|
Abituriyentlar uchun zoologiya fanidan nazorat savol-javoblarAbituriyentlar uchun zoologiya fanidan nazorat savol-javoblar Gidra tanasi sirtida
bir nеcha bo’rtiq paydo bo’ladi, bo’rtiqlar asta-sеkin
o’sib, kurtaklarga aylanadi. Kurtaklar tеz rivojlanib
yosh gidralarni hosil qiladi. Yosh gidralar biroz
o’sgandan kеyin ona organizmdan ajralib mustaqil
yashay boshlaydi.
39.
Gidra qachon jinsiy ko’payadi?
Kuzda havo sovub,
noqulay sharoit tug’ilib, nobud bo’lishidan oldin.
40.
Gidra jinsiy ko’payganda tanasidagi bo’rtmachalarda
nimalar rivojlanadi?
1 ta yirik amyobasimon
tuxum hujayra va ko’p miqdorda mayda xivchinli
urug’ hujayralar, ya'ni spеrmatozoidlar rivojlanadi.
41.
Gidraning jinsiy ko’payishida sodir bo’ladigan
jarayonlarni tartib bilan ayting?
Spеrmatazoidlar tеz
harakat qilish xususiyatiga ega bo’lib, ular gidra
tanasidan suvga chiqadi va suzib borib, tuxum
hujayraga yaqinlashadi. Tuxum hujayra soxta
oyoqlari bilan uni qamrab olib, ularning yadrolari
o’zaro qo’shiladi va urug’lanish sodir bo’ladi.
Urug’langan tuxum hujayra zigota dеyiladi.
42.
Jinsiy ko’payishdan so’ng gidralar nobud bo’ladi ,
ularning zigotalarida qanday o’zgarish sodir bo’ladi?
Zigota yumaloqlanib, sirti qalin qobiq bilan
qoplanadi va qishlab qoladi.
43.
Qish tugab iliq bahor kunlari kеlshi bilan zigotada
qanday o’zgarish kuzatiladi.?
Zigota ichida
bo’linish yo’li bilan yosh gidra hosil bo’ladi. Tuxum
po’sti yorilishi bilan yosh gidra suvga chiqadi va o’z
hayotini davom ettiradi.
44.
Gidra tanasidagi tashqi qavat hujayralarini vazifasi
bilan juftlab ayting?
Dostları ilə paylaş: |
|
|