Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti terapevtik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə22/235
tarix29.03.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#103507
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   235
2- курс мажмуа лотин

2.2. O‘quv modulining vazifalari:
− modulning bo‘limlariga tegishli bilimlar bilan talabalarni bosqichmabosqich tanishtira borish, o‘rgata borish va ko‘nikmalarni hosil qilish;
− yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, talabani klinik fikrlash qobiliyatini o‘stirish va bilimini saqlash darajasini oshirish;
− terapevtik stomatologiyada zamonaviy usullari to‘g‘risidagi ilmiy adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatish;
− sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish;
− modul sohasiga taalluqli tish qattiq to‘qima kasalliklari tashxisi va qiyosiy tashxisi bosqichlarini, davolash va profilaktika usullarining zaruriy jihatlari to‘g‘risida ma’lumot berish.
− talabaning klinik fikrlash qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan standartga mos amaliy ko‘nikmalarni assistent-talaba, talaba-fantom, talaba-volontyor(bemor) uslubida avtomatizm darajasiga etkazish.
2.3. Modul buyicha talabalarning bilim, kunikma va malakalariga kuyiladigan talablar.
3 semestr
Talaba:
− o‘quv, ilmiy va ma’lumot adabiyotlari bilan mustaqil ishlash, amaliy ko‘nikmalarni mustaqil bajarish, test va vaziyatli masalalarni echish;
− amaliy tibbiyotda va stomatolog faoliyatida yuz–jag‘ sohasini va og‘iz bo‘shligi organlarining tekshiruvlarini professional usullari;
− karies kasalligini etiologiyasi va patogenezi;
− tish qattiq to‘qima kasalliklarida qo‘llaniladigan asosiy va qo‘shimcha tekshirish usullari;
− karies kasalligini davolashda qo‘llaniladigan plomba ashyolari;
− tish qattiq to‘qima kasalliklari (karies)ni mahalliy va umumiy davolash usullari;
− karies kasalligini profilaktika chora tadbirlari, usullari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
− stomatologik kabinetga qo‘yiladigan talablarni;
− tish qattiq to‘qimalari kasalliklari bo‘lgan stomatologik bemorlarda hujjatlarni to‘ldirishni (043-4 shakl, 39-stom);
− tish qattiq to‘qimalari kasalliklari, bo‘lgan stomatologik bemorlarda asosiy tekshirish usullarini o‘tkazishni (so‘rov, ko‘rik, zondlash, perkussiya, palpatsiya, tish qimirlashini aniqlash);
− tish qattiq to‘qimalari kasalliklari bo‘lgan stomatologik bemorlarda qo‘shimcha tekshirish usullarini o‘tkazishni (termodiagnostika, EOD, rentgenodiagnostika);
− remterapiya o‘tkazishni;
− har xil karioz kovaklarni charxlashning klinikaviy jihatlarini;
− har xil kovaklarga dorilar bilan ishlov berishning klinikaviy jihatlarini;
− karies kasalliklarida davolash turini tanlashni;
− karies kasalligini davolashda plomba ashyosini tanlashni;
− ajratuvchi taglik qo‘yishning klinikaviy jihatlarini;
− vaqtinchalik plomba qo‘yishning klinikaviy jihatlarini;
− doimiy plomba qo‘yishning klinikaviy jihatlarini;
− Blek tasnifi bo‘yicha hamma karioz kovaklarni klinikada plombalashni;
− karioz kasalliklarni fizioterapevtik davolash usullarini;
− tish cho‘tkasi va floss iplaridan foydalanishni;
− tish kariesida rentgen tasvirlarni tashxislashni;
− tish kariesi etiologiyasini klinik ko‘rinishini, tasnifi, qiyosiy tashxislash, davolash va profilaktika tadbirlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
− karies kovaklarni bosqichma-bosqich shakllantirish;
− yuza, o‘rta va chuqur karies kovaklariga tibbiy ishlov berish;
− karies kasalliklarini tashxislay olish;
− karies kasalligida rentgen suratni o‘qiy olish;
− tishlarga turli (sement, kompozit va boshqa) plomba ashyolari bilan doimiy plomba qo‘yish, restavratsiyani bajarish;
− davolovchi va vaqtincha plomba ashyolarini qo‘yish va qo‘llash;
− qo‘yilgan plomba ashyoni karborund toshi, finir va polir va boshqa pardozlovchi va silliqlovchi asboblar yordamida silliqlash va pardozlash;
− kontakt nuqta hosil qilish;
− karies kasalliklarini oldini olish tadbirlarini qo‘llay olish malakalariga (shu jumladan amaliy ko‘nikmalariga) ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə