Reja: Qurilish qorishmalarni klassifikatsiyasi. Quruq qurilish qorishmalari va klassifikatsiyasi



Yüklə 199 Kb.
səhifə7/9
tarix29.11.2023
ölçüsü199 Kb.
#143276
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-AMALIY

To‘ldiruvchi funktsiyalari:

  • komponentlar bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishmasdan qorishmadagi g‘ovaklarni to‘ldiradi;

  • g‘ovakli asosan suritiluvchi qurilish qorishmalarida ishlatilganda bog‘lovchi moddaning suv ushlab turish xususiyatini oshiradi; masalan g‘ishtli devor yoki shtukaturka;

  • qorishmaning ayrim maxsus xususiyatlarini yaxshilash masalan yong‘inga chidamliligini oshirish yemirilishni kamaytirishi va h.k.;

  • qimmatbaxo bog‘lovchi o‘rniga qisman maxalliy arzon to‘ldiruvchidan foydalanish hisobiga, sifatni zaruriy darajadagi saqlagan holda material tannarxini pasaytirish.

Turli materiallarda qo‘llash uchun tldiruvchilarga kiradi. Ohakli, dolomitli va boshqa tabiiy kukunlar, juda maydalpngan mineral vulqonsimon tog‘ jinslari, keramik siniqlar, shamol, shlakva boshqa sanoat chiqindilari kukuni, ishlab – chiqarishning asbest chiqindilari, zola – unos va boshqalar. Zaruriy to‘ldiruvchining tanlagi va uning miqdorini aniqlash uchun laboratoriya o‘tkaziladi.
Quruq qurilish aralashmalarning darz ketmasligini oshirish mvqsadidagi yutuqli yo‘nalish – bu ular tarkibiga to‘ldiruvchilar sifatida natural yoki sintetik tolalarni qo‘shishidir.
Quruq qurilish aralashmalarini tolalar bilan mustahkamlash maqsadini quyidagicha tushuntirish mumkin:

  • cho‘zilish va bukilishda chidamlilikni oshirish;

  • urilishga chidamliligini oshirish;

  • fraktsion tarkib kamchiliklari kompensatsiyasi;

  • qurilish qorishmasini qotganda yuzaga keluvchi cho‘kishni kamaytirish;

  • dars ketishga chidamlilikni oshirish (sement toshidagi kuchlanishlarni relaktsiyasi hisobiga, kristal hosil bo‘lishi jarayonida ham, ekspluatatsiya ham);

  • sement toshining deformatsionxususiyatini oshirish.

Tolalarini mustahkamlovchi ta’siri quyidagicha tushuntiriladi:
- qorishmaning plostik qimsiga nisbatan chidamliroq bo‘lgan tolalar yuklanishning asosiy qismini o‘ziga olib, darzlar hosil bo‘lishni o‘ziga olib, darzlar hosil bo‘lishni to‘xtatadi.
Quruq qurilish qorishmalarini dispers armirlash samaradorligi – armirlanayotgan materialning funktsional vazifasiga ko‘ra, tola turi to‘g‘ri tanlashda, hamada tolaning mineral matritsa bilan mos tushishi, armirlash foizi, ishlab chiqarish usullari va ekspluatatsiya sharoitlariga ko‘ra aniqlanadi.polipropilen tola sement materiallarda ishlatiladi. Turli funktsional vazifaga ega.
Quruq qurilish qorishmalarida propilen tolani qo‘llash darz hosil bo‘linish kamaytirish, cho‘kmani kamaytirish, suv o‘tkazuvchanlikni yaxshilash, qorishmalarning qavatlanishni kamaytirish, tayyo materiavllarning chidamlilik ko‘rsatkichni oshirishga imkon berdi.
Polipropilen tolalar nisbatan past zichligi bilan farq qiladi, bu qorishma tayyorlashda ayrim qavatlanishga olib keladi, hamda yetarli bo‘lmagan sovuqqa chidamlilik (-15°S ga yaqin) ega.
Poliakrilnitril tolalar yuqori chidamli konstruktsion materiallar olish uchun ishlatiladi – bular ta’mir tarkiblari, sanoat pollari, o‘rnatilgan issiqlik izolyatsiyasi tizimlari shtukaturkasi.
Poliakril tolalar kompozitsiyalar qattiqligi va elastikliligini o‘ishatola kabi oshiradi, poliefir va tsellyuloza tolalar esa qattiqlik va elastiklik kam miqdorda oshiradi. Kompozitsiyalarning yuqoritemperaturalarda (40°S) uzluksiz deformatsiyaga chidamliligi borasida poliakril tolalar shishatola, poliester va tsellyulozadan yuqori uradi. Lekin, shpatlevkani shlifovkalash jarayonini faqat tsellyuloza tolalar yengillashshi mumkin.
TSellyuloza tolalar. Tolalardan foydalanishning asosiy muvmmosi bu qurilish qorishmasining yumshoqligi va texnologikligiga sezilarli ta’siridir, shuningdek ularni quruq qurilish qorishmalari tarkibiga qo‘shishning murakkabligidir. Uzunligi 500 mkm gacha bo‘lgan qisqa va o‘rtacha tsellyuloza tolalar ixtiyoriy turdagi qorishtirgichlarda yetarli darajada oson aralashadi. Uzun tolalarni (500mkm dan uzun) yuqori tezlikda aralashtiruvchi aralashtiruvchilvrda va deaglomeratorlarda aralashtirish tavsiya qilinadi.
TSellyuloza tolalar suvda erimaydi va panjarasimon molekulyar hosil bo‘lishi bilan uch o‘lchamli asos yaratadi, bu tarkibning bir tekis bog‘lanishiga yordam beradi. Bu xususiyatlarga ko‘ra, tsellyuloza tolalar asbet o‘rnini bosishi mumkin.
Quruq qurilish qorishmalaridatsellyuloza tolalarni ishlatish avvalo yakuniy mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini optimallash va yaxshilashga imkon beradi, bunda qorishmali aralashmalarning tuzilmadagi tsellyuloza qo‘shimcha kamchiligi hisobiga reologik xarakteristikalari yaxshilanadi. Qorishmalarining bir jinsligi va suv ushlash xususiyati yaxshilanadi. Bundan tashqari, tsellyuloza tolalar yaqqol ko‘zga tashlanuvchi gidrofil xususiyatga ega.

Yüklə 199 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə