shoir qo„llagan “ochun” so„zining ommaviylashishi, iste‟molga kirishi, ba‟zan “dunyo” va “olam” 
so„zlari bilan sinonim tarzida kelishi, tabiiyki, qadimiy yozma bitiklardan o„rganish natijasidir. 
Darhaqiqat, Abdulla Oripovning o„zi ehtirom bilan ta‟kidlaganidek, “... Ma‟lum did va saviyaga ega 
bo„lmagan ijodkor adabiyotning birinchi elementi bo„lmish tilning o„zidayoq kimligini bildirib qo„yadi. 
Didsiz shoir biror so„zni biron o„rinda eplab ishlatishi gumon. Fikrimni isbotlash uchun ba‟zi misollarga 
murojaat etaman. “Muhokamat ul-lug„atayn”da Alisher Navoiy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə