Reja: Qurilish qorishmalarni klassifikatsiyasi. Quruq qurilish qorishmalari va klassifikatsiyasi



Yüklə 199 Kb.
səhifə1/9
tarix29.11.2023
ölçüsü199 Kb.
#143276
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-AMALIY


  1. Amaliy mashg‘ulot: Qurilish qorishmalarni klassifikatsiyasi.

Reja:
1.Qurilish qorishmalarni klassifikatsiyasi.


Quruq qurilish qorishmalari va klassifikatsiyasi

Bog‘lovchi, mayda to‘ldiruvchi, suv va qo‘shimchalarning ratsional miqdorda olingan aralashmasining qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materiallari qurilish qorishmalari deyiladi. Bu aralashma qotguniga qadar qorishma aralashmasi deb ataladi.


Qo‘llanilishiga ko‘ra qurilish qorishmalari quyidagilarga bo‘linadi:

  • terma uchun – g‘isht, but toshi va boshqa materiallardan terish;

  • bezakli– elementlarning ichki va tashqi yuzasini suvash;

  • montajli-tayyor yig‘ma konstruktsiya va detallardan tashkil topgan bino va inshootlarni montaj qilishda yirik elementlar (panellar, bloklar va xakozo) orasidagi choklarni to‘ldirish;

  • maxsus – gidroizolyatsion, akustik, tamponajli va boshqalar.

Qurilish qorishmalarini qo‘llashning asosiy afzalligi shundaki, uni g‘adir – budir asosga, ya’ni g‘isht, betonga yupqa qatlam qilib, maxsus mexanik qayta ishlovsiz qo‘llash.
Quruq qurilish qorishmalari QMQ31189-2003 bo‘yicha klassifikatsiyalanadi: asosiy qo‘llanilishi, ishlatilgan bog‘lovchi, to‘ldiruvchilarning mayda-yirikligi.
Asosiy qo‘llanilishi bo‘yicha qorishmalar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • tekislovchi (surtish usuliga ko‘ra, shtukaturka va shpaklevka);

  • yuzaki (elimli va chokli);

  • polga (suritish usuliga ko‘ra tekislovchi; uskuna texnologiyasiga ko‘ra, zichlovchi, o‘z – o‘zidan zichlovchi);

  • ta’mirbop (yuzaki);

  • himoyalovchi (olovga chidamli, korroziyadan-himoyalovchi, sovuqqa chidamli, radiatsion - himoyali);

  • terma;

  • montajli;bezakli;gidroizolyatsion (yuzaki va ichki (in’ektsionli);

  • issiqlik - izolyatsion;gruntovkali.

Qo‘llanilgan bog‘lovchiga ko‘ra, quruq qurilish qorishmalari quyidagilarga bo‘linadi;

  • sementli;ohakli;gipsli;polimerli;murakkab.

To‘ldiruvchi donalarining yirikligiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
betonli;qorishmali;dispersli.



Yüklə 199 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə