Reja: 1 Gidravlik ohak, romansement hom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalari va ishlatilishi



Yüklə 26,58 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü26,58 Kb.
#147464
1   2   3
1 Gidravlik ohak

Tutib qolish muddatlari: boshlanishi 25 min oldin emas, oxiri esa kech emas. Bu ko‘rsatkich ohak va ko‘shimchaning xossasiga, muhitni haroratiga va namligiga bog‘liq.
Suvga chidamliligi baland: sulfat va yumshoq suvlar ta’sirida yemirilishga duch kelmaydi. Sovuqqa chidamligi bo‘yicha markasi 10 – 20 sikl teng. Bu bog‘lovchilar asosida past markali qorishma va betonlar tayyorlashadi.
Romansement — gidravlik bogʻlovchi material boʻlib, 850-900 C haroratda kuydirilgan magnezial mergel va ohaktoshni maydalash yoʻli bilan olinadi. Tarkibida 24-25 % tuproq birikmalaridan tashkil topgan qoʻshimchalar boʻladi. Sementning ushbu turi xossalari(qotish vaqti)ni boshqara olish uchun uning tarkibiga 15 %gacha mineral bogʻlovchilar qoʻshiladi. Mustahkamligi boʻyicha romansement markalari 3 xil: 25, 50, 100 boʻladi.
Romansement tarkibida 20% va undan ortiq miqdorda giltuproq bo‘lgan mergelli ohaktosh va magnezitlarni 9000 S haroratda kuydirib olinadi. Kuydirilganda hosil bo‘ladigan kichik tartibli kalsiyli silikatlar va alyuminatlar romansementga gidravlilik xususiyatini beradi. Xomashyo kuydirilganda romansement tarkibida ohak erkin holatda 2-3% miqdorgacha hosil bo‘lishi mumkin.
Romansement tarkibiga 3-5% gips va 10-15% opoka, diatomit, trepel, gliej singari aktiv mineral qo‘shimchalar kiritilishi uning gidravlilik xususiyatlarini yaxshilaydi. Romansement 3 xil markada: 2,5; 5,0 va 10 (MPa) ishlab chiqariladi. U past markadagi qurilish qorishmalari va betonlari olishda ishlatiladi. Portlandsement Umumiy ma’lumotlar. Portlandsement muayyan miqdordagi ohaktoshlar va giltuproqlar aralashmasini 14500 S haroratda kuydirib olingan klinkerga tuyish jarayoni 3-5% gips va 15% gidravlik qo‘shimchalar qo‘shib olinadi. Klinker g‘ovak soqqachalar bo‘lib sement olish uchun yarim xomashyodir. Gips, fosfogips va borogipslarni sement tarkibiga kiritilishi uning qotishini boshqaradi. Gidravlik qo‘shimchalar esa portlandsementga suvga chidamlilikni beradi. Gidravlik qo‘shimchalar sifatida gliej, opoka, diatomit, trepel, elektrotermofosfor shlaki, toshko‘mir kuli va shu kabi tabiiy va sun’iy materiallar ishlatiladi. Portlandsement rasmiy ravishda 1824 yilda E. CHeliev (Rossiya) va Dj. Aspdin (Angliya) tomonidan yaratilganligi tan olingan. O‘zbekiston olimlaridan S.To‘xtaxo‘jaev, I.Toshpo‘latov, T.Otaqo‘ziev, B.Nudelman va boshqalarning sement turlarini yaratish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirishdagi xissalari kattadir.
Klinker. Portlandsementning sifati va xossalari klinkerning xususiyatlariga bog‘liq. O‘z navbatida klinkerning xossalari xomashyoning turi, uni kuydirish sharoitiga bog‘liq

Yüklə 26,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə