Reja: Qurilish qorishmalarni klassifikatsiyasi. Quruq qurilish qorishmalari va klassifikatsiyasi


I guruh. Maydalash jarayonida faol mineral qo‘shimchalar qo‘shilgan sementlar



Yüklə 199 Kb.
səhifə5/9
tarix29.11.2023
ölçüsü199 Kb.
#143276
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-AMALIY

I guruh. Maydalash jarayonida faol mineral qo‘shimchalar qo‘shilgan sementlar.
Faol mineral qo‘shimchalar (FMQ) tabiiy yoki sun’iy modda bo‘lib, ular maydalangan holda:

  • mustaqil qotmaydi;

  • havoli ohak bilan aralashganda, unga qotish hususiyatini beradi;

  • portlansement bilan aralashganda, sement toshning oddiy va minerallashgan suvlardagi chidamliligini oshiradi.

FMQ ga tabiiy va sun’iy materiallar kiradi:

  • tabiiy: vulqonsimon (kul, trassa, tuflar) va cho‘kma (diatomit, trepel, opokalar) tog‘ jinslari;

  • sun’iy: glinitlar, tsemyankalar, (kuydirilgan tuproqlar), kremnezyom –chiqindilari (oq saja) nordon kullar, donadoa domna shlaklari, belit shlami (alyuminiy, soda ishlab chiqarish chiqindilari).

Portlandsementga faol mineral qo‘shimchalar qo‘shilganda, sement toshining suvga chidamliligi va korroziyaga chidamliligi oshadi. Faol mineral qo‘shimchali sementlarning turlari:

  • faol mineral qo‘shimchali portlandsement: PTS D5 – 5%dan oshmagan qo‘shimchali, PTS D20 – 20%dan oshmagan qo‘shimchali.

Ko‘pgina qurilish qorishmalari va quruq qurilish qorishmalarni tayyorlash uchun qo‘llaniladi
-putstsolan portlandsement (PPTS) – 20 dan yuqori va 40% gacha qo‘shimchali. Yer osti va suvostidagi konstruktsiyalar betoni uchun, beton panellar va yirik bloklar montaji uchun mo‘ljallangan qorishmalar tayyorlashda ishlatiladi;
-shlakoportlandsement (SHPTS) – 20dan yuqori va 80% gacha shlak qo‘shimchali. SHPTS ulkan beton va temir beton konstruktsiyalarini tayyorlash uchun, hamda qurilish qorishmalarini tayyorlash uchun ishlatiladi.
II guruh:Maydalanish jarayonida yuzaki faol moddalar (YuFM) qo‘shilgan sementlar.
YuFM – yuzaki faol xususiyatli organik moddalar, 0,3% gacha qo‘shiladi.
YuFM xarakat mexanizmi bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi: gidrofilva gidrofob turiga bo‘linadi.
Gidrofillashtiruvchi turidagi YuFM:

  • sement donalari yuzasini suv bilan xo‘llanilishini yaxshilaydi;

  • sementning suv talabchanligini kamaytiradi.

Ta’sirining asosiy samaradorligi bo‘yicha qo‘shimchalar plastiklovchi – LST (texnik lignosulьfonat), LSTM (modifitsiyalangan texnik lignosulьfonat), SDB (sulьfit – drojali brajka), SSB (sulfitli – spirtli barda) bo‘ladi.
Gidrofillashtiruvchi turdagi YuFM ni qo‘shganda plastiklangan portlansement (PTS PL) olinadi. Uni ketma ket muzlatilib eritiluvchi yoki namlanib quruvchi ta’sirga yuzma yuz keladigan konstruktsiyalarda qo‘llash tavsiya etiladi. Plastiklangan portlandsementli beton va qorishmalar g‘ovakligi kamroq va suv kirishi qiyinroqligi bilan ajralib turadi, shuning uchun ham ularning chidamliligi yuqori.
Gidrofoblashtiruvchi turdagi YuFM yuzani suv bilan xo‘llanilishini kamaytiradi.(sement 5 daqiqada suvni shimib olmasligi uchun), natijada:
•sementning gigroskopikligi (xavodan namlanish) kamayadi (faollikni yo‘qotmasdan turib saqlash muddati oshadi).
•sementning suv talabchanligi kamayadi, lekin YuFM gidrofillashtiruvchi qo‘llangandagiga qaraganda kam miqdorda;
•sementtoshining muzlashga chidamliligi oshadi.
Qo‘shimchalar turlari: asidol, mqlonaft, olein kislotasi, sintetik yog‘ kislotalari, kremniyorganik birikmalar.
Gidrofoblashtiruvchi YuFM kiritilganda gidrofobli portlandsement (PTSGF) olinadi. Gidrofobli portlandsement an’anaviy markada chiqariladi, ko‘proq 400 markada. Vaqt o‘tgan sari gidrofobli sement faollikni deyarli yo‘qotmaydi, shuning uchun, ayniqsa uzoq saqlash va tashishda asqotadi. Undan yuqori mustahkamlikka ega konstruktsiyalarni tayyorlashda foydalaniladi.
III guruh. Normal mineralogik tarkibli portlandsement klinkeri asosidagi sementlar.

Yüklə 199 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə