Reja: 1 Gidravlik ohak, romansement hom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalari va ishlatilishi



Yüklə 26,58 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü26,58 Kb.
#147464
1   2   3
1 Gidravlik ohak

Romansement tarkibida magniy oksidi (MgO) va ohak boʻlganligi sababli uning mustahkamlik darajasi sementning boshqa turlariga nisbatan past. Romansementning qotish tezligi koʻp jihatdan atrof muhitning harorati va havoning nisbiy namligiga bogʻliqdir. Havo haroratining koʻtarilishi material qotishini tezlashtiradi, sovuq haroratda esa bu jarayon sekinlashadi.
Ushbu materialni 2 oydan uzoqroq muddatda saqlash tafsiya qilinmaydi, aks holda uning sifati pasayadi. Romansementning mustahkamlik darajasi sementning boshqa turlariga nisbatan past boʻlgani uchun hozirgi kunda unga katta talab mavjud emas. Ushbu material betonning past markali turlarini ishlab chiqarishda, namlik darajasi yuqori boʻlgan hollarda inshootlarning tashqi qism qoplamasi sifatida qoʻllaniladi.
Ohak — qurilish materiali. Ohaktosh, boʻr va boshqa karbonatli jinslarni 900° dan 1100 °C temperaturada kuydirib, ishlov berib olinadi: CaCO3 <=t CaO + CO2 T. Kalsiy oksid CaO — soʻndirilmagan Ohak, kalsiy gidroksid Ca(OH)2 esa soʻndirilgan ohak deb yuritiladi (qarang Kalsiy). Ohak qadimdan qovushqoq material sifatida ishlatib kelingan. Mil. av. 3000—2500-yildayoq Ohakning qum va suv bilan qorishmasidan turli inshootlar qurishda, tosh va gʻishtni biriktirishda, devorlarni suvashda hamda boʻyoq tayyorlashda foydalaniladi.
Ohak boʻlak va kukun holida ishlab chiqariladi. Kimyoviy tarkibiga qarab, havoda qotuvchi va gidravlik xillarga boʻlinadi. Havoda qotuvchi Ohak, asosan, kalsiy va magniy oksidlaridan iborat. Gidravlik Ohak tarkibida, bundan tashqari, ancha miqdorda kremniy, alyuminiy va temir oksid boʻladi. Havoda qotuvchi Ohak qurilish qorish-malari va betonning quruq havoda qotishini, gidravlik Ohak havoda ham, suvda ham qotishini taʼminlaydi. Ohak qurilishda, metallurgiyada, kimyo sa-noatida, qand, qogʻoz, shisha buyumlar, oyna ishlab chiqarishda, shuningdek, suvni tozalash va boshqa maqsadlarda keng qoʻllanadi.
Gidravlik ohakni ishlab chiqarish
Ishlab chiqarishni mazmuni xom ashyoni kuydirishda maydalashda yoki kuydirilgan mahsulotni so‘ndirishda. Bir hil ishlab chiqarishlarda gidravlik ohakni kuydirgandan so‘ng so‘ndirishadi, so‘nmagan zarrachalarni ajratib va maydalab so‘ng so‘ngan zarrachalar bilan aralashtiriladi, boshqa holatda ikkita mahsulot ishlab chiqariladi kuchsiz va kuchli gidravlik ohak olinadi. Gidravlik ohakni kuydirish harorati va rejimi kuydirilayotgan xom ashyoni tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq.
Gidravlik ohak. Tarkibida 8 dan 20 %gacha tuproq boʼlgan mergelli ohaktoshni kuydirib gidravlik ohak olinadi. Shaxtali yoki aylanuvchi xumdonlarga solingan ohaktoshni 800– 1000°S haroratda kuydiriladi va tegirmonlarda tuyilib, qurilishga yuboriladi. Mergelli ohaktoshni kuydirish jarayonida tuproqdagi kalsiy sulfatning parchalanishi bilan birga, unda qisman kalsiy, alyuminiy hamda temir silikatlari hosil boʼladi. Shuning uchun gidravlik ohak suv taʼsirida toʼla soʼnmaydi, ammo undagi kalьtsiy oksidning (SaO) tuproqdagi moddalar bilan birikishidan hosil boʼlgan faol minerallar (2СаОSiO2, СаО А12О3, 2СаОFеО2) namlik taʼsirida ham asta-sekin qota boshlaydi.
Ohaktoshning tarkibiga va uni ishlash usuliga qarab, sust gidravlik (ohaktoshda tuproq kam boʼlganda) va kuchli gidravlik (tuproq moddalari koʼp boʼlganda) turlarga boʼlinadi.
Soʼndirib va tuyilib olingan gidravlik ohakni suv bilan qorishtirilgandan soʼng ohak xamiri hosil boʼladi. Uning quyuqlanish vaqtidan keyingi qotish jarayoni suvda yoki nam taʼsirida ham toʼxtamaydi. Sust gidravlik ohak suvda oson soʼnadi. Аmmo, uning suvga chidamlilik va mustahkamlik koʼrsatkichi kuchli gidravlik ohakka nisbatan kam boʼladi.
Gidravlik ohakning zichligi 2,2– 3,0 g/sm3, hajmiy ogʼirligi 500–800 kg/m3, hajmiy qorishmalari birinchi 7 kun davomida quruq muhitda boʼlishi kerak.
Gidravlik ohakni ishlab chiqarish
Ishlab chiqarishni mazmuni xom ashyoni kuydirishda maydalashda yoki kuydirilgan mahsulotni so‘ndirishda. Bir hil ishlab chiqarishlarda gidravlik ohakni kuydirgandan so‘ng so‘ndirishadi, so‘nmagan zarrachalarni ajratib va maydalab so‘ng so‘ngan zarrachalar bilan aralashtiriladi, boshqa holatda ikkita mahsulot ishlab chiqariladi kuchsiz va kuchli gidravlik ohak olinadi. Gidravlik ohakni kuydirish harorati va rejimi kuydirilayotgan xom ashyoni tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq.
Bu moddalar turkumiga gidravlik ohak, portlandsement va uning turlari kiradi. Gidravlik ohak ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida tarkibida 6-20% gil qo‘shimchalari bor ohakli mergellardan foydalanadilar. Xom ashyo tarkibi katta chegarada tebranib turadi va ulardan olingan mahsulotni ya’ni ohak ham har hil xossaga ega bo‘lishi mumkin.
Ohak tarkibli gidravlik ohak asosida har xil faol mineral qo‘shimchalar qo‘shib ohak tarkibli gidravlik bog‘lovchi moddalar olinishi mumkin:
Ohak – putsolon bog‘lovchi
Ohak – kulli bog‘lovchi
Ohak – shlakli bog’lovchi
Bog‘lovchi tarkibida ohak miqdori 10 – 30% massa bo‘yicha, gips toshi 5% dan ko‘p emas, putssolon sement 80 – 70% oralig‘ida. Fizik mexaniq hususiyatlarni oshirish uchun har xil qo‘shimchalar 5% ga qo‘shish mumkin. Uzoq vaqt muddatda ishlatilishini oshirish uchun 15 – 25% miqdorda portlandsement qo‘shiladi.
Suv bilan birlashishda tutib qolishi va qotishi kalsiy kalsiygidrati Sa(ON)2 ning qo‘shimchadagi bilan kalsiy gidrosilikat mahsulotlari C-S-H(1) CSH (II) hosil qilishi bilan tushuntiriladi. Oddiy haroratda (0,8 – 1,5) CaO SiO2 2,5 H2O ko‘rinishdagi gidrosilikatlar yuzaga keladi.
Agar qum tarkibida 15 – 20% erkin SaO bo‘lsa, unda ohak miqdorini kamaytiriladi. Qo‘shimchaning faol komponentlari bilan Sa(ON)2 ning ta’sirlashuvi faqat qorishmaning yuqori namligida o‘tadi. Agar gidrosilikatlar, gidroalyuminatlarni va boshqa hosil bo‘lishi uchun suv kamlik qilsa, qotish to‘xtaydi.
Ohak – putssolon bog‘lovchilarni xossalari: Zichligi: qo‘shimcha turiga bog‘liq holda 2,2 – 2,7 g/sm2 oraliqda tebranadi. Hajmiy og‘irligi sochiluvchan holatda 700 – 800 zichlanganda esa 900 – 1200kg/m3. Mustahkamligi bo‘yicha 50, 100, 150, 200 markaga bo‘linadi va bug‘ ta’sirida ortadi.
Suvga talabchanligi: bu sementlarni suvga talabchanligi portlandsementga qaraganda ancha baland. Vulqon jinsli qo‘shimchali sementlarni suvga talabchanligi 30-35% bo‘lsa, cho‘kkan jinsli ko‘shimchalilarda 40 – 50% teng. Tutib qolish muddatlari: boshlanishi 25 min oldin emas, oxiri esa kech emas. Bu ko‘rsatkich ohak va ko‘shimchaning xossasiga, muhitni haroratiga va namligiga bog‘liq. Suvga chidamliligi baland: sulfat va yumshoq suvlar ta’sirida yemirilishga duch kelmaydi. Sovuqqa chidamligi bo‘yicha markasi 10 – 20 sikl teng. Bu bog‘lovchilar asosida past markali qorishma va betonlar tayyorlashadi
Yüklə 26,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə