Abdulla oripovning so‘z qo‘llash mahorati usmonova Shahina Xudoynazar qizi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#141893
  1   2   3   4   5


157
ABDULLA ORIPOVNING SO‘Z QO‘LLASH MAHORATI 
 
Usmonova Shahina Xudoynazar qizi 
QarDUPI Pedagogika fakulteti
Boshlang'ich Ta'lim 1-bosqich 3-21-guruh talabasi 
O‘zbekiston, Qashqadaryo 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada so‘z jozibasi, uning tengsiz qudrati haqida mufassal bayon 
keltirilgan. Xususan, O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov ijodida so‘z qo‘llash mahorati 
haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: 
She’r, so‘zning qudrati,poetik, Abdulla Oripov, shoir. 
 
So„zning qudrati, jozibasi haqida juda ko„plab allomalarning fikrlari mavjud. O„zbekiston Qahramoni, 
xalq shoiri E.Vohidov “So„z latofati” risolasida “So„z bamisoli charaqlagan yulduz, oqib yotgan daryo
esib turgan shamol”,-deb ta‟riflaydi.
[1] 
So„z sehri hamon insoniyatni hayratga solib kelmoqda. “Temur 
tig„ yetmagan joyni, qalam bilan oldi Alisher” deb so„zning qudratiga urg„u beradi. Akademik Naim 
Karimov “She‟r o„ziga xos organizm bo„lsa, so„z uning hujayrasidir. Organizm tirik bo„lishi uchun uning 
har bir hujayrasi sog„lom bo„lishi va nafas olib turishi lozim, har bir so„z ham she‟rga, uning qalbi 
bo„lgan obrazga o„z qonini berib turishi va uni harakatga keltirib turishi kerak”,- deb yozadi. 
[2]
Har qanday iste‟dodli, ijodkor badiiy tafakkurida o„ziga xos san‟atkor ekanini ko„ramiz. Bunday ijodkor 
asarlarida badiiy tasvir vositalarini mohirona qo„llash, badiiy tilning tasvir imkoniyatlari o„ziga xos 
namoyon bo„ladi. Darhaqiqat, har qanday badiiy asarning sehri, jozibasi, maftunkorligi, badiiy asar tiliga, 
ruhiyatiga hamda ijodkorning mahoratiga bog„liq.
Ijod ahli go„zal va betakror iboralarni, matal, maqol va rivoyatlarni, albatta, elidan, xalq ichidan topadi; 
ko„pchilik bir oz e‟tiborsiz bo„lgan yoki ustini bir oz chang bosgan noyob durdonalarni qayta yaraqlatib 
o„z xalqiga taqdim etadi. Natijada, ifodalarning xalqona ekanligi, el diliga yaqinligi uchun tahsinlar 
eshitadi. O„zbek xalqining shunday ehtiromiga sazovor bo„lgan, xalq dilidan, qalbidan o„z she‟rlari bilan 
chuqur o„rin olgan shoirlardan biri shubhasiz Abdulla Oripovdir. Abdulla Oripovni so„z zargari degim 
keladi. Shoir turli mavzularda buyuk kashfiyotlar qilib, o„z mahorati ila so„zning qudratini ko„rsata oldi. 
“O„zbekiston”, “Men nechun sevaman, O„zbekistonni?”, ”Onajon”, “Birinchi muhabbatim” kabi 
she‟rlari ong-u shuurimizga singib ulgurgan. Shoir so„zning jozibasi bilan qalblarni sehrladi. 
Har qanday ijodkor his-tuyg„ularini, voqelikka munosabatini so„z vositasida ifoda qiladi. Aslida nazariy 
jihatdan qaraganda til badiiyati negizida so„zlarni ko„chma ma‟noda qo„llash, lug„at boyligimizda 
mavjud so„zlarni o„z o„rnida ishlatish, unumli foydalanish juda katta ahamiyat kasb etadi. 
Abdulla Oripovning mashhur “O„zbekiston” she‟rida qaratqich kelishigi qo„shimchasi (-ning) 
shaklini o„zgartirib, ya‟ni “mening” o„riniga “manim” tarzida qo„llashi ham, aynan, she‟rning badiiy 
SYNERGY: JOURNL OF ETHICS AND GOVERNANCE

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə