Abu ali ibn sino ijodida oila tarbiyasi


Ibn Sino ijodida oilada bola tarbiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə5/6
tarix19.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#111506
1   2   3   4   5   6
ABU ALI IBN SINO IJODIDA OILA TARBIYASI

2.2. Ibn Sino ijodida oilada bola tarbiyasi
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Muhamad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn sino, Muhamad Qoshg’oriy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan.
Umuman, oilada bola tarbiyasi masalasi juda qadimdan mutafakkirlarni qiziqtirib kelgan, ular bu masalaga hayotiy faoliyatning muhim bir tomoni sifatida qaraganlar va uni hal etishni o’zlarining vazifasi deb hisoblaganlar.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida bolani salomatligi, uning tarbiyasi haqida eng muhimi bola – ruhiyatini o’rganish borasida ko’plab qimmatbaho fikrlarni asoslagan. Ularning hammasi bir butun bo’lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi va u ma’naviy axloqiy barkamol insonni shakllantirish haqidagi g’oyaga borib taqaladi.
Ibn Sinoning “Inshorat”, “Donishnoma”, “Xay ibn yaqzon”, “Salamon va ibsol”, “Tib qonunlari”, “Tadbir ul-manozil” kabi asarlarida tarbiyaning barcha shakllariga oid qarashlari mavjud. Bu qarashlar yuz yillar davomida avlodlar uchun tarbiyalash maktabi bo’lib kelmoqda. Masalan, uning “Tadbir ul-manozil” nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalasiga bag’ishlangandir.
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo’lib, uni bolaning yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag’ishlanadi; Ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan muhabbatidan onaning orzu-umidi yurak to’ridan siqilib chiqaradi. Bu o’ziga qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg’ak qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada o’zi ham anglamagan holat paydo bo’ladi. U asta-sekin bu yorug’ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o’rganish boshlanadi. Xuddi shu o’rganish tarbiyalanishdir. Zotan, o’rganish sezishdan boshlanadi. Ibn Sino ana shu holatga e’tiborini qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi”9, - degan fikrni bildirgan.
Ibn Sino “Tib qonunlari”nomli asarida bolaga tug’ilmasdan turib g’amxo’rlik qilish uchun onaning salomatligi, jismoniy va ruhiy pokligi zarurligini ta’kidlab, shaxs salomatligini saqlashni faoliyatning boshqa tomonlari bilan birga olib borish g’oyasini ilgari suradi.
Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig’i – otaning roliga alohida e’tibor beradi. “Aga oilada, - deydi u, - oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik qilsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda undan yomon natijalar kelib chig’ishi mumkin”. Bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilsa, oila baxtli bo’ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo’lishidan qat’iy nazar bu vazifani mas’uliyat bilan ado etishi lozim.
Ibn Sino bola tarbiyasida otaning burchi haqida to’xtalib o’tadi. Eng avvalo, ota farzandi tug’ilgach unga yaxshi ism qo’yishi va tarbiyalashga kirishmog’i lozim. Ayniqsa, bola tarbiyasida ota-onaning yaxshi fazilati, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar esa yuksak axloqiylik asosida bo’lishini ta’kidlaydi.
“Tadbir ul-manozil” asarida yer va xotinning yaxshi sifatlari sanab o’tiladi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o’rnak bo’lib, uning kelajak taqdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida uqtiriladi.
Ibn Sinoning yaxshilik va yomonlik tushunchalariga bo’lgan munosabati Farobiy va Beruniylar fikriga hamohang bo’lib, u ham irsiyat, muhit va tarbiyaning ta’siri bola tarbiyasi uchun birdek muhim deb hisoblaydi. U yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, muhit odatlani natijasida vujudga kelishini qayd qilib o’tadi.
Ibn Sino oilada bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda mehnasevarlikning roliga alohida urg’u berib, ota-onalarni farzandlarga nisbatan kasb-hunar o’rgatishga chaqiradi. Mehnatni ulug’laydi. Mehnasiz hayot kechirishning bolaga bo’lgan salbiy ta’sirini ko’rsatib beradi. Ayiqsa, Ibn Sino aqliy, axloqiy, yestetik va jismoniy tarbiyaning birligi va ularni amalga oshirish yo’llari haqidagi fikrlari bugungi kunda ham ijtimoiy va amaliy ahamiyat kasb yetmoqda hamda milliy –ma’naviy qadriyat sifatida e’tiborga loyiqdir.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda Kengash mahalla hududida istiqomat qilayotgan, o‘z farzandlari tarbiyasiga befarq ota-onalarga nisbatan davlat boshqaruv idoralari, huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda turli ma’muriy choralarni qo‘llashi mumkin.
Kengash tashabbusi bilan biron bir dolzarb mavzuda favqulotda mahalla yig‘inlari, o‘quv-tarbiya muassasalarining pedagogik kengashlari yoki boshqa zarur tadbirlar tashkil qilib o‘tkazilishi mumkin. Kengash mahalla hududida o‘zbek milliy tarbiya an’analarini tiklash, turli madaniy tadbirlar o‘tkazish, bolalar va kattalarning bo‘sh vaqtlarini tashkil etish borasida maktablar, o‘yingohlar, madaniyat muassasalari, sport inshoatlari, o‘smirlar klublari, maktabgacha va maktabdan tashqari muasasalari ishini muvofiqlashtiradi.
Kengash o‘tkazilgan tadbirlarni tahlil qiladi, bu borada uslubiy maslahatlar beradi, tayyorlaydi va bu tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritadi.
Kengash yosh avlodni jismoniy tarbiyalashda mahalla, oila va maktab hamkorligi tasarrufiga kirgan masala va muammolarni mahalla hududidan o‘quv-tarbiya muassasalari, tashkilotlari, tashkilot va idoralari ishi rejalashtirilishi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ularning bahamjihatligini ta’minlaydi.
Biz agar har bir mahalla oldida ana shu hamkorlikning ish faoliyatini to‘laqonli ravishda amalga oshirib borsak, qo‘l uchida qaramasak kelajak yosh avlodni barkamol bo‘lib o‘sishida o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.
Tabiatda daraxt ya’ni ko‘chatni parvarishlab, qarab borsakda, ko‘chat tik bo‘lib o‘sadi.
Ta’lim va tarbiya sohasida e’tiborni ko‘chaytirish bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni direktiv ko‘rsatmalarni samarali bajarish uchun oila mahalla va jamoatchilik hamkorligi faoliyatini o‘ziga xos pedagogik tizim uslubi va shakllariga ega bo‘lishi zarur.
O’tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan mantiqan teran, qiziqarli va ko‘rgazmali ta’sirchan, ommabop amaliy jihatdan qisqa va lo‘nda, estetik jihatdan keng ko‘lamli bo‘lishi kerak.
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlar va toifadagi fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos bo‘lishi lozim. Hamkorlik mavzularning tadbirlarning mavzulari “Sog‘lom avlod uchun”, “Ota-onangga rahmat”, “Odobingga balli”, “Sog‘lom tanda sog‘lom aql”, “Mehr chashmasi”, “Qizil ibosi”, “Bir yigitga qirq hunar oz”, “O’g‘lim posbonim”, “Hayot-ustoz, xalq muallim”, “O’zbekiston Vatanim manim!”, “Milliy burch va ma’suliyat”, “Oila saboqlari”, “Oila etikasi”, “Oila tinch-mahalla tinch”, “Mustaqil hayot bo‘sag‘asida”, “Askarlik yigitlik maktabi”, “Oila baxti-Vatan baxti”, “Sportchi oila”, “Oilamiz ohanglari”, “Vatan ostonadan boshlanadi”, “Biz hech kimdan kam bo‘lmaganmiz va kam bo‘lmaymiz ham” kabi tadbirlardan iborat bo‘lishi mumkin.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə