Abdullayeva marjonaning oliy matematika fanidan mustaqil ishi



Yüklə 330,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix11.10.2023
ölçüsü330,8 Kb.
#127237
  1   2   3
Eksperimental psixologiyada dispersion tahlil usulining o\'ziga xos tomonlari A.N.Gusevning tadqiqotlarini talqin etish



 
 
 
 

 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR 
VAZIRLIGI 
 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI 
BO’LIMI 
AMALIY PSIXOLOGIYA YO’NALISHI
2-BOSQICH 22-37 GURUH TALABASI
ABDULLAYEVA MARJONANING OLIY MATEMATIKA FANIDAN

MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
 
 
 
 
 


Mavzu: Eksperimental psixologiyada dispersion tahlil 
usulining o'ziga xos tomonlari A.N.Gusevning tadqiqotlarini 
talqin etish
Reja:
1
.Eksperimental psixologiya
2.Eksperimental psixologiyada dispersion tahlil usulining o'ziga xos tomonlari
3. Psixologik eksperimentning asosiy jihatlari
4. Eksperimental psixologiya haqida tushuncha. 
5. Eksperimental psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi. 
6. Eksperimental psixologiya va psixologiyaning boshqa sohalari. 
7. Psixologik tadqiqot o`tkazish tamoyillari. 
8. Psixologik tadqiqot o`tkazishga qo`yiladigan talablar. 
9. Tadqiqot o`tkazishning bosqichlari. 


Eksperimental psixologiya — psixik hodisalar va jarayonlarni ilmiy metodlar 
yordami bilan tadqiq qilish. Psixologiyaning fan sifatida falsafadan ajralib 
chiqishida eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish asosiy rol oʻynagan. 19-asrning 
oʻrtalarida ilk bor sezgi, idrok yuzasidan tadqiqotlar olib borilgan. Eksperimental 
psixologiyaning fan sifatida ajralib chiqishiga nemis olimi V. Vundt katta hissa 
qoʻshgan. Ilk eksperimental tadqiqotlar oʻzini oʻzi kuzatish uslubi yordami bilan 
shaxsning ichki mayllari, motivlari, fikr yuritishiga bagʻishlangan. Keyinchalik 
tekshirishlar turli hayvonlarda oʻtkazila boshlagan. Koʻp tadqiqotlarni AQShlik 
T.L.Morgan, E. L. Torndayk va boshqalar olib borganlar. Eksperimental 
psixologiya murakkab tadqiqot (koʻp shkalali, koʻp bosqichli) metodlari, 
metodikalari (ishonchliligi, kafolatliligi, test yoki retest xususiyatiga egaligi)dan 
tashqari elektron hisoblagichlar, texnik asboblar va moslamalar, sodda yoki 
murakkab tuzilgan maxsus apparatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalarga 
asoslanadi.
Eksperimental psixologiya yordamida psixik funksiyalargina emas, shu bilan birga 
shaxs hissiyoti, emotsiyasi, individual xususiyati, diqqat, xotira, idrok singari bilish 
jarayonlari ham tadqiq qilinadi. Eksperimental psixologiya tadqiqotlari natijalari 
psixologiya sohalari nazariyasini ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi. 
Olimlardan F. Galton (1822-1911), D. Kettel (18601944), E. Tolmen (1886-1959), 
G.Rorshax (1884-1984), A. Bine(1857-1911), P.Jane (1859-1947), J. Piaje 
(1896—1980) va boshqalar Eksperimental psixologiyaning rivojlanishiga muhim 
ulush qoʻshganlar.
Eksperimental metodlar guruhi. Eksperiment metod – psixologik reallik 
mexanizmi va qonuniyatlarini o‘rganish bo‘yicha asosiy metod hisoblanadi. Uning 
asosiy mohiyati nazorat qilinadigan va boshqariladigan sharoitlarda yangi ilmiy 
bilimlarni olishga qaratilgan. Eksperimentning asosiy nomutaxassislik vazifasi – 
sabab-natija aloqalarini o‘rganish va psixologik jaryonlar va hodisalarni 
tushuntirishdan iborat.
Eksperiment o‘tkazishda farq va rozilik qoidasini qo‘llaydilar (J.S.Mill) A, B 
guruh voqealar guruhi ketidan D voqeasi kelsa ammo B, V ketidan A kelmasa, 


unda A, a, ning sababidir. Ikkala voqealar guruhidan birinchisi eksperimental 
sifatida ko‘rib chiqiladi, ikkinchisi – nazorat guruhi deb ko‘riladi. Ularni yagona 
farqlovchi voqea mustaqil o‘zgaruvchi deyiladi va u jarayonning davomida turli 
o‘zgarishlarga duch kelish mumkin.
Eng tarqalgan eksperiment modeli quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan bo‘lib, unda 
tadqiqotchi tahlil natijalarida sub’ektiv baholardan foydalangan holda, ya’ni x2 x1 
dan katta, u2 esa u1 katta degan xulosani ta’kidlab qolmasdan balki, hech 
bo‘lmaganda umumiy hollarda qay darajada kattaligini aniqlashi kerak bo‘ladi. 
Aks holda, eksperiment va nazorat guruhlaridagi o‘zgarishlarni tasdiqlashning o‘zi 
bo‘lmaydi.
Kuzatish dastlabki manbalarni to`plash metodi sifatida. Ilmiy farazlarning 
shakllantirilishi. Laboratoriya eksperimentining o`ziga xosligi. Tajribani 
rejalashtirish. To`plangan ma’lumotlarni qayta ishlash.
B.G.Ananevning nuqtai nazaricha, psixologik kuzatish metodlari psixologik 
ob’ektlar bilan operatsiyalar tizimi va shu bilan birga psixologiya fanining 
gneseologik obektidir.
Psixologiyada empirik metodlarni qo`llash muammosini ko`rib chiqilayotganda 
(agarda tizimli yondashish talablariga rioya qilganda) ularni psixologik metodlar 
tizimidagi o`rnini aniqlashdan boshlash kerak. Juda bo`lmaganda beshta darajasini 
ajratish mumkin.
Metodika darajasi.
Metodik qo`llanma darajasi.
Metod darajasi.
Tekshirishni tashkil qilish darajasi.
Metodologik yondashish darajasi.
To`gri «metod» atamasining darajasini xohlagancha ishlatsa bo`ladi, masalan 
psixofizikada – o`rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiognostikada – 
proyektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differentsial metod 
va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi. (birinchi daraja); Yosh davrlari 
psixologiyasida psixogenetik metod to`grisida baxs yuritiladi va uning turlichaligi 


– egizaklar metodida (to`rtinchi daraja) ko`rsatilgan.
Psixologik tadqiqotda qo`llaniladigan usullarning darajali bo`lishini G.D.Pirov 
taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo`lgan:
1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish;
2) metodik qo`llanma;
3) metodik yondashuv.
S. L. Rubinshteyn «Umumiy psixologiya asoslari» da eng asosiy psixologik 
metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko`rsatdi. Kuzatuv «tashqi» va 
«ichki»ga bo`lingan, eksperiment–labaratoriya ishi, tabiiy va psixologik – 
pedagogik, qo`shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik 
eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o`rganishda suhbat va anketa 
usullarini ajratib o`tdi.
Tabiiyki, vaqt bu klassifikatsiyaning qirralarini ta’kidladi. Shunday qilib, 
psixologiyani falsafa bilan bog‘liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, 
xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarni psixologik 
ro`yxatga qo`shilishi bilan rag‘batlantirildi.
Psixologik tekshiruvlarning keng ko`lamdagi ikkinchi klassifikatsiyasi – bolgar 
psixologi G.D.Pirov tuzgan. U mustaqil metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, 
eksperiment, modellashtirish, psixologik xarakteristikani, yordamchi metodlar 
maxsus metodik yondoshuvlarni ta’kidlab o`tdi. Shu metodlarning har biri bir 
qancha turlargalarga bo`linadi. Shunday qilib, masalan, kuzatish (aloqador) 
anketalarga, so`rovnomalarga faoliyat maxsullarini o`rganishga va boshqalarga 
bo`linadi.
B.G.Ananev Pirov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini taklif etdi. 
Hamma metodlarni u
1) tashkiliy;
2) empirik;
3) ma’lumotlarni qayta ishlash usullari;
4) sharhlash metodlariga bo`ldi.
Tashkiliy metodlarga Ananev qiyosiy, longityud va kompleks metodlarni kiritdi. 


Ikkinchi guruhda observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik metod, 
faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar qoldi.
Uchinchi guruhda ma’lumotlarni matematik-statistik analiz metodi va sifatli 
tavsiflanishi kiritiladi. Nihoyat, to`rtinchi guruhni genetik va struktura metodi 
tashkil qildi. Ananev har bir metodni aniqroq tasvirlab berdi. Lekin uning 
chuqur tahlil qilishiga qaramay, ko`pgina yechilmagan muammolar qolyapti:
Nimaga modellashtirish empirik metod bo`lib qoldi? Nima uchun qayta ishlash 
metodi tashkiliydan ajratilgan?
Genetik qayta ishlash tekshirishni tashkil qilishning muhim usuli deb 
tushunilmaydimi?
Shuni eslatib o`tish ahamiyatliki, bu yerda psixologik tekshirishning nazariy 
metodlari ko`rsatilmagan, shu bilan birga metodlar sinfi ajratilgan, o`rni bo`yicha 
«oraliq» empirik va nazariy o`rtasida, empirik kuzatishlar ma’lumotlari 
interpretatsiyasi va qayta ishlash tafakkur qilish metodlaridir.
. M.S.Rogovin va T.B.Zapevskiylarning fikricha, metod bu – idrok jarayonida 
ob’ekt va sub’ekt orasidagi ba’zi bir nisbatlarning ifodalanishidir. Ular asosiy 
psixologik metodlarning sonlarini 6 taga birlashtirishadi.
1) germenevtik – fanning bo`linmagan holatiga to`gri keladi.
2) biografik metod psixika to`g‘risidagi fanning yakka ob’ektiv idrokini ko`rsatish.
3) kuzatish – idrok ob’ekti va sub’ekti differetsiatsiyasi.
4) o`z-o`zini kuzatish-ob’ektni oldingi differentsiatsiya asosida ob’ektga aylanishi.
5) klinik-birinchi o`ringa mexanizmning tashqi kuzatuvchidan ichki kuzatuv 
mexanizmiga o`tish vazifasi chiqadi.
6) eksperiment ob’ekt idrokining sub’ektga aktiv qarishligi sifatida, sub’ektning 
roli idrok jarayonida hisobga olinadi.
Keltirilgan tasnif gneseologik asos, kelishmovchiliklarga ega bo`lsa 
ham, tushunarsiz, biografik metodning ajralishi nimaga bog‘liqligi bizni 
qiziqtiradi?
Biroq mualliflar o`ylab yoki o`ylamay psixologik metodlarning empirik 
tasnifidagina, Germenevning metodlari hisobiga modellashtirishni qo`shishga 


majbur bo`ldilar. Bu metodni qo`llashda «idrokning sub’ekt va ob’ekti qarama- 
qarshi qilib qo`yilmaganmi?
Model – bu bir sub’ektining boshqa bir sub’ektga ratsional qarshiligi, sub’ektning 
ob’ektga va o`ziga nisbatan refleksivsiz muomalasi mumkin emas-ku, degan savol 
tug‘iladi.
Psixologik tekshirishning tasnifiy metodlarini tushuntirishda boshqacha 
yondashuvlar bor, lekin psixologik tekshirish empirik metodi va psixologik 
metodlar orasida umuman, amalda «teng» belgisi qo`yiladi, ularning spetsifikasini 
aniqlash qiyinlashadi.
Psixologiyada boshqa fanlar analogiyasi bilan uchta metodlar tasnifini ko`rsatish 
maqsadga muvofiqdir:
Empirik, tekshirish sub’ekti va ob’ektining tashqi real munosabatlari amalga 
oshiririladi.
Nazariy, sub’ekt ob’ektning hayotiy modeli bilan o`zaro munosabatda bo`ladi.
Interpretatsiya (qayta ishlash) va tasvirlash, bunda sub’ekt «tashqaridan» 
ob’ektning simvolik – belgisi xayoli bilan munosabatda bo`ladi.
Birinchi guruh metodlarini ishlatishning natijasi ma’lumotlar hisoblanadi, ob’ekt 
sharoitini asboblar yordamida o`rganadi.
Nazariy metodlardan foydalanish natijasi tabiiy til belgisi yoki ochiq sxematik 
shaklidagi predmet haqidagi bilim bilan qo`shilgan.
Nihoyat, qayta ishlash- tushuntirish metodi- bu nazariy va eksperimental 
metodlarni qo`llanilishda, ularning o`zaro munosabati natijalarining «uchrashish 
joyi»dir.
Psixologik tekshirishning nazariy metodlarini sanab o`tamiz:
1) deduktiv –umumiydan xususiyga. Natijasi – nazariya, qonun va boshqalar.
2) Induktiv – omillarni umumlashtirish, xususiydan umumiyga o`tish.
3) Modellashtirish – analogiya metodini aniqlashtirish, «transduksiya», xususiydan 
xususiyga ongga kiritish. Natija- ob’ekt, jarayon, sharoit modeli. 

Yüklə 330,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə