Reja: Qurilish qorishmalarni klassifikatsiyasi. Quruq qurilish qorishmalari va klassifikatsiyasi



Yüklə 199 Kb.
səhifə3/9
tarix29.11.2023
ölçüsü199 Kb.
#143276
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-AMALIY

SaSO3=SaO+SO2
Ohak ishlab chiqarish uchun xom ashyo turli konstruktsiyali pechlarda: shaxtali, aylanuvchi, tsiklon – aylanma, shuningdek xarakatlanuvchi aglomeratsion reshyotkalarda kuydiriladi.
Havoda qotadigan ohakning asosiy komponenti bu kalьtsiy oksididir (SaO). Tarkibida deyarli xar doim magniy oksidi (MgO) bo‘ladi. Magniy oksidining mavjudligiga qarab kammagneziyali (5%),magneziyali (5–20%) va dolomitli (20–40%) bo‘ladi.Magniy oksidining mavjudligi ohakning so‘nish tezligini pasaytiradi.
Ohak so‘nish tezligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • tez so‘nuvchi – 8 mindan kam tezlikda so‘nadi;

  • o‘rtacha so‘nuvchi – 25 mindan oshmagan tezlikda so‘nadi;

  • sekin so‘nuvchi – 25 mindan kam bo‘lmagan tezlikda so‘nadi.

QMQ9179 – 77 ga ko‘ra, qurilish havoda qotadigan uchta navga bo‘linadi – so‘ndirilmagan ohak va ikkita nav so‘ndirilgan ohak. Tarkibidagi SaO+MgO faollar (quruq modda hisobida) so‘ndirilmagan ohak uchun qo‘shimchalarsiz 1,2 va 3 navlar uchun mos ravishda 90,80 va 70%, qo‘shimchali so‘ndirilmagan ohakning 1 va 2 navlari uchun 65 va 55% bo‘lishi lozim.
Portlandsement. Portlandsement - tarkibida ohaktosh va tuproq bo‘lgan aniq tarkibli sun’iy bir xil xom ashyo aralashmasini bir tekis kuydirish natijasida olingan o‘ta maydalangan klinkerning maxsulidir. Klinkerning maydalash jarayonida 3,5% gacha miqdorda gips toshi qo‘shiladi. Portlandsement klinkerini olishuchun xom ashyo aralashmalari tarkibi ko‘p miqdorda karbonat kalьtsiy (toza ohaktosh, mel, ohakli tuflar, mergelli ohaktoshlar va boshqalar) mavjud bo‘lgan jinslar va loy tuproq xom ashyosiga qarashli jinslar (og‘ir tuproq, mergelli tuproq, tuproqli slanets va boshqalar)dan tayyorlanadi.
Ishlab chiqarishning soddalashtirilgan texnologik jarayonini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin.

Karbonatli jins (SaSO3) (ohak, mel) 75 – 78%




Loy – tuproq jins (loy, slantsli toproq) 20 – 25%




Qo‘shichalar
1 – 2 %




Xom ashyoning jinsli maydalanishi (maydalash quruq va nam xolda amalga oshiriladi)




Kuyguncha qizdirish, aralashmaning maksimal temperaturasi 1450°S




Portlandsement klinkerlar

Xom ashyo qorishmasini tayyorlash xarakteriga ko‘ra portlandsement ishlab chiqarishning quruq usullari mavjud. Bu usulning xar biri o‘z xususiyati, afzalligi va kamchiligiga ega. Mamlakatimizdagi sement zavodlarida nam usul ko‘proq ishlatiladi, ammo ko‘pgina zavodlar iqtisodiy jixatdan afzal bo‘lgan quruq va aralash usullariga moslashtirilmoqda.


Ho‘l usulda xom ashyo qorishmasini ko‘p miqdordagi suv ishtirokida quruq modda massasining 36 – 42 % gacha sharsimon tegirmonlarda maydalanadi va shlam deb nomlanuvchi suyuqlik massa olinadi.
SHlam – basseyndan massa quritish uchun aylanma pechga yo‘naltiriladi. Bu usulda transpartirovka va xom ashyoni tashash yengillashsa ham lekin quruq usulga ko‘ra yonilg‘i sarfi 1,5 – 2 baravar ko‘pdir.
Quruq usulda boshlang‘ich materiallarning quruq kukun qorishmasi (xom – ashyo uni) tayyorlanadi, uni aylanma pechda kuydiriladi.
Ishlab chiqarishning aralash usulida, kuydirish uchun xom ashyo qorishmasi granula ko‘rinishida tayyorlanadi. Aralash usul, ho‘l usulga qaraganda, yonilg‘ini 20 – 30% gacha iqtisod qiladi.
Kuydirish uchun uzunligi 150 dan 230 m gacha bo‘lgan (ho‘l usulda),diametri 5 – 7 m va kaltaroq 60 dan 95 m gacha bo‘lgan (quruq usulda) aylanma pechlar ishlatiladi.
Pechda quydirish jarayonidamaterial avvalo quritiladi va to‘planadi, so‘ngra 200 dan 700°S gacha bo‘lgan temperaturada organik qo‘shilmalar yonadi, kimyoviy suv yo‘qoladi,temperatura 1100°S gacha ko‘tarilganda kimyoviy reaktsiyalar yuzaga keladi, natijada portlandsement klinkerning quyidagi asosiy minerallari hosil bo‘ladi%:

  • uch kalьtsiyli silakat (alit):


Yüklə 199 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə