Abdullayeva marjonaning oliy matematika fanidan mustaqil ishi



Yüklə 330,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix11.10.2023
ölçüsü330,8 Kb.
#127237
1   2   3
Eksperimental psixologiyada dispersion tahlil usulining o\'ziga xos tomonlari A.N.Gusevning tadqiqotlarini talqin etish

 
 


 
Psixologiyada eksperiment metodining qo`llanilishi psixologik bilimlarning 
qayta tuzilishida va psixologiyaning falsafa tarkibidan mustaqkil fan sifatida ajralib 
chiqishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan. eksperimental psixologiya XIX asrning 
o`rtalarida keng rivojlangan fiziologik laboratoriyalar negizida vujudga kela 
boshlagan. O`sha davrlarda bu laboratoriyalarda-sezgi, idrok, reaktsiya vaqti kabi 
eng oddiy psixik funktsiyalar o`rganilar edi. Bunday tadqiqotlar falsafa va 
fiziologiyadan farq qiluvchi eksperimental psixologiyaning fan sifatida vujudga 
kelishi uchun imkoniyat yaratdi. eksperimental psixologiyaga Vil’gel’m Vundt 
asos soldi.
V.Vundt (1832 - 1920) nemis psixologi, fiziologi, faylasufi va tilshunosi 
bo`lgan. V.Vundt inson ongini turli qismlarga ajratib, bu qismlar o`rtasidagi aloqa 
va bog`lanishlarni laboratoriya eksperimenti orqali o`rganadigan fiziologik 
psixologiya fanini tashkil etish haqidagi g`oyalarni o`zining “Fiziologik 
psixologiya asoslari” (1880-1881) nomli kitobida ilgari suradi. 
V.Vundt tomonidan 1879 yili Leyptsig shahrida tashkil etilgan psixologik 
laboratoriya butun dunyoda eksperimental psixologiyaning markaziga aylandi. Bu 
laboratoriyada sezgi, idrok, turli qo`zg`atuvchilarga javob berish vaqti assotsiatsiya 
(bog`lanish)lar, diqqat va oddiy his-tuyg`ular o`rganilgan. 
V.Vundtning fikricha nutq, tafakkur, iroda kabi yuksak psixik jarayonlarni 
eksperiment orqali o`rganish mumkin emas. Bu jarayonlarni o`rganishda madaniy-
tarixiy metodlardan foydalanish maqsadga muvofikdir. 
Agar dastlabki davrlarda eksperimental psixologiyaning ob`ekti normal etuk 
insonlar bo`lgan bo`lsa, keyinchalik bolalar, ruhiy kasal kishilar va hayvonlar 
ustida tajribalar olib borildi (K.Lloyd-Morgan, e.Torndayk). eksperimental 
psixologik tadqiqotlar psixik jarayonlarning umumiy qonuniyatlarini o`rganish 
bilan cheklanib qolmay, balki sezgirlik, xotira, reaktsiya tezligi kabi individual 
xususiyatlarni ham qamrab ola boshladi. (F.Gal’ton, D.Kettel). Ayni paytda 
eksperimental psixologiya zamirida yangi yo`nalish differentsial psixologiya 
vujudga kela boshladi. eksperimental psixologiya tomonidan qo`lga kiritilgan 


yutuqlar nazariy ahamiyatga ega bo`libgina qolmay, balki maktabgacha tarbiya 
pedagogikasidan tortib kosmonavtikagacha bo`lgan inson faoliyatining barcha 
sohalarida qo`llanila boshlandi. eksperimental psixologiya texnikaviy, ijtimoiy va 
biologiya fanlar bilan o`zaro bog`liq holda rivojlanmoqda.
Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishga qo`yiladigan talablar: 
1. Tadqiqotni rejalashtirish metod va metodikalarni tanlash va ularni 
moslashtirishni o`z ichiga oladi. Psixologik tadqiqot uchun ajratib olingan 
jarayonga ta`sir etuvchi barcha ichki va tashqi omillar e`tiborga olinishi kerak. 
Rejalashtirish-bu tadqiqotning mantiqiy va xronologik loyihasini tuzish, 
tekshiriluvchilar soni va kontingentini aniqlash, tekshirishlar sonini belgilash
matematik statistik tahlil rejasini ishlab chiqishdan iboratdir. 
2. Tadqiqot o`tkaziladigan joy tashqi ta`sirlardan holi bo`lishi (xech bo`lmaganda 
ular hisobga olinishi kerak). Sanitariya-gigiena va injener-texnik talablarga 
javob berishi zarur.
3. Tadqiqotning texnikaviy ta`minoti hal etilishi, lozim bo`lgan vazifalarning 
talablariga mos bo`lishi kerak. 
4. Tekshiruvchilarni tanlashda ularning sifat jihatdan bir xil bo`lishiga e`tibor 
berish lozim. 
5. Tadqiqotchi ishni rejalashtirishdan tortib xulosa va tavsiyalar ishlab chiqqunga 
kadar tadqiqotning borishiga, shubhasiz, ta`sir etib turadi. 
6. Tekshiriluvchi uchun ko`rsatma rejalashtirish bosqichida tayyorlanib, u qiska, 
lo`nda va tushunarli bo`lishi kerak.
7. Tadqiqot bayonnomasi to`liq va maqsadga muvofiq holda to`ldirilib borilishi 
zarur. 
8. Olingan ma`lumotlar miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilinishi lozim.
Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri 
natijalarni sifat jihatdan tahlil etilishidir. Bunda tekshiriluvchi tomonidan vazifani 
necha marta bajarganligi emas, qanday amalga oshirganligi e`tiborga olinadi.


Har qanday metoddan foydalanish jarayonida quyidagi metodologik 
tamoyillarga rioya qilish zarur: 

metod fanning predmetiga mos kelishi va uning o`ziga xos xususiyatlarini 
aks ettirishi kerak; 

psixologiyaning umumiy metodi ob`ektiv bo`lishi shart. 

genetik (evolyutsion) tamoyilni saqlash kerak. 

individual farqlar e`tiborga olingan holda ilmiy umumlashtirishdan 
foydalanish zarur. 

Yüklə 330,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə