Reja: 1 Gidravlik ohak, romansement hom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalari va ishlatilishi



Yüklə 26,58 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü26,58 Kb.
#147464
  1   2   3
1 Gidravlik ohak


GIDRAVLIK OHAK VA ROMANSEMENT XOSSALARI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
REJA:
1 Gidravlik ohak, romansement hom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalari va ishlatilishi.
2 Portlandsement.
3 Klinkerning mineral tarkibi
4 Ohak – tarkibli bog‘lovchi moddalar

Bu moddalar turkumiga gidravlik ohak, portlandsement va uning turlari kiradi. Gidravlik ohak ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida tarkibida 6-20% gil qo‘shimchalari bor ohakli mergellardan foydalanadilar. Xom ashyo tarkibi katta chegarada tebranib turadi va ulardan olingan mahsulotni ya’ni ohak ham har hil xossaga ega bo‘lishi mumkin.


Ohak tarkibli gidravlik ohak asosida har xil faol mineral qo‘shimchalar qo‘shib ohak tarkibli gidravlik bog‘lovchi moddalar olinishi mumkin:
Ohak – putsolon bog‘lovchi
Ohak – kulli bog‘lovchi
Ohak – shlakli bog’lovchi
Bog‘lovchi tarkibida ohak miqdori 10 – 30% massa bo‘yicha, gips toshi 5% dan ko‘p emas, putssolon sement 80 – 70% oralig‘ida. Fizik mexaniq hususiyatlarni oshirish uchun har xil qo‘shimchalar 5% ga qo‘shish mumkin. Uzoq vaqt muddatda ishlatilishini oshirish uchun 15 – 25% miqdorda portlandsement qo‘shiladi. Suv bilan birlashishda tutib qolishi va qotishi kalsiy kalsiygidrati Sa(ON)2 ning qo‘shimchadagi bilan kalsiy gidrosilikat mahsulotlari C-S-H(1) CSH (II) hosil qilishi bilan tushuntiriladi. Oddiy haroratda (0,8 – 1,5) CaO SiO2 2,5 H2O ko‘rinishdagi gidrosilikatlar yuzaga keladi.
Agar qum tarkibida 15 – 20% erkin SaO bo‘lsa, unda ohak miqdorini kamaytiriladi. Qo‘shimchaning faol komponentlari bilan Sa(ON)2 ning ta’sirlashuvi faqat qorishmaning yuqori namligida o‘tadi. Agar gidrosilikatlar, gidroalyuminatlarni va boshqa hosil bo‘lishi uchun suv kamlik qilsa, qotish to‘xtaydi.
Ohak – putssolon bog‘lovchilarni xossalari:
Zichligi: qo‘shimcha turiga bog‘liq holda 2,2 – 2,7 g/sm2 oraliqda tebranadi. Hajmiy og‘irligi sochiluvchan holatda 700 – 800 zichlanganda esa 900 – 1200kg/m3. Mustahkamligi bo‘yicha 50, 100, 150, 200 markaga bo‘linadi va bug‘ ta’sirida ortadi.
Suvga talabchanligi: bu sementlarni suvga talabchanligi portlandsementga qaraganda ancha baland. Vulqon jinsli qo‘shimchali sementlarni suvga talabchanligi 30-35% bo‘lsa, cho‘kkan jinsli ko‘shimchalilarda 40 – 50% teng.

Yüklə 26,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə